Mavzu: Pul-kredit siyosatining maqsadlari va vositalari. Pul kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmi
Download 40 Kb.
|
1 2
Bog'liqFarruxMacro
201-guruh iqtisodiyot talabasi Egamberdiyev Farruxbekning Dinamik makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi Mavzu: Pul-kredit siyosatining maqsadlari va vositalari. Pul kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmi. Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. PUL-KREDIT SIYOSATI MAQSADLARI Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari: iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat. PUL-KREDIT SIYOSATINING VOSITALARI Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi: 1. Hisob stavkasi; 2. Majburiy zahiralar normasi; 3. Ochiq bozordagi operatsiyalar. HISOB STAVKASI YOKI QAYTA MOLIYALASH STAVKASI Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko’zda tutilmagan zarurat tug’ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo’lgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo’shimcha zahiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O’z navbatida, bu tijorat banklarining zahiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko’paytiradi. MAJBURIY ZAHIRALAR NORMASI Majburiy zahiralar – bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zahira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zahiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. OCHIQ BOZORDAGI OPERATSIYALAR Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat 0obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va 0aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir. 0Markaziy bank tijorat banklaridan yoki aholidan bu qimmatli 0qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zahiralarini sotib 0olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zahiralar 0pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi 0uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat 0banklari va aholiga obligitsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda 0tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. PUL TAKLIFINING YAMIGA TA’SIRI Keynschilar pul taklifining YaMIga ta’sirini quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi deb hisoblashadi: 1. pul taklifining o’zgarishi foiz stavkasining o’zgarishiga olib keladi; 2. foiz stavkasining o’zgarishi o’z navbatida, investitsiyalarga bo’lgan talabning o’zgartiradi; 3. investitsiyalarga talab o’zgarishi yalpi talab (yalpi xarajatlarning o’zgarishiga olib keladi; 4. yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmiga (YaIMga) ta’sir etadi. PUL TAKLIFINING YAMIGA TA’SIRI Monetaristlar esa pul miqdorining o’zgarishi bilan YaMM o’zgarishi o’rtasida yaqinroq aloqa mavjud; ya’ni, pul miqdorining o’zgarishi bevosita YaMM o’zgarishiga olib keladi deb hisoblashadi. Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar. Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, beqaror deydilar. YUMSHOQ VA QATTIQ PIL KREDIT SIYOSATI Markaziy Bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o’sgan holatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritilad Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi. Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan. Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling