1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi
Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish tizimi
Download 343.36 Kb.
|
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI
4.5. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish tizimi
Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta'minlashda rejalashtirish tizimi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, alohida ish turlari bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va bajarishni o‘z ichiga oladi (4.5-rasm). Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi tuziladi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subekt dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalanishi yoki o‘zi mustaqil ishlab chiqqan hujjat shakllarini qo‘llashi mumkin. Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan so‘ng ularni sotib olishga yoki bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan holda ta'minlashda ularni olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab chiqilgan shakllari ham O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonunida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda tuziladi. Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi. Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari inventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi, shakllari va muddatlari ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni tekshirish korxonaning normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuziladi. Rejadan tashqari inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga bildirilmasligi lozim. Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot shakllari, u yoki bu hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hisobotlarni topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va muassasa nomi va manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-sharifi, hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlarni tuzish uchun mas'ul shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot rejasi qoidaga ko‘ra, ikki qismdan iborat. Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyutyerlashtirish masalasiga alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadvallari va mexanik o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham foydalanish zarur. Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etish rejasida buxgalteriya apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqiladi, ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuziladi (4-8- ilovalar). Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalani hal etish zarur. Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati markaziy buxgalteriyada jamlanadi va unda alohida bo‘linmalar (bo‘lim, omborxona va h.k.)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi. Korxona bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Download 343.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling