1-Mavzu. Dasturlashda delegatlar, hodisalar, lyamda ifodalardan foydalanish. Saralash va izlash algoritmlari bilan tanishish.
Ushbu mavzuda C# dasturlash tilining uchta muhim vositasi(instrumenti)ni o’rgandik. Bular: delegatlar, hodisalar va lyamda ifoda. Mazkur vositalar ob’yektga yo’naltirilgan dasturlashda keng qo’llanilib kelinmoqda.
Delegatlar. Oddiy qilib aytganda delegat bu – biror metod bilan bog’lanuvchi ob’yektdan iborat. Bunda delegat ob’yekti orqali ko’rsatilgan metodga murojaatni amalga oshirish mumkin. C# dasturlash tilida delegatlar delegete xizmatchi so’zi yordamida e’lon qilinib, uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
delegate tip nom(parametrlar);
bu yerda tip delegat bilan bog’langan metod qaytaruvchi ma’lumotlar tipidan iborat bo’lib, shunga mos qiymatlarni qabul qiladi. Bundan tashqari nom delegat nomi bo’lsa, parametrlar delegat bilan bog’langan metod argumentlariga mos paremetrlardir. Quyidagi misolda delegatlardan foydalanib arifmetik amallarni hisoblash dasturi tuzilgan (1- ilovaga qarang):
using System;
namespace Delegate1
{
public delegate double ArithDel(double a, double b);
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
Console.Write("m=");
double m=double.Parse(Console.ReadLine());
Console.Write("n=");
double n=double.Parse(Console.ReadLine());
ArithDel aD = Add;
double b=aD(m,n);
Console.WriteLine("result is: n+m= "+b);
aD = Divisor;
b=aD(m,n);
Console.WriteLine("result is: n-m= "+b);
aD = Multiple;
b=aD(m,n);
Console.WriteLine("result is: n*m= "+b);
aD = Division;
b=aD(m,n);
Console.WriteLine("result is: n/m= "+b);
Console.ReadKey(true);
}
Do'stlaringiz bilan baham: |