1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


-Mavzu:Ma’muriy huquq bo’yicha intizomiy va moddiy javobgarlik


Download 1.49 Mb.
bet68/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

15-Mavzu:Ma’muriy huquq bo’yicha intizomiy va moddiy javobgarlik


Reja:
1. Intizomiy-huquqiy majburlov tushunchasi va xususiyatlari
2. Ma’muriy huquq boyicha intizomiy javobgarlik
3. Ma’muriy huquq boyicha intizomiy ishlarni yuritish
4.Ma’muriy huquq boyicha moddiy javobgarlik
Intizomiy-huquqiy majburlov tushunchasi va xususiyatlari
Intizomiy-huquqiy majburlov — huquqiy majburlovning bir ko'rinishi bo'lib, unga ijro hokimiyatini amalga oshirish uslubining barcha xususiyatlari hisoblandi. Shu bilan birga, intizomiy-huquqiy majburlovning sifat jihatlarini belgilovchi, shuningdek, uni maj­ burlov faoliyatining mustaqil turi sifatida ifodalovchi o'ziga xos xusyatlari ham mavjuddir. Jumladan: birinchidan, intizomiy-huquqiy majburlov choralari intizomiy nojo'ya xatti-harakatlar uchun, ayrim hollarda esa boshqa huquq- buzarliklarga qarshi kurashishda qo'llaniladi; ikkinchidan, intizomiy-huquqiy majburlov suddan tashqari tartibda qo'llanilib, ijro va farmoyish berish faoliyatining ko'rinishi hisoblanadi; uchinchidan, intizomiy-huquqiy' majburlov barcha rahbarlar tomonidan (davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan o'ziga bo'ysungan xodimga nisbatan) amalga oshiriladi; to'rtinchidan, intizomiy-huquqiy majburlov doimiy tashkiliy aloqalarda bo'luvchi shaxslarga (masalan, xizmatchilar, xodimlar, harbiy xizmatchilar va h.k.larga) nisbatan qo'llanilishi mumkin; beshinchidan, intizomiy-huquqiy majburlov keng doiradagi axloqiy-huquqiy ta’sir ko'rsatish choralarini o'z ichiga oladi; oltinchidan, intizomiy-huquqiy majburlov «intizomiy» hoki­ miyat subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Odatda, bunday hokimiyatga rahbarlar egadir. Ayrim hollarda esa qonun hujjatlari bilan boshqa shaxslar ham ega bo'ladi. Masalan, harbiy xizmat­ chilarga nisbatan intizomiy majburlovni boshliqdan tashqari, garnizon komendanti ham qo'llash vakolatiga ega bo'lishi mumkin. Qoida boyicha, huquqbuzarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari bevosita yoki yuqori turuvchi rahbar tomonidan qo'llaniladi; yettinchidan, intizomiy-huquqiy majburlov bir necha huquq tarmoqlari bilan: mehnat, ma’muriy, jinoyat-ijroiya huquqi bilan tartibga solinadi.
Aksariyat hollarda, intizomiy-huquqiy majburlov qonun huj­ jatlari bilan, ayrim hollarda esa qonunosti aktlari bilan tartibga solinadi; sakkizinchidan, intizomiy-huquqiy majburlov choralari aniq shaxslarga qo'llaniladi. Intizomiy-huquqiy majburlov individuallik, ya’ni yakka tartib­ da amlga oshirish xususiyatiga ega.
Intizomiy-huquqiy majburlovda ko‘pgina sanksiyalar va tartiblar mavjud bo'lib, ma’lum bir guruh shaxslarga qaratiladi. Shaxslaming tutgan mavqeyiga qarab, inti- zomiy-huquqiy majburlovning maxsus sanksiyalarini ham ko'rsatib o'tish mumkin. Masalan, soldatlar va generallaiga, talabalar va aspirantlarga qo'llaniladigan intizomiy ta’sir ko'rsatish choralari mavjud. Demak, intiz/omiy-huquqiy majburlov — ijro va farmoyish berish faoliyatida intizomiy hokimiyat subyektlari tomonidan, huquq normalariga asoslangan holda, bo'ysinuvchi shaxslarga nisbatan intizomiy nojo'ya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun qo'llaniladigan davlat majburlovidir.
Intizomiy-huquqiy majburlov huquq tarmoqlarining normalari bilan tartibga solinganligiga qarab, bir necha turlarga bo'linishi mumkin: a) korxona va muassasalarda xodimlarga nisbatan qo'llanila­ digan intizomiy majburlov — mehnat huquqi', b) davlat organida xizmatchilarga nisbatan qo'llaniladigan intizomiy majburlov — ma ’muriy huquq; d) ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarga nisbatan qo'llaniladigan intizomiy majburlov — jinoyat ijroiya huquqi bilan tartibga solinadi. D.N.Baxraxning fikricha, ma’muriy huquq uch guruh sub­ yektlarga nisbatan intizomiy ta’sir etish choralarini tartibga soladi: a) militarlangan xizmatchilarga nisbatan (harbiy xizmatchilarga, harbiy xizmatchilar toifasiga kiradigan shaxslarga, ichki ishlar xodimlariga); b) ta’lim olayotgan shaxslarga nisbatan (o'quvchilar, talabalar, aspirantlar); d) ma ’muriy huquq normalari asosida vaqtincha ozodligi cheklangan shaxslarga nisbatan,l
Ta’sir etish usuliga ko'ra, intizomiy-huquqiy majburlovni quyi- dagilarga bo'lish mumkin: 1) jazo ko'rinishiga ega bo'lgan', 2) qayta tiklashga qaratilgan', 3) boshqa intizomiy ta’sir etish choralari. Birinchi guruh intizomiy ta’sir etish choralari qo'llanilganida — intizomiy javobgarlik vujudga keladi; qayta tiklash choralari qo'l- lanilganda esa, ya’ni yetkazilgan zarar qoplanganida — moddiy javobgarlik vujudga keladi. Boshqa intizomiy ta’sir etish choralari deganda, intizomiy javobgarlikka kirmaydigan hamda zarami undirish bilan bog'liq bo'lmagan choralar nazarda tutiladi. Masalan, ishdan chetlash- tirish, mehnat ta’tilini qisqartirish, navbatdagi darajani berishni kechiktirish, talabani sinov va imtihonlarga qo'ymaslik va bosh­ qalar.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling