1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boimagan shaxslaming ma’muriy javobgarligi


Download 1.49 Mb.
bet60/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boimagan shaxslaming ma’muriy javobgarligi
0 ‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 17-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hudu­ dida bo'lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boMmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Immunitetga ega boMgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks­ ning O'zbekiston Respublikasi qatnashchi bo'lgan xalqaro shart­ nomalar va bitimlarga zid boMmagan qismi qoMlaniladi. Xorijiy fuqaro — bu O'zbekiston Respublikasi hududida boM­ gan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan va xorijiy davlat fuqaroligi mavjud boMgan jismoniy shaxsdir. «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g‘risida»gi Qonun­ ning1 11-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi boMmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boMmagan shaxslar — fuqaroligi bo'lmagan shaxslar deb hisob­ lanadi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boMmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari singari bir xildagi huquq va majburiyatlarga egadir, qonun hujjatlarida ko'rsatib o'tilgan cheklovlar bundan mustasno. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boMmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududida boMgan vaqtlarida sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun qonun hujjatlari bilan o'matilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari singari umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Xorijiy fuqarolaming ma’muriy javobgarligining o'ziga xos xususiyatlaridan biri — bu ayrim toifadagi xorijiy fuqarolaming immunitet huquqiga. ega bo'lishidir.
O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan hamda O'zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartno­ malarga binoan xorijiy fuqarolar ma’muriy yurisdiksiyadan immu-nitetga (daxlsizlik) ega bo'lishlari mumkin. Ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishlari diplomatik yo‘l bilan hal etiladi. Bu toifadagi xorijiy fuqarolar jumlasiga: diplomatik vako- latxonalaming boshliqlari (elchilar, ishonchli vakillir) va xorijiy davlatlar vakolatxonalarining diplomatiya xodimlari: maslahatchilar, savdo vakillari, savdo vakillarining o'rinbosarlari, harbiylar, harbiy- havo va harbiy-dengiz attashelari va ularning yordamchilari, atta- shelaming birinchi, ikkinchi, va uchinchi kotiblari va diplomatik vakolatxonalaming arxivchi-kotiblari. Immunitet huquqi diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining oila a’zolariga va diplomatiya xodimlariga mansub shaxslaming oila a’zolariga ham (agar ular mazkur shaxslar bilan birga yashasalar va O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmasalar) tatbiq etilishi mumkin.
Bundan tashqari, konsullik vakolatxonalarining boshliqlari (bosh konsullar, konsullar, konsullarning o'rinbosarlari) va boshqa konsullik lavozimidagi shaxslar ham immunitetga ega bo'lishlari mumkin. Ular o'zlarining xizmat faoliyatiga taalluqli sohalarda ma’muriy yurisdiksiya immunitetidan foydalanadilar. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 23-moddasi 3-qismiga binoan qonun hujjatlarida ma’­ muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun xorijiy fuqarolami va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling