1 –Mavzu: Chorvachilikda konsalting va servis xizmatlarini ko’rsatish faniga kirish


Download 80.99 Kb.
bet5/6
Sana23.03.2023
Hajmi80.99 Kb.
#1289563
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 seminar konsalting (6)

Birinchi yо‘nalish. Turli ixtisoslikdagi fermer va dehqon xо‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga agrotexnologik maslahatlar berish bilan shugullanayotgan markazlar. Jumladan, agro­nomiya va tuproq unumdorligi, о‘simliklarni himoya qilish, ilg‘or agrotexnologiyalar, naslchilik ishlari, irrigatsiya va melioratsiya bо‘yicha va boshqalar.
Ikkinchi yо‘nalish. Moliyaviy, biznes- reja tayyorlab berish, buxgalteriya va normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat kо‘rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bо‘yicha tо‘lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam kо‘rsatish yо‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes- rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, investitsiyalarni jalb qilish uchun texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.
Uchinchi yо‘nalish. Qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va boshqa iste’molchilarni turli xildagi agrotexnologik, iqtisodiy ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash xizmati kо‘rsatish yо‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Jumladan, qishloq xо‘jaligi mahsulotlari va moddiy-texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilg‘or texnologiya va biostimulyatorlar, shuningdek, ob-havo va iqlim tо‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.
Bugungi kunda bunday tuzilmalar mamlakatimizning turli hudud, shahar va tumanlarida vazirlik, qо‘mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyati, kengash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muassasalar, ta’lim muassasalari va ilmiy-taqiqot institutlari qoshida, davlat byudjeti, hissadorlar ulushi, loyiha va grantlar asosida, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar moliyaviy kо‘magida davlat unitar korxonasi, xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan.
Dastlabki axborot-konsalting markazlari aksariyat hollarda axborot-maslahat xizmatlari kо‘rsatishga yо‘naltirilgan bо‘lib, keyinchalik bu sohani rivojlantirish va davlat tomonidan qо‘llab- quvvatlash tizimi va mexanizmlari shakllantirilib borilishi bilan xizmat kо‘rsatish yо‘nalishi va kо‘lami kengayib boradi.
XXI asr axborot asri hisoblanadi. AQSH, YEI mamlakatlari vaayniqsa, Yaponiya iqtisodiyoti qudratining ham siri ham aynan axborotlarbilan samarali ishlashdadir. Qishloq xо‘jaligi mahsulotlari bozoridagibugungi kundagi kuchli raqobat, bozorlarni egallash uchun borayotgan kuchli va ayovsiz kurash, har kuni yangilanib borayotgan fan-texnika yangiliklarinibilish, о‘rganish va ishlab chiqarishga joriy qilish busiz ham anchamuammolarni hal qilishiga tо‘g‘ri keladigan qishloq xо‘jalik ishlabchiqarishi samaradorliligini ta’minlash uchun muhim bо‘lib bormoqda. Axborot xizmati – qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishini yangi texnika va texnologiya, fan yangiliklari, shuningdek, ichki va jahon bozoridagi о‘zgarish va yо‘nalishlar bilan ta’minlovchi xizmatlar bozoridir. Konsalting – qishloq xо‘jalik ishlab chiqaruvchilarini huquqiy manfaatlarini ta’minlaydigan yuridik va advokatlik xizmatlari bozori obyektidir. Ilmiy-tadqiqot xizmatlari bozori – fan-texnika yutuqlarini yaratish va ishlab chiqarishga qо‘llab eng samaralarini ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilishga kо‘maklashadigan ilmiy tashkilotlar, davlat muassalari va shunga о‘xshash xizmatlar bozoridir.
Rivojlangan mamlakatlarda bu kabi xizmatlar mamlakat ichki xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil qilinadi4. Masalan, Gollandiyada, bu kabi xizmatlarni oliy о‘quv yurtlarining tegishli ilmiy markazlari, kafedralari, maxsus davlat bilan hamkorlikdagi LEI ilmiy markazi (о‘zini -о‘zi mustaqil moliyalashtiradi) hamda kо‘pgina xususiy ilmiy firmalar tashkil qiladi. Ular xizmatlari qishloq xо‘jalik korxonalari, davlat, qishloq xо‘jalik vazirligi va qishloq xо‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan jamg‘armalar va tashkilotlar tomonidan sotib olinib agrar ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Rossiyada bu xizmatlarni ilmiy muassasalar bilan bir qatorda davlat va xalqaro rivojlanish jamg‘armalari tomonidan moliyalashtiriladigan axborot-konsultativ xizmatlar (AKX) markazlari amalga oshiradi. AQShda esa bu xizmatlar davlat va yirik korporatsiyalar tomonidan moliyalashtiriladi, xizmatlarni ilmiy markazlar va agrosanoat vazirligi qoshidagi departamentga qarashli ilmiy markaz xodimlari amalga oshiradi.
О‘zbekistonda ham bu bozorni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Konsalting xizmatlarini axborot maslahat, soliq maslahati va auditorlik firmalari amalga oshirmoqda, ular faoliyati ham tо‘la erkinlashib bozorga mos raqobatdagi xizmatni tashkil qila olgani yо‘q. Ilmiy-tadqiqot xizmatlarini, qishloq xо‘jaligi oliy о‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va xorijiy fondlar moliyalashtirayotgan ilmiy markazlar taklif qiluvchilar hisoblanmoqda. Ammo ular ishlarini ham tо‘la bozor alablari asosida tashkil qilinmaganligi bu ishlarning samarali amalga oshmaganligiga va shu asosda qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining past samaradorligiga sabab bо‘lmoqda.
Xizmatlar kо‘rsatish sohasini yanada jadal rivojlantirish bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni chuqurlashtirish katta ahamiyatga ega ekanini alohida ta’qidlash joiz. Xususiy sektoriga qishloq joylarda kо‘rsatilayotgan xizmatlar turlarinikengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ham alohida ahamiyat berish darkor. Bozor munosabatlarining chuqurlashib borishi va, tegishli tarzda, raqobat muhitining kuchayishi bilan ular zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalar va ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi, hamda marketing, biznes- rejalashtirish, soliqqa tortish va boshqa sohalar tо‘g‘risidagi axborot va maslahatlarni talab qila boshladilar. Keyinchalik, nisbatan sо‘nggi bosqichlarda, qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga nafaqat zarur bо‘lgan ilmiy, bozor va texnologik axborotni tezkor yetkazib beradigan, balki ularga innovatsiyaviy ishlanmalar va ilg‘or tajribalarni о‘zlashtirishda yordam beradigan axborot-maslahat xizmatiga bо‘lgan obyektiv zarurat paydo bо‘lmoqda. Buning obyektiv sabablari quyidagilar:
- ekinlarning yuqori hosilli, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga chidamli, bozor talablariga javob beruvchi hosildor ekin navlarini joylashtirish zarurati doimo mavjud;
- meva, sabzavot va poliz mahsulotlarining sifatli, jahon andozalariga javob beradigan, eksportbop qilib ishlab chiqarish borasida tizimli ishlar olib borish talab qilinmoqda;
- yangi intensiv bog‘lar va tokzorlar yaratilmoqda, sabzavot ekinlariva kartoshka yetishtirish hajmi kо‘paymoqda, yangi texnologiyalarga ehtiyoj sezilmoqda;
- respublika hududida yangidan paydo bо‘layotgan xavfli va zararli hashoratlarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda;
- chorvachilik tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini yaxshilash, zooveterinariya xizmati kо‘rsatish sifatini oshirish va assortimentini kо‘paytirish kerak bо‘lmoqda;
- qishloqqa kichik sanoatni olib kirish orqali meva, poliz va sabzavot mahsulotlarini quritish va qadoqlash texnologiyalaridan foydalanish vazifalari qо‘yilmoqda;
- mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan tо‘liq ta’minlash qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish, qishloq xо‘jaligida suvni tejash va agrotexnologik jarayonlarni takomillashtirish yо‘li bilan suv tanqisligini yumshatishning ahamiyati ortmoqda.
Bularning barchasi fermerdan chuqur bilimni va ilg‘or tajribani talab qiladi. Bu borada mutaxassisning maslahati zarur bо‘ladi. Shuning uchun ham axborot-maslahat xizmatini (AMX) tashkil etishga alohida ahamiyat qaratish lozim bо‘ladi.
Bugungi kunda respublikamiz agrar sohasida axborot- konsaltingini rivojlantirish kuyidagilarga shapoitva imkon yaratmoqda:

  • agrar soha tadbirkorlik subyektlari, fermer va dehqon xо‘jaliklariga fan-texnika yangiliklari, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bо‘yicha ilg‘or tajriba va ilmiy-amaliy tavsiyalardan foydalanish va amaliyotga joriy etishga;

  • huquqiy, meyoriy, iqtisodiy-moliyaviy, tashkiliy-agrotexnologik hujjatlar, standart va tartib-qoidalar borasidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni davriy va uzluksiz yangilab borish hamda ulardan agrar tadbirkorlik subyektlarining foydalanishiga imkon yaratishga;

  • agrar tadbirkorlik subyektlari va birinchi navbatda fermer xо‘jaliklariga sifatli, arzon va ishonchli resurslar manbaini izlab topishga va ulardan foydalanish(xarid qilish) tartib-qoida va yо‘llarini о‘zlashtirishga;

  • qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishiga innovatsion loyihalar asosida ilg‘or g‘oya va agrotexnologiyalarni joriy etishga va infratuzilma xizmatlaridan foydalanish yо‘nalishlari, tartib va shartlarini bilishga;

  • xо‘jalik tarmoqlarini diversifikatsiyalash yо‘nalishlarini о‘rganish, innovatsion jozibadorligini oshirish va investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishga;

  • zarur bо‘lgan paytlarda turli yо‘nalishdagi (huquq, iqtisod, moliya, menejment, marketing, eksport-import, standart va bojxona, agrotexnologiya, zoomuxandislik, veterinariya, tex­nika va boshqa yо‘nalishlar bо‘yicha) malakali mutaxassislar maslahatidan foydalanish imkoniyatlariga ega bо‘lishga;

  • agrar fanni moliyalashtirish - ilmiy-tadqiqot institutlari - kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimi - yangiliklarni amaliyotga joriy etish kabi jarayonlarni yagona tizim asosida uchg‘unlashgan holda tashkil etishga va boshqalar.




Download 80.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling