1-Mavzu: Chiroyli yozuv ko’nikmasini shakllantirish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari


Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasining boshqa fanlar bilan


Download 23.34 Kb.
bet3/4
Sana12.03.2023
Hajmi23.34 Kb.
#1264026
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma'ruza

Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqada bo’lib ularning natijalariga tayanadi. Amaliy fan hisoblangan chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasi til o’rganish jarayoni hamdir. Yozish uchun tanlangan til faktlari ayni vaqtda adabiy tilni o’zlashtirib borishga yordam beradi.
Pedagogika ta’lim tarbiya haqidagi fandir. U ta’lim-tarbiya tamoyillarini belgilab beradi, barkamol shahsni tarbiyalash yo’llarini ko’rsatadi. Husnixat va uni o’qitish metodikasi pedagogikaning ana shu qoidalariga asoslanadi yaniy husnixatga o’rgatishda ta’lim-tarbiya birligiga amal qiladi.
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasining asoslaridan yana biri psixologiyadir. Psixalogiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak, havas, qobiliyat kabi tushunchalar haqida ma’lumot beradi. Husnixatga o’rgatishda bola psixologiyasidagi yuqoridagi holatlarga tayanib ish ko’riladi, o’quv materiali tanlanadi, sinflar bo’yicha taqsimlanadi.
Fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarix fanlari ham husnixat va uni o’qitish metodikasi bilan uzviy aloqadadir.
O’quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati qo’l harakatlari, yozganlarini to’g’ri, aniq tallafuz qilishda fiziologiyaga tayansa yozuv uchun tanishgan matnni tahlil qilishda adabiyotshunoslik materiallariga, yozuvning paydo bo'’ishi, uning jamiyatdagi tutgan o’rnini tushunishda esa tarix fanining yutuqlariga asoslangan holda ish ko’radi.
Estetika, fani bilan o’quvchilarda go’zallikka bo’lgan qiziqishlarini o’stiradi. Chiroyli yozish ham go’zallikning bir ko’rinishidir. Sharq mutaffakkirlaridan biri bunday degan ekanlar: “Chiroyli fikrlay oladi”. Darhaqiqat, o’quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab chiroyli yozuv malakalari haqida tanish boshlaydi. Bundan tashqari o’quvchini chiroyli yozuvga o’rgatish jarayonida bolaning har tomonlama nerv sistemasi, qo’l harakatlari va muskullari, ko’rish organlari, eshitish organlari umurtqa pog’onasi rivojlangan bo’lishi kerak. O’quvchi shundagina chiroyli yozuv malakalarini o’lashtira oladi. Agar o’quvchining biz yuqorida tilga olgan organlardan biri yaxshi taraqqiy etmagan bo’say, u o’quvchida chiroyli yozuv malakalari to’g’ri yo’lga qo’yilmaydi. Shunday holatlarning kelib chiqishi kelajakda o’z tasirini ko’rsatadi. O’quvchi partada o’tirib yozish jarayonida, eng avvalo yozuv qurollarini to’g’ri joylahtirishi zarur. Buning uchun birinchi navbatda o’quvchi partada to’g’ri o’tirishi kerak. Chunki o’quvchi partada to’g’ri o’tira olmasa, egri o’tirsa umurtqasi noto’g’ri o’sadi va bolaning jismoniy o’sishiga salbiy ta’sir qiladi va hattoki bola bir umr nogiron bo’lib qolish holatigacha borib yetadi. Buning uchun o’qituvchi bolaning partada o’tirish, turish, daftarlarni ushlash va yozish qoidalarini ko’proq ta’kidlab turishi zarur.
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish metodikasi fani bevosita tilshunoslik fani bilan ham bog’liq. Har bir yoziladigan harf avvalo, nazariy o’rganilgan va asoslangan. Ushbu harflar asosida husnixat mashg’ulotlari o’tkaziladi.

Download 23.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling