1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish


Download 1.49 Mb.
bet64/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 26-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish — shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir. O'qotar qurollar va o'q-dorilarning haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish asosiy tirikchilik manbayi ovchilik bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarliklar sohasida haqini to'lash sharti bilan olib qo'yishning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u bevosita ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli bo'lgan yoki shunday narsa bo'lgan ashyoga qaratilishi mumkin. " *
Haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish — mulkiy xususiyatga ega bo'lgan jazo chorasidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi ikkinchi qismida mulkdorning faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi ko'rsatib o'tilgan. Mulkdan mahrum etish deganda — mulkchilik huquqining majburiy tartibda bekor qilinishi tushuniladi. Haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish jazosi ham aynan mulkchilik huquqini bekor qilishga olib keluvchi asoslardan biri hisobianadi. Shu sababli, ushbu jazo chorasi faqatgina sud tomonidan tayin- lanishi mumkin. Haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish — ham asosiy, ham qo'shimcha jazo chorasi sifatida namoyon bo'lishi mumkin. U asosiy jazo sifatida faqatgina O'zR MJtKning 220-moddasi 1-qismida qurol saqlashga ichki ishlar organlaridan ruxsati bo'lgan fuqarolaming o'qotar qurollar va o'q-dorilami saqlash yoki tashish qoidalarini, buzganlik uchun qo'llaniladi. Qo'shimcha jazo chorasi sifatida esa O'zR MJtKning 142-moddasi 2-qismida yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badbo'y moddalar va ashyolami topshirganlik uchun yoki 222-moddasida nazarda tutilgan ovchilik jamiyatidan chiqqanliklari munosabati bilan ichki ishlar organlari o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilami saqlash uchun bergan ruxsatini bekor qilgan fuqarolaming bunday qurollar va o‘q-dorilarni sotishdan bo‘yin tovlagani uchun qo'l­ laniladi
. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish — mazmuni jihatidan o'zaro bog'langan harakatlarni amalga oshirishdan iboratdir: — birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsdan ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa boMgan ashyoni olib qo'yish; — ikkinchidan, belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo'lgan ashyoni sotish; — uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo'lgan ashyoni sotishdan tushgan puldan tegishli xarajatlami chegirib tashlagan holda, ashyoning sobiq egasiga topshirish. Haqini to'lash sharti bilan olib qo'yiladigan ashyolar jumlasiga, masalan, O'zR MJtKning 142-moddasiga binoan yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli modda­ lar va ashyolar yoki 222-moddasiga binoan o'qotar ov qurollari va o'q-dorilar kiradi
. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 336-moddasiga binoan haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish to'g'risidagi qaror asosida olib qo'yilgan narsalami sotish uchun vositachi do'konga yoki olib qo'yilgan mol-mulk turgan joydagi shunday maqsad uchun maxsus belgilab qo'yilgan do'konga topshiriladi. O'qotar qurollarni va o‘q-dorilarni haqini to'lab olib qo'yish to'g'risidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling