1 –Mavzu: Chorvachilikda konsalting va servis xizmatlarini ko’rsatish faniga kirish
Download 80.99 Kb.
|
1 seminar konsalting (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tо‘rtinchidan
Birinchidan – shakllantirilgan axborot-maslahat xizmati markaziga uzatiluvchi,ayniqsa tugallangan ilmiy-texnik ishlanmalarga va innovatsiyalarga tegishli ma’lumotlar bazasini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi ishlab chiqarilishi zarur.
Ikkinchidan – axborot iste’molining asosiy iste’molchisi AMX bо‘lganligi uchun AMXning о‘rnatilgan tartibda jahon ma’lumotlar banki bazasiga kirishini ta’minlash lozim. Tо‘laqonli axborotlartlarga ega bо‘lmasdan turib, tovar ishlab chiqaruvchilarga zamon talablariga javob beradigan malakali axborot xizmati kо‘rsatib bо‘lmaydi. Uchinchidan – О‘zbekiston sharoitida AMX yangi institut ekanligini hisobga olib, boshqaruvning barcha bо‘g‘inlarida mutaxassislar tayyorlash vaqayta tayyorlash tizimini yо‘lga qо‘yish lozim. Tо‘rtinchidan – qishloq xо‘jaligida AMXni tashkil etish va faoliyatini moliyalashtirish masalalarini hal qilish uchun qishloq xо‘jaligi korxonalarining tо‘lov qobiliyatini oshirish masalasini hal qilish zarur. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan kelib chiqib, AMXni tashkil etish va faoliyatini davlat tomonidan qо‘llab quvvatlash mexanizmidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Axborot-maslahat xizmati kо‘rsatish xizmati - korxona maqsadini belgilash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborotlarni joriy yig‘ish va ishlash korxona iqtisodiy kо‘rsatkichlarining rejadan chetlanishi ustidan nazorat о‘rnatish, eng muhimi optimal boshqaruv qarorlar qabul qilish bо‘yichaishlanmalar tayyorlash kabi vazifalarni о‘z zimmasiga oladi. Butun tizim ish faoliyatini korxona oldiga qо‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratib, Axborot maslahat xizmatini rejalashtirish, hisob, nazorat, iqtisodiy tahlil, axborot oqimini tashkil etish va shunga о‘xshash kо‘pgina ishlar bir butun holida tekshiriladi. Bugungi xо‘jalik yuritishdagi ishlab chiqarish ba’zi bir kо‘rsatkichlarining kamayishi, iqtisodiy xalqalarning ayrimlarida debitorlik qarzlarining kо‘pligi, ba’zi bir mintaqalar bilan iqtisodiy aloqalarning о‘rnatilmaganligi, inflyatsiya, byudjet tanqisligi, biznesni yuritishda qonundan chetlanish kabi qiyinchiliklar menejerga bozorni tо‘g‘ri mо‘ljal olishga xalaqit beradi. Bu esa maslahatchilar yordamiga extiyojni oshiradi. Bunday sharoitda axborot – maslahat xizmatining quyidagilarga yordami tegadi: Download 80.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling