1-mavzu. Dasturiy ta’minot va dasturiy ta’minot injiniringi. Reja
Download 42.38 Kb.
|
1-mavzu. Dasturiy ta’minot va dasturiy ta’minot injiniringi. Rej-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturiy injiniring etikasi Professional dasturiy ta’minot ishlab chiqish
- Tushuncha Ta’rifi
1-mavzu. Dasturiy ta’minot va dasturiy ta’minot injiniringi. Reja 1-mavzu. Dasturiy ta’minot va dasturiy ta’minot injiniringi. Reja: Professional dasturiy ta’minot ishlab chiqish. Dasturiy injiniring etikasi Professional dasturiy ta’minot ishlab chiqish Ko'p insonlar dastur yozadilar. Biznes bilan shug'ullanuvchi insonlar o'z ishlarini soddalashtirish uchun elektron jadval dasturlarini yozadilar; olimlar va muhandislar o'zlarining ilmiy ishlariga oid ma'lumotlarini qayta ishlash uchun dasturlar yozadilar; havaskorlar o'z qiziqishlari va zavqlanishlari uchun dasturlar yozadilar. Biroq, dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning ko'pi professional faoliyat bo'lib, unda dasturiy ta'minot biznes maqsadlarida, boshqa qurilmalarga kiritish uchun axborot tizimlari va kompyuter yordamida loyihalash tizimlari kabi dasturiy mahsulotlar sifatida ishlab chiqiladi. Asosiy farqi shundaki, professional dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi o’zidan tashqari boshqalar ham foydalanishi uchun mo'ljallangan bo’ladi va ushbu dasturiy ta'minotlar odatda bitta dasturchi tomonidan emas, balki jamoalar ishlab chiqadi. U uzoq vaqt davomida ishlab chiqiladi va o'zgartirilib boriladi. Dasturiy injiniring individual dasturlashdan ko'ra professional dasturiy ta'minotni ishlab chiqishga ko’proq mo'ljallangan. Ular dastur spetsifikatsiyasi, loyihasi va evolyutsiyasini qo'llab-quvvatlovchi texnikalarni o'z ichiga oladi. Dasturiy injiniringi asosiy tushunchalari 1.1-jadvalda berilgan. 1.1-jadval
Ko'pchilik dasturiy injiniringni kompyuter dasturlari tushunchasiga sinonim so'z deb o'ylaydi. Lekin, dasturiy injiniring haqida so’z ketganda, dasturiy ta'minot nafaqat dasturlarning o'zi, balki ushbu dasturlarni foydali qilish uchun zarur bo'lgan barcha tegishli hujjatlar, kutubxonalar, qo'llab-quvvatlovchi veb-saytlar va konfiguratsiya ma'lumotlari ham kiradi. Professional ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot tizimi odatda ko’pgina dasturlardan iborat bo’ladi. Tizim ushbu dasturlarni teslashda foydalaniladigan bir nechta alohida dasturlar va konfiguratsiya fayllaridan iborat bo'lishi mumkin. U tizimning tuzilishini tavsiflovchi tizim hujjatlarini, tizimdan foydalanish hujjatlari va foydalanuvchilarning so’nggi versiyasi haqidagi maʼlumotlarini yuklab olishlari uchun veb-saytlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Agar inson o'zi uchun dastur yozayotgan bo'lsa, bu dasturdan o’zidan boshqa hech kim foydalanmaydi va dastur qo'llanmalarini yozish, dastur loyihasini hujjatlashtirish va hokazolar haqida tashvishlanmasa ham bo’ladi. Biroq, agar boshqalar ham foydalanadigan va boshqa dasturchilar ham o'zgartira oladigan dasturiy ta'minotni ishlab chiqilayotgan bo’lsa, odatda qo'shimcha ma'lumotlarni, shuningdek dastur kodini ham taqdim etishga to’g’ri keladi.
Umumiy mahsulotlar. Bu dasturlash bilan shug’ullanuvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan va ularni sotib olishga qodir bo'lgan har qanday mijozga ochiq bozorda sotiladigan mustaqil tizimlar hisoblanadi. Ushbu turdagi mahsulotlarga mobil qurilmalar uchun ilovalar, shaxsiy kompyuterlar uchun dasturlar, matn muharrirlari, chizmachilik paketlari va loyihalarni boshqarish vositalari kiradi. Ushbu dasturiy ta'minot turiga kutubxona axborot tizimlari, buxgalteriya tizimlari yoki stomatologik yozuvlarni saqlash tizimlari kabi ma'lum bir bozor uchun mo'ljallangan ilovalar ham kiradi. Buyurtma qilingan dasturiy ta'minotlar. Bular ma'lum bir mijoz tomonidan buyurtma qilingan va ishlab chiqilgan tizimlardir. Dasturiy ta'minot yaratuvchisi dasturiy ta'minotni ushbu mijoz uchun ishlab chiqadi va o’rnatib beradi. Ushbu turdagi dasturiy ta'minotga elektron qurilmalarni boshqarish tizimlari, muayyan biznes jarayonini qo'llab-quvvatlash uchun yozilgan tizimlar va havo harakatini boshqarish tizimlarini misol qilish mumkin. Ushbu dasturiy ta'minot turlari o'rtasidagi muhim farq shundaki, umumiy mahsulotlarda dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchi tashkilot dasturiy ta'minot spetsifikatsiyasini nazorat qiladi. Bu shuni anglatadiki, agar ular dasturni modifikasiya qilish muammolariga duch kelsa, ular ishlab chiqilishi kerak bo'lgan joylarini qayta ko'rib chiqishlari mumkin. Maxsus mahsulotlar uchun spetsifikatsiya dasturiy ta'minotni sotib olayotgan tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi va nazorat qilinadi. Dastur ishlab chiquvchilari ushbu spetsifikatsiyaga muvofiq ishlashi kerak. Biroq, tizim turlari o'rtasidagi farq tobora kamayib bormoqda. Ko'p tizimlar umumiy mahsulot asosida yatilmoqda, keyinchalik ular mijozning talablariga moslashtiriladi. SAP va Oracle tizimlari kabi Korxona resurslarini rejalashtirish (Enterprise Resource Planning (ERP)) tizimlari bu yondashuvlarga misol sifatida ko’rish mumkin. Bu erda biznes qoidalari va jarayonlari, talab qilinadigan hisobotlar va boshqalar haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan yirik va murakkab tizim kompaniyalari uchun moslashtirilgan bo’ladi. Download 42.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling