16. Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto`g`ri?
A) Sodda, to`liqsiz va undalmali gaplardan ko`proq foydalaniladi
B) Turli tasviriy va ta`siriy vositalar qo`llaniladi
C) Sonlar raqam bilan emas, so`z bilan yoziladi
D) Tildagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi
17. Obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik qaysi uslubga xos xususiyat?
A) rasmiy uslubga
B) so`zlashuv uslubiga
C) badiiy uslubga
D) publitsistik uslubga
18. Qaysi turkumga oid so`zlarning rasmiy va ilmiy uslubda qo`llanish doirasi nihoyatda cheklangan?
A) taqlid so`zlar
B) undov so`zlar
C) modal so`zlar
D) bog`lovchilar
19. Qaysi javobda publitsistik uslubga to`g`ri ta`rif berilgan?
A) atamalarga tayanib, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub
B) voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali ifodalash uslubi
C) ommaviy axborot vositalari uslub
D) ish yuritish qog`ozlari uslubi
20. Rasmiy uslubga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) uning belgisi qisqalik, soddalik, aniqlikdir; 2) u atamalar, ta`riflar, qoidalar asosida ish ko`radi; 3) unda ibora va jumlalar bir qolipda bo`ladi; 4) u fan va texnika tili sanaladi; 5) unda so`zlar ko`chma ma`noda ishlatilmaydi.
A) 1,2,4
B) 1,4,5
C) 1,3,4
D) 1,3,5
21. Umumxalq tilidagi so`zlarning ma`nolarini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamani toping.
A) ildiz
B) g‘isht
C) barg
D) yaproq
22. Abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya terminlari qaysi tildan o`zlashgan? A) Lotincha B) Rus C) Ingliz D) Arab
23. Hunarga oid qadimiy terminlar kimning asari orqali yetib kelgan? A) Y. X. Hojib B) Koshg`ariy C) Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |