1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Download 1.49 Mb.
bet62/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

14-Mavzu:Ma'muriy jazo


Reja:
1. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsad
2. Ma’muriy jarima
3. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
4. Musodara qilish. Ma’muriy qamoqqa olish.
5. Ma’muriy jazoni tayinlash.
Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi
Ma’muriy jazo — ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan davlat javobgarligining chorasi bo'lib, yangi huquqbuzarliklaming sodir etilishini oldini olish maqsadida qo'llaniladi.
Ma’muriy jazo — ma’muriy majburlovning bir ko'rinishi hisoblanadi. Ma’muriy jazo ma’muriy majburlovning boshqa chora- laridan farqli ravishda, o'ziga xos maqsadga ega bo'lgan jazo sanksiyalari bo'lib, protsessual tartibda qo'llaniladi. Ma’muriy jazo ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks bilan, ma’muriy majbur­ lovning boshqa choralari esa turli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ma’muriy jazo — turli huquq tarmoqlari (konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, moliya, fuqarolik, fuqarolik protsessual, jino- yat-protsessual. huquq) normalarini buzganlik uchun qo'llaniladi. Uni qo'llash orqali shaxsga to'g'ridan-to'g'ri ta’sir ko'rsatiladi, aybdoming huquqiy maqomi vaqtincha cheklanadi (masalan, ma’lum bir huquqlar cheklanishi, qo'shimcha majburiyatlar yukla- nishi mumkin), shuningdek, jazoga tortilganlik holatini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ma’muriy jazo sodir etilgan huquqbu- zarlikka nisbatan davlat tomonidan rasmiy va oshkora salbiy baho berish hisoblanadi. Jazolash — ma’muriy jazoning asosiy maqsadi emas, balki huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni qonunlami hurmat qilish ru­ hida tarbiyalash, huquq tartibotni ta’minlash, yangi qonunga xilof qilmishlaming sodir etilishini oldini olish maqsadida qo'llaniladi. Ma’muriy jazo, ma’lum bir ma’noda, jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy jazo choralari — ma’mu­ riy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida qo'llanilmaydi. Agar ma’muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga moddiy zarar yetkazilgan bo'lsa, huquqbuzarlik ishini ko'rib chiquvchi davlat organi rrm'-'uiriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish boyicha masalani hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish tartibida amalga oshiriladi.1 B.V.Rossinskiyning ko'rsatib o'tishicha, ma’muriy jazo chora­ larini mazmuniga qarab quyidagilaiga ajratish mumkin: a) axloqiy-huquqiy choralar (masalan, ogohlantirish); b) mulkiy choralar (masalan, ma’muriy jarima, ma’muriy hu- quqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish yoxud uni musodara qilish); d) shaxslaming shaxsiy huquqlarini cheklashga qaratilgan cho­ ralar (masalan, ma’muriy qamoq, ma’muriy tarzda chiqarib yu­ borish); e) tashkiliy choralar (masalan, maxsus huquqdan mahrum qilish).2 Ma’muriy jazo — u yoki bu shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishga ma’naviy ta’sir ko'rsatishni (masalan, ogohlantirish) yoki huquqbuzarga moddiy ta’sir ko'rsatishni (masalan, jarima) nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risida­ gi kodeksining 22-moddasiga binoan ma’muriy jazo- javobgarlikka tortish chorasi bo'lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs­ ni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o'zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo'llaniladi. Kodeksning 23-moddasiga binoan esa ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo'llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish; 3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (trans­ port vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mah­ rum etish; 5) ma’muriy qamoqqa olish. Jarimadan tashqari barcha ma’muriy jazo choralari, faqat O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin. Qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolami va fuqaroligi boimagan shaxslarni O'z­ bekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin. Ma’muriy jazo — asosiy va qo'shimcha jazo choralariga bo'li- nadi. Asosiy ma ’muriy jazo choralari — bu ma’muriy jazo chora­ larining boshqa turlariga qo'shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo'lmagan jazo choralarixlir. Masalan, jarima, maxsus huquqdan mahrum qilish va ma’muriy qamoq faqat asosiy jazo choralari sifatida qo'llanilishi mumkin.
Qo'shimcha jazo choralari esa ma’muriy jazoning boshqa cho­ ralariga qo'shimcha ravishda belgilanishi mumkin bo'lgan choralar bo'lib hisoblanadi. O'zR MJtKning 24-moddasiga binoan, ashyolami haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish yoki musodara qilish ham asosiy, ham qo'shimcha ma’muriy jazo tariqasida, boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo'llanilishi mumkin. Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun asosiy yoki ham asosiy, ham qo'shimcha jazo chorasi qo'llanilishi mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling