1-Mavzu: Chorvachilik asoslari faniga kirish. Reja
Download 0.86 Mb.
|
1 2
Bog'liq1 - мавзу
''Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" (Vazirlar maxkamasi qarori №88,23.02.94 y).
"CHorvachilikda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida" (Vazirlar maxkamasi qarori N 96, 24.03.96 y). "CHorvachilikda naslchilik ishlarini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida" (Vazirlar maxkamasi qarori № 268, 12.07.95 y). ''Naslchilik to’g’risida" qonun (№16b-1 21.12.96 y.). "Dehqon xo’jaligi to’g’risida" qonun (3.07.92 y). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi 308-PQ «SHaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora tadbirlari to’g’risida» qarori mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirishning aniq yo’lini belgilab berdi SHuningdek Respublika Prezidentining 2008yil 21 apreldagi 842 PQ «SHaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishborasidagi qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida» qarori chorvachilikni jadal rivojlantirishga qo’shimcha turki bo’ldi. 4.CHorvachilikni rivojlantirish 3 ildizga suyangan holda olib borilishi shart. 1. Mamlakatimizda mustahkam yem-xashak bazasini yaratish bo’lib, bu masalani amalga oshirish uchun almashlab ekish, oraliq va takroriy ekinlarni joriy etish asosida xashaki ekinlar hosildorligini oshirish 2. Barcha mulk shaklidagi chorvachilik xo’jaliklarida naslchilik ishlarini andozalar asosida yo’lga qo’yish. 3.Turli mulk shaklidagi xo’jaliklarda yangi jadal texnologiyalarni joriy qilish asosida jahon andozalari talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish. Ayniqsa, fermer xo’jaliklarida jahon tajribasida sinovdan o’tgan yangi texnologiyalarni joriy qilish, sohani jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Buning uchun mamlakatda har bir sigirdan sog’ib olinayotgan sutni dastlab hech bo’lmaganda 3000 kg yetkazish, sut ishlab chiqarishni ikki barobar ko’paytirish imkonini beradi va xalqimizni sut mahsulotlariga bo’lgan talabi to’liq qondiriladi. CHorvachilik bo’yicha asosiy ilmiy izlanish ishlari "Plemelita" birlashmasi qoshidagi CHorvachilik ilmiy tekshirish institutida, "Qorako’lchilik" ITI, Samarkand KXIda va Toshkent Davlat Agrar Universitetimizning " Zootexniya, "' va "Veterinariya " kafedralarida olib boriladi. Nazorat savollar: 1.Mamlakatimizda hozirgi vaqtda qancha chorva mahsuloti ishlab chiqarilmokda ? 2.CHorvachilikda qanday iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmokda ? 3.Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan dehqon (fermer) xo’jaliklarini rivojlantirishda qanday chora-tadbirlar ko’rilyapti? Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling