1 –Mavzu: Chorvachilikda konsalting va servis xizmatlarini ko’rsatish faniga kirish
–савол Agrokonsalting tushunchasi, konsultatsiyadan maqsad va konsultant xizmatidan foydalanish
Download 80.99 Kb.
|
1 seminar konsalting (6)
2–савол
Agrokonsalting tushunchasi, konsultatsiyadan maqsad va konsultant xizmatidan foydalanish. Industrial rivojlangan davlatlar tajribasida bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish va ishlab chiqarishni tо‘g‘ri boshqarish, xо‘jalik subyektlarining ishlab chiqarish va iqtisodini barqarorlashtirishning asosiy va muhim omillaridan biri sifatida konsalting xizmatlaridan foydalanish ajralib kо‘rsatitiladi.О‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va jahon iqtisodiyotiga integrallashuvi davrida respublikamiz tadbirkorlari oldida iqtisodiy tahlil va korxonalarni boshqarish borasida xorijiy mamlakatlar konsalting kompaniyalari tajribasi keng о‘rganish va undanhalqaro talablar darajasida foydalanishdek murakkab vazifa turibdi. Mamlakatimizda aynan innovatsion faoliyatni qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga yо‘naltirilgan siyosat mustaqillikning dastlabki yillaridan amalga oshirib kelinmoqda. О‘zbekiston respublikasidagi hozirgi texnologik holat va bu sohadagi mavjud yangiliklarni tahlil qilishda shuni ta’kidlash zarurki, mustaqillik yillarida iqtisodiyotni erkinlashtirish, diversifikatsiyalash hamda tarkibiy о‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida kо‘p tarmoqli va tо‘laqonli milliy iqtisodiyotni barpo etilishiga erishildi. Kо‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanishi vanodavlat mulkchilikka asoslanganbozor subyektlarining kо‘payib borayotgani kabi omillar tashkilot boshqaruvchilarining odatiy xо‘jalik yuritish usullaridan yangi yо‘nalishlarga о‘tishlarini talab etmoqda. Xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish, boshqaruv, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatga о‘zgacha talablar qо‘yilmoqda. Ayni paytda, iqtisodiyot hamda uning tarmoqlari boshqaruv tiziminisamaradorligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri konsalting hisoblanadi. Konsalting xizmatlari mamlakatning bozor iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida xо‘jalik subyektlarining faoliyat yuritishi hamda moslashuvchanligini oshishini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Konsalting boshqaruv infrastrukturasining muhim qismi hisoblanib, xо‘jalik yurituvchi subyektlarga kompleks boshqaruv iqtisodiy muammolarni xal etishga kо‘maklashadi. Axborot-konsalting xizmati nima? "Konsalting" iborasi inglizga "consulting" sо‘zidan olingan bо‘lib "xizmatlar", "konsultatsiyalar"(maslahatlar) degan ma’nolarni bildiradi. Konsalting - bu tashqi maslahatchilar tomonidan u yoki bu muammoni hal etish bо‘yicha kursatiladigan xizmat turi hisoblanadi.1 Konsalting- bu intelektual faoliyat turi bо‘lib, uning asosiy vazifalariga buyurtmachilarning taqdim etgan masalani hal qilish, hamda ilmiy, texnik va tashkiliy iqtisodiy innovatsiyalardan foydalangan holda muammo yechimi va uning istiqboldagi taraqqiyotining asoslash demakdir.О‘z о‘rnida konsalting boshqaruv, iqtisodiy, moliyaviy, korxonalarning investitsion faoliyatini, strategik rejalashtirish, korxonaning umumiy faoliyatini optimizatsiyalash, biznes yuritish, bozor talablarini о‘rganish va prognoz qilish, narx-navolarni о‘zgarishini bashorat qilish va boshqa masalalarni hal qiladi. Boshqacha qilib aytganda, konsalting- bu u yoki bu masalani hal qilishda tashqi konsultantlar tomonidan kо‘rsatiladigan yordamning barcha kо‘rinishidir. Konsaltingning asosiy maqsadi bu boshqaruv sifatini oshirish, bozor subyekti faoliyati samaradorligini oshirish va har bir xodimning shaxsiy mehnat unumdorligini oshirishdir. Agrokonsalting – qishloq xо‘jalik sohasida axborot maslaxat xizmati bо‘lib, fermer va dehqon xо‘jaliklari rahbarlari va agrar sohadagi boshsa barcha tadbirkorlik subyektlariga xо‘jalik faoliyatini tashkil etish, yuritish va boshsarish hamda istiqbolini belgilashga oid tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnologik va boshqa yо‘nalishlarda qarorlar qabul qilishda nisbatan obyektiv fikr, tasavvur, qarash va g‘oyalarni shakllantirish va oqilona hamda tо‘g‘ri qarorlar qabul qilishlariga kо‘maklashish maqsadida axborotlar majmuini ma’lum tartib, qoida, tizim va tasnif hamda tamoyillar asosida yetkazib beruvchi su’bektdir. Bugungi kunda qishloq xо‘jalik korxonalarining axborot bilan ta’minlash boshlang‘ich bosqichda turibdi. Turli mulk shaklidagi xо‘jalik yurituvchi korxonalarni bozor sharoitida samarali faoliyat yuritishda axborot ta’minoti xizmati muqobil mulk xuquqi tamoyillariga tayanadi. Bu esa tizimni yaratish, va rivojlantirib borishni talab qiladi. Bundan tashqari malakali mutaxassislar salohiyatini (potensiali) shakllantirish imkoniyati yaratiladi. Agar respublika qishloq xо‘jaligida axborot maslahat xizmati (AMX) bо‘yicha bajarilgan ishlanmalarni zamonaviylashtirish tovar ishlab chiqaruvchilarga xizmat kо‘rsatish sifatini yaxshilash, tijorataxborotlarni о‘zlashtirishni osonlashtirish imkonini beradi. Mazkur masala yechimi quyidagi hal qilinishi zarur bо‘lgan qator muammolar bilan bog‘liqdir: Download 80.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling