1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Yuridik shaxslaming ma’muriy javobgarligi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Yuridik shaxslaming ma’muriy javobgarligi
Oxirgi vaqtlarda, yuridik shaxslaming ma’muriy javobgarligi muammosi vujudga keldi. Mazkur masala huquqshunos olimlaming turli munozaralariga olib keldi. Ba’zi huquqshunos olimlar yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatsa, ikkinchi guruh olimlar, uni inkor etadi. Ba’zi davlatlarning, masalan, Rossiya Federatsiyasida, yuridik shaxslaming ma’muriy javobgarlik masalasi — ma’muriy javob garlikni tartibga soluvchi asosiy qonunida mustahkamlab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasida Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga binoan yuridik shaxslar ma’muriy javobgarlik subyekti hisoblanmaydi. J^ekin 2000-yil 15-dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslaming javobgarligi to‘g‘risida»gi Qonuni1 qabul qilindi. Mazkur qonun bilan qurilish sohasidagi yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi belgilab berildi. Jumladan, qonunga binoan, qurilish sohasidagi huquqbuzarlik — bu yuridik shaxslar tomonidan aholi punktlarini, binolar va inshootlami rejalash va qurish bosh rejalarining, loyihalarining buzilishi, davlat standartlari, qurilish normalari va qoidalari, texnik shartlariga, qurilish va binokorlik materiallari sanoati sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning talablariga binolar, imoratlar, inshootlarning, ulaming qismlari yoki konstruksiya ayrim element larining chidamliligi, mustahkamligi, puxtaligi, ishlab chiqarilayot- gan binokorlik materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining chidamlilik parametrlari pasayishi va yo‘qotilishiga sabab bo'lgan tarzda rioya etilmasligi, shuningdek, obyektlarni qurish va ularni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan tartibini buzadigan xatti-harakat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan loyihalash, qu- rilish-montaj ishlarini bajaruvchi, binokorlik materiallari, konstruk siyalari va buyumlarini ishlab chiqaruvchi, qurilishda buyurtmachi hisoblanuvchi yoki bir yo‘la buyurtmachi va pudratchi vazifalarini bajaruvchi yuridik shaxslarga qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy tartibda jarima solinadi. Yuridik shaxsning javobgarlikka tortilishi uni o‘zi yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklami bartaraf etish va zararning o‘mini qoplash maj buriyat idan, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni intizomiy, ma’muriy, fuqaroviy-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar tofg6risidagi ishlarni 0 ‘z- bekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ko deksida belgilangan tartibda ko'rib chiqish va jarima solish hu quqiga: O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mi tasining raisi va uning o'rinbosarlari; Davlat arxitektura -qurilish nazorati bosh boshqarmasi boshlig'i va uning o'rinbosarlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, viloyatga bo'ysinuvchi shaharlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari hamda davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining boshliqlari va ulaming о ‘rinbosarlari egadirlar. Qurilish sohasida yo‘l qo'yilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsdan jarima undirish tegishli mansabdor shaxslaming qarori asos bo'ladi. Yuridik shaxs jarimani jarima solish to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran о \n besh kundan kechiktirmay toiashi kerak. Yuridik shaxs o'ziga nisbatan chiqarilgan jarima solish to'g' risidagi qarorga rozi bo'lmagan taqdirda, bu qaror ustidan bo'y sinuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga qonun hujjat lariga muvofiq shikoyat qilishi mumkin. Bunda jarima solish to'g'risidagi qaroming amal qilishi shikoyatni ko'rib chiqish mud- datiga to'xtatib turiladi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari. 2. Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari. 3. Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari sohasida O'zbekiston Respublikasi vakolatlari. 4. Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari sohasida Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining vakolatlari. 5. O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'ri sidagi kodeksi va uning vazifalari. 6. Ma’muriy javobgarlik tushunchasi. 7. Ma’muriy javobgarlikning o'ziga xos xususiyatlari. 8. Ma’muriy javobgarlik turlari. 9. O'zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlamine ma’ muriy javobgarligi. 10. Voyaga yetmaganlar ishlari boyicha komissiyalaming asosiy vazifalari. 11. Voyaga yetmaganlar ishlari boyicha komissiyalar tomo nidan qo'llaniladigan ta’sir choralari. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling