1-mavzu. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixining predmeti va metodlari Reja
Download 86 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy uslub yordamida
- 3. Huquq manbalari va uning asosiy belgilari
Tarixiy – huquqiy uslub kompleks metod hisoblanib, uning elementlari o‘z predmetini - o‘tmish huquqini tadqiq etish tufayligina birlashadi. U to‘lasincha olganda, barcha huquqiy metodlar real va ideal metodlar yig‘indisidan tashkil topadi. Xuddi ko‘rsatilganidek, bu metodlar o‘zining mohiyatiga ko‘ra, garchi ular o‘tmishning huquqiy tizimlarini o‘rganish uchun qo‘llansada, o‘zgarmasdan qoladi, chunki ko‘rsatilgan huquqiy tizimlar bilan hozirgi huquq orasida hech qanday farq, ayirma tub o‘zgarish yo‘qdir. Hatto, huquqdagi o‘zgarishlar tadqiq etilayotgan vaqtda ham tarixiy – huquqiy metod qandaydir yangi predmetga duch kelmaydi. Chunki, bizning davrdagi pozitv huquqning mazmunini tushuntirish eng avval shundan iboratki, tarixiy nuqtai nazardan yangi huquqiy tizimlar yaratish natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlarni tushuntirishdan iboratdir.
Tarixiy uslub yordamida: a) hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat tashkiloti va huquqining kelib chiqishi, uning hozirgi yuridik holatini tushunish; b) tarixiy vorislik, bu vorislikning rivojlanishi va uning darajasini ko‘rish; v) qanday sotsial sabablar va faktlar, qaysi darajada yuridik institutlar va huquqni rivojlanishini belgilab berganligini; g) davlat va huquq jamiyat hayotiga ta’sir o‘tkazadigan o‘z uslubiy va yo‘llari yoki vositalarini aniqlab berish kabi nazariy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi fani barcha ijtimoiy hodisalarga davlat va huquq to‘g‘risidagi ta’limot nuqtai nazaridan yondoshadi. Ushbu o‘quv kursida o‘quv materiallari xronologik ketma-ketlikda berilib, davlat va huquq masalalariga beriladigan ta’rif quyidagi tizim bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. O‘rganilayotgan davlatning ijtimoiy tuzumi, ya’ni uning sotsial anatomiyasi. 2. Uning davlat tuzumi – davlatning tipi, boshqarish shakli, uning tarkibiy tuzilishi idoralari (mexanizmi), armiya hamda sud tuzilishi. 3. Huquq manbalari va uning asosiy belgilari. Huquq tarmoqlari asosiy institutlari va har bir mamlakat huquq tizimidagi o‘ziga xos tomonlar ochib beriladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dinastiyalar, qo‘zg‘olonlar, ilmu – fan, madaniyat, me’morchilik va hakozolar ta’rifi uning mavzuiga kirmaydi. Bu hol mazkur fanni o‘ziga xos, maxsus huquqshunoslik fani ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi. Chet mamlakatlar davlati va huquqi Chunki ularning ham o‘rganadigan mavzui davlat va huquqdir tarixi fani bir qancha huquqiy fanlar bilan yaqindan aloqadordir, chunki ularning ham o‘rganiladigan mavzui davlat va huquqdir. Ushbu o‘quv kursining rivojlanishini to‘rt davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr 1917-1936 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu yillarda chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi maxsus o‘quv kursi sifatida huquqiy ta’lim tizimidan o‘rin olmagan bo‘lsada, taniqli huquqshunos olimlar P.I.Stuchka., B.B.Pashukanis, S.V.Yushkov va boshqalar bu fanning fundamental muammolari bo‘yicha asarlar yaratdilar. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling