2-variant
1. Tarkibida har bir so`z bosh harf bilan yoziladigan so`zlarni toping. 1) xalqaro tashkilot nomlari; 2) oliy davlat tashkilotlari; 3) vazirliklar nomi; 4) oliy mansablarning nomi; 5) tarixiy sana nomlari.
A)1,2,3,4,5
B) 1,2,4
C) 2,3
D) 2,3,4
2. Bosh harflar imlosi buzilgan qatorni toping.
A) “Oltin Yulduz” medali
B)
Yevropa Ittifoqi Kengashi
C) “Sog`lom avlod uchun” ordeni
D)
Davlat Test markazi
3. Qaysi olinma so`zlarning oxirgi bo`g`inidagi unli tovush talaffuz qilinmaydi?
A) obraz, traktor, rektor
B) motor, geolog,
direktor
C) termos, okean, vodorod
D) obraz, monolog,
geograf
4. Quyidagi gaplarning qaysi birida ko`chma ma`noli so`z berilgan?
A) Ularning hech narsadan kamchiligi yo`q, tinch-totuv yashardilar.
B) Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman.
C) Hasratim bir kitob bo`ldi.
D) E`zoza qizalog`iga o`yinchoq berdi.
5. Ko`chma ma`noli so`z qaysi gap tarkibida qo`llangan?
A) Cholning qo`lidagi miltiqning uchi unga to`g`rilangan edi.
B) Bu o`rmon xo`jaligida men bilan birga ishlagan Jamolboy edi.
C) Bekorchidan bemaza gap chiqadi.
D) G`uborsiz tog` havosi haddan tashqari tiniq edi.
6. Noto`gri yozilgan so`zlarni toping.
A) hamma vaqt,
devsifat
B) tim qora, to`q
sariq
C) nim qorong`i, yildan-yilga
D) ko`pdan ko`p, uzun bo`yli
7. “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (1995) ga asosan qaysi so`zlar ajratib yozilishi kerak?
A) Qum//qo`rg`on, Buloq//boshi
B) Hamma//vaqt, har//kim
C) Dev//sifat, ish//yoqmas
D) Bir//pas, bir//yo`la
8. Qaysi gapda ko`chma ma`noli so`z qo`llangan?
A) Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi.
B) U ko`l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi.
C) Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo`lsa ham, xuddi o`smirlarday yengil qadam tashlardi.
D) Barcha gaplarda ko`chma ma`noli so`zlar berilgan.