1 –Mavzu: Chorvachilikda konsalting va servis xizmatlarini ko’rsatish faniga kirish


Download 80.99 Kb.
bet1/6
Sana23.03.2023
Hajmi80.99 Kb.
#1289563
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 seminar konsalting (6)


1 –Mavzu: Chorvachilikda konsalting va servis xizmatlarini ko’rsatish faniga kirish



REJA
1. Agrokonsalting fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Agrokonsalting tushunchasi, konsultatsiyadan maqsad va konsultant xizmatidan foydalanish.
3. Agrokonsaltingni asosiy yо‘nalishlari, agrokonsalting xizmatini tashkil etish va rivojlantirish bо‘yicha davlat siyosati





Tayanch iboralar: konsalting, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik,industrial, predmet, omil, fan-texnika.

1–савол


Agrokonsalting fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Agrar iqtisodiyot sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanib borar ekan, ichki va tashqi agrar bozorda xо‘jalik yuritish subyektlarining – fermer va dehqon xо‘jaliklarining kо‘proq, arzon va sifatli tovar ishlab chiqarish va iste’molchilarga taklif qilishga yoki iste’mol bozoridagi о‘rnini mustahkamlashga qaratilgan intilishlari kо‘chayib boradi. Bu jarayonda ularning moliyaviy holati, moddiy-texnika bazasining qanchalik mustahkamligi kabi omillardan tashqari, xizmat kо‘rsatish tizimining mavjudligi hamda zarur axborotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham eng yuqori bо‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu hol bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xо‘jalik yuritish subyekti kabi, fermer va dehqon xо‘jaliklari ham о‘z faoliyatini samarali yо‘lga qо‘yishi uchun ma’lum bir axborot va ma’lumotlarga, xizmat kо‘rsatish tizimiga ehtiyoj sezishini kо‘rsatadi. Eng kerakli axborotlarga о‘z vaqtida va muntazam ega bо‘lgan fermer va dehqon xо‘jaligi esa kuchli raqobat sharoitida yashovchanlik va moslashuvchanlik xususiyatlarini saqlab qolgan holda barqaror faoliyat kо‘rsata olishi mumkin.


Bugungi kunda agrar sohada tadbirkorlik subyektlarini axborot bilan ta’minlash va ularga turli maslahat xizmatlari kо‘rsatish tizimini rivojlantirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Maxsus qonunlar, hukumatimizning farmon va qarorlari asosida fermer xо‘jaliklari faoliyatini takomillashtirishda ularga zarur infratuzilmalar, jumladan, AKXlari kо‘rsatish markazlari tashkil etildi. Ularning barqaror faoliyat kо‘rsatishlari uchun yengillik va imtiyozlar joriy etilmoqda, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash, kadrlar bilan ta’minlash mutaxassislar malakasini oshirish, xizmat kо‘lami va turlarini kengaytirish borasida majmuali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Agrokonsalting” fanining predmeti bо‘lib, agrar tarmoqda bozor subyektlarining mustaqil faoliyat kо‘rsatishi sharoitida AKXni tashkil etish va joriy etishda qatnashuvchi tomonlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Agrar sektorni isloh qilish sharoitida bozor subyektlarining mustaqil faoliyat kо‘rsatishlari uchun mustahkam huquqiy, iqtisodiy sharoit yaratish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, davlat mulki monopoliyasiga barham berish, haqiqiy yer egalarining, ya’ni mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyektlar fermer va dehqon xо‘jaliklari faoliyatini barqaror rivojlantirish va ularni iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan agrokonsalting xizmatlarini tashkil etish va bozor qonunlari asosida о‘zaro munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan. Chunki xizmat kо‘rsatuvchi sohalar faoliyatini, shu jumladan, agrokonsalting xizmatini tо‘g‘ri va samarali tashkil etmasdan turib, turli mulkchilik va xо‘jalik yuritish shakllarida faoliyat yurituvchi qishloq xо‘jaligi korxonalari faoliyatini bozor talablariga moslab bо‘lmaydi.
“Agrokonsalting” fani umumkasbiy fanlardan bо‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqaruv fanlari turkumiga kiradi. Mazkur fan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va boshqaruv fanlarning qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini tashkil etish masalalari bо‘yicha aniqechimlar topishda xizmat qiladi.
Agrokonsalting” fanining maqsadi –qishloq hо‘jaligi korxonalariga qishloq xо‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish sohalarini tashkil qilish va yuritish bо‘yicha, jumladan, qishloq xо‘jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishi, moliyaviy barqarorlikka erishish yо‘llari, maqbul soliqqa tortish tizimini tanlash kabi masalalar yuzasidan maslahatlar berishning nazariy va amaliy bilim hamda kо‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Agrokonsalting” fanining vazifasi - qishloq xо‘jaligi korxonalari shartnomalar asosida fermer xо‘jaliklarining ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy-texnik resurslar sarfi, mehnat resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilish, ishlab chiqarishni rejalashtirish (tarmoq korxonalari uchun biznes-rejalar, qisqa va uzoq muddatli rejalar ishlab chiqish), qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan debitor va kreditor qarzdorliklarni tahlil qilish, ularni kamaytirish bо‘yicha xо‘jalik yuritish subyektlariga huquqiy va iqtisodiy maslahatlar berish bо‘yicha malaka kо‘nikmalarini oshirishdan iboratdir.
“Agrokonsalting” fani о‘z oldiga quygan maqsad va vazifalarni hal etishda bir qator fanlar bilan uzviy bog‘langan. Bular tabiiy fanlar, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va texnikaviy texnologik fanlarga bо‘linadi.

1-chizma. “Agrokonsalting” fanining boshqa fanlar bilan bilan bog‘liqligi




Download 80.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling