Reja: Oʻzbekiston — Yunoniston munosabatlari


Download 28.97 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi28.97 Kb.
#1153235
Bog'liq
Oʻzbekiston va YUNESKO munosabatlari


Oʻzbekiston va YUNESKO munosabatlari

Reja:



  1. Oʻzbekiston — Yunoniston munosabatlari 

  2. YUNESKO

  3. Birlashgan Millatlar Tashkiloti



Oʻzbekiston — Yunoniston munosabatlari — 1992-yil 16-martda ikkala mamlakat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgan paytdan boshlab oʻzaro iqtisodiy, madaniy aloqalar va savdo-sotiq rivojlana boshladi. 1994-yil 29-sentyabr — 3-oktyabrda Yunoniston delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va ikki tomonlama munosabatlarning yuridik asoslarini yaratish masalalari kelishib olindi. Yunoniston va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari oʻrtasida bevosita aloqa oʻrnatish maqsadida, 1994-yil 6—8 oktyabrda „Rusvar Xoldings B. V.“ kompaniyasining hamraisi boshchiligida oliy menejerlar guruhi respublikamizga keldi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, „Oʻzbekneftgaz“ korporatsiyasida, Aloqa vazirligida, „Oʻzeltexsanoat“ uyushmasida, Toshkent aviatsiya zavoddida oʻtkazilgan muzokaralarda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Yunon kompaniyasining ishtiroki masalalari muhokama qilindi. 1996-yil 27—29 noyabrda Yunoniston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi vaqtida oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi va Konsullik muassasalarini ochish hamda havo qatnovini yoʻlga qoʻyish haqida bitimlar imzolandi. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1997-yil 31-mart — 2-aprelda Yunonistonga qilgan rasmiy tashrifi natijasida „Doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma“, „Ikki yoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik haqida konvensiya“, „Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoyalash“, „Iqtisodiy va texnologik hamkorlik“, „Maorif, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik qilish“, „Turizm sohasidagi hamkorlik“ toʻgʻrisida bitimlar, „Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan Yunoniston eksportga koʻmaklashish tashkiloti oʻrtasida hamjihatlik va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum“ imzolandi. Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy negizi „Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim“ qoidalariga ham asoslanadi. 2000-yilda Oʻzbekistonning Yunoniston bilan tovar aylanmasi: eksport 13,7 mln., import 3,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistondan Yunonistonga rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, tabiiy va sunʼiy moʻyna hamda undan tayyorlangan mahsulotlar eksport qilingan boʻlsa, importning asosiy turlari oʻsimlik yogʻi, sariyogʻ, sovun, yuvish vositalari va surkov moylari, tamaki, asbob-uskuna, efir yogʻi va pardoz vositalari, qayta ishlangan meva, sabzavot, yongʻoq, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, plastmassa, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va boshqadan iborat boʻldi. 1995-yili yanvardan „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasining samolyotlari oyiga 2 marta Afinaga borib kelmoqda. „Oʻzeltexsanoat“ uyushmasi bilan yunon kompaniyasi oʻrtasidagi bitimga binoan Foton aksiyadorlik jamiyatida „Sileks“ nazorat-kassa apparatlarini birgalikda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Mayda va oʻrta biznes sohasida ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyati bor. 2001-yil holatiga Oʻzbekiston Respublikasida yunon sarmoyasi ishtirokidagi 33 qoʻshma korxona mavjud. Ular orasida „Omegasitora“, „Olimpik-Toshkent Furs“, „Agrofur“, „Oʻz-Ellas“, „Buyuk Turon“, „Turon-Trast“ kabilar bor. Yunon sarmoyasi yuz foiz boʻlgan 6 korxona faoliyat koʻrsatayotir. Yunon sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining asosiy sohalari kiyim-kechak, charm va moʻyna buyumlar, binokorlik materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, savdo-sotiq, lotereya oʻyinlarini tashkil etish va boshqalardan iborat.
YUNESKO — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946 yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) aʼzo (2004). Tashkilot ustaviga koʻra, «… irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga» koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti aʼzo mamlakatlar badallaridan tashkil topadi.
Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni oʻrganish va tarqatish, atrof muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geol., gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika — kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta oʻrin egallaydi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarda YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalar tuzilgan. YUNESKO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. Uzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi 1994-yil 29 dek. da tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya YUNESKOning oliy organi hisoblanadi. 2 yilda 1-marta uning sessiyalari oʻtkaziladi. Sessiyalar oraligʻida Ijroiya kengashi (unga 58 davlat, jumladan, Oʻzbekiston 1997-yil oktyabr da aʼzo etib saylangan) ish olib boradi. Ijroiya kengashi har yili 2-marta yigʻiladi. Uning 155sessiyasining yakuniy yigʻilishi Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan (1998-yil 6 noyab.). Tashkilot qarorgohi Parijda, Bosh direktor (Konchiro, Massura, 1999-yildan) boshchilik qiluvchi Kotibiyat ham shu yerda joylashgan. Tashkilot 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ulardan eng keng tarqalgani «YUNESKO kuryeri» jur. (30 tilda nashr qilinadi), «Kelajak» (taʼlim sohasidagi haftalik), «Muzey», «Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi», «Tabiat va resurslar», «Mualliflik huquqi boʻyicha axborotnoma», «Taʼlim byurosi xalqaro axborotnomasi», «Impakt: fan va jamiyat» kabilardir. YUNESKO har 2 yilda bir marta jahonda taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida maʼruzalar chop etadi. YUNESKO «Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi» (6 jild), «Islom madaniyatining turli jihatlari» (6 jild), «Lotin Amerikasi davlatlari tarixi» (7 jild), «Karib havzasi davlatlari tarixi» (6 jild), «Afrika umumiy tarixi» (8 jild) kabi fundamental kitoblarni chop etmoqda. Shuningdek, 6 jildli «Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi» xalqaro hamkorlik doirasida yaratilmoqda, unda 1navbatda mazkur mintaqa davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston olimlari ishtirok etmoqda. Kitobning dastlabki 4 jildi 1992, 1994, 1996 va 1998-yillarda bosilib chiqdi. «Ipak yoʻli — muloqot yoʻli» jahon dasturi YUNESKOning Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, u BMTning madaniy taraqqiyot boʻyicha butun dunyo oʻn yilligi (1989—99 yillar) tadbiri doirasida oʻtkazildi. YUNESKOning saʼyharakati bilan butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklar Jahon merosi roʻyxatiga olindi. YUNESKO Oʻzbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam koʻrsatish maqsadida bir qator oliy oʻquv yurtlarida YUNESKO kafedralari, shuningdek, YUNESKO maktablari tashkil etgan. YUNESKO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik, Mirzo Ulugʻbekning 600-yillik (1994), Amir Temurning 660-yillik (1996) tantanalari nishonlandi. YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Amir Temur haftaligi oʻtkazilib, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullabyashnashi» mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma tashkil etildi. Bu tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti I. Karimov, Fransiya Prezidenti J. Shirak ishtirok etdi (1996-yil 20— 26 apr.). Toshkent shahrining 2000-yilligi (1980), Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shahrilarining 2500-yilligi, Shahrisabz shahrining 2700-yilligi (2002), Ahmad alFargʻoniyning 1200-yilligi, Imom Buxoriynning 1225-y. ligi (1998), «Alpomish» xalq dostoni yaratilganligining 1000-yilligi (1999), Avesto kitobi yaratilganligining 2700-yilligi (2001) nishonlandi. YUNESKO rahnamoligida Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor festivali oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Prezidenti I. Karimov insoniy ideallarni eʼzozlagani, madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlashdagi, ilmiy merosni oʻrganishdagi xizmatlari uchun YUNESKOning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medali bilan mukofotlangan (1998)

Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan xalqlar ko‘p. O‘zbekiston shunday davlatlardan. Dunyoda tinchlik o‘rnatish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi YuNESKOning jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash yo‘lidagi xizmati katta.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “YuNESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladigan o‘ziga xos, betakror tashkilotni ko‘ramiz” degan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi mazkur xalqaro tashkilotga 1945-yilning 16-noyabrida asos solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi. 1996-yilda Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochildi. O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi.
1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO Ijroiya kengashining yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH miqyosida birinchi marta tashkil etilgan mazkur tadbirda «Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Azal-azaldan maorif, fan va madaniyat masalalariga alohida e’tibor qaratgan o‘zbek xalqining mazkur tashkilot bilan izchil va istiqbolli hamkorligi ayni muddao bo‘ldi.
YuNESKOning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi Birlashgan maktablar dasturi tarmog‘i hisoblanib, unga jahonning olti mingdan ziyod maktabi a’zo. Ushbu dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqot va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.
1994-yil dekabrda tuzilgan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 1996-yildan buyon mazkur tarmoqqa mamlakatimizning 45 ta’lim muassasasi qo‘shildi. Mazkur ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashib, «Ta’lim barcha uchun» maqsadlarini va BMTning barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligini targ‘ib etmoqda. Bundan tashqari tashkilotning ta’lim sohasidagi faoliyati inklyuziv ta’lim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim, jamoat ta’limi markazlari, kasb-hunar o‘quv muassasalari, sog‘lom turmush tarzi ta’limi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.
YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta’lim 10-yilligi” e’lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirildi.
Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi misolida yurtdoshlarimizning «Suv va tabiiy manbalarni boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba loyihalari, deb topildi.
YuNESKOning fan dasturlari doirasida biologik xilma-xillikni asrash va tabiiy manbalardan oqilona foydalanish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalar hayotga tatbiq qilinmoqda. Tashkilotning «Xalqaro gidrologiya», «Inson va biosfera», «Bioetika, MOST (Ijtimoiy islohotlarni boshqarish)» xalqaro dasturlari bo‘yicha mamlakatimizda milliy qo‘mitalar tashkil etildi. O‘zbekiston olimlari YuNESKO shafeligida o‘tkazilgan Avstraliya, Sloveniya, Tailand, Eron xalqaro ilmiy anjumanlarida ishtirok etib kelmoqda.
Misol uchun, 1995-yil 5-iyulda YuNESKOning «Buyuk ipak yo‘li – muloqot yo‘li» dasturi asosida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgani, Urganch davlat universiteti hamda Bonn universiteti bilan hamkorlikda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan loyiha amaliyotga tatbiq etilgani buning tasdig‘idir. Bundan tashqari, Samarqandda har yili yozgi oromgohlarda yosh olimlarning quyosh energiyasi bo‘yicha ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazib kelinayotir. Maktablarda tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim izchil rivojlantirilib, O‘zbekiston ekologik atlasi va O‘zbekistondagi buloqlar atlasi chop etildi. Ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar amaliyotga joriy qilinmoqda.
Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YuNESKO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda YuNESKO davlatlar va nohukumat tashkilotlari o‘rtasida mazkur masalaga bag‘ishlangan ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, 2003-yili Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiya qabul qilindi. Shu kunga qadar 88 mamlakatning ajdodlardan avlodlarga asrlar osha o‘tib kelayotgan 300 durdonasi – urf-odat, an’ana, bayram, taom, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq, raqslari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozirga qadar O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining milliy ro‘yxatida 74 ta obyekt mavjud. Umumjahon merosining noyob namunasi sifatida O‘zbekiston hududidagi to‘rt qadimiy shahar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzning YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgani, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayrami, Katta ashula, «Shashmaqom», askiya insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy olgani, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida to‘plangan nodir qo‘lyozmalar «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritilgani O‘zbekistonning mazkur xalqaro tashkilot bilan izchil va samarali hamkorligi samaralaridir.
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk ajdodlarimiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent, Marg‘ilon singari qadimiy shaharlarimiz, «Alpomish», «Avesto» adabiy yodgorliklarimiz, Xorazm Ma’mun akademiyasining yubileylari YuNESKO ishtirokida keng nishonlandi.
Bular qatorida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ham alohida qayd etish joiz. Har ikki yilda bir marotaba Samarqandning Registon maydonida o‘tkaziladigan mazkur xalqaro tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Unda dunyoning deyarli barcha hududlaridan san’at namoyandalari, musiqashunoslar, qo‘shiqchilar, sayyohlar qatnashadi.
YuNESKOga a’zo 190 dan ortiq davlatning milliy qadriyatlari, tamaddun va madaniyat o‘choqlariga hurmat tashkilotning asosiy mezonidir. Maorif, fan va madaniyat insoniyatni ezgulikka, yorug‘likka olib borishi, dunyo xalqlari yagona oliy istak – do‘stlik va tinchlik g‘oyalari atrofida jipslashishi lozimligini uqtirib kelmoqda. Insonparvar hamda tinchlikparvar O‘zbekiston xalqaro tashkilotning mazkur ezgu maqsadini to‘la quvvatlab, hamkorlik rishtalarini yanada kengaytirish tarafdoridir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti – YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizning YUNESKO bilan samarali hamkorligi, erishilgan yutuqlar, istiqbolli loyihalar haqida so`z yuritildi.

YUNESKO o`z faoliyati orqali xalqlar o`rtasida fan, ta`lim, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish va shu asosda dunyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo`shish, tili, dini, irqi va kelib chiqishidan qat`i nazar, jamiyatda umuminsoniy tamoyillarni mustahkamlashga alohida e`tibor qaratib keladi. Jahonning 190 dan ortiq davlatini ana shunday ezgu maqsadlar yo`lida birlashtirgan tashkilotga bu yil 73 yil to`ldi. O`zbekiston 1993 yilda uning teng huquqli a`zosiga aylangan.

O`zbekiston – YUNESKO munosabatlari bog`langaniga chorak asr bo`ldi. Tashkilot bilan hamkorlik xalqimizning boy madaniy-ma`naviy qadriyatlarini saqlash va targ`ib qilishga qaratilgan ko`plab loyiha va dasturlarni amalga oshirish imkonini berdi. O`tgan yillarda Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzdagi tarixiy-me`moriy obidalar, Chotqol biosferasi, Boysun madaniy merosi, Navro`z bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari, askiya san`ati, osh tayyorlash an`anasi Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro`yxatidan joy olganini alohida qayd etish joiz. Buni YUNESKOning xalqimiz milliy merosini kelgusi avlodga etkazish borasidagi amaliy sa`y-harakatlari sifatida baholash mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimiz tashqi siyosatida xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar, xususan, YUNESKO bilan hamkorlik ko`lami kengaymoqda. Davlatimiz rahbarining Fransiyaga rasmiy tashrifi chog`ida YuNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashgani buning yaqqol tasdig`idir. Muloqot samarasi o`laroq, O`zbekiston bilan YUNESKO o`rtasidagi 2018-2021 yillarga mo`ljallangan qo`shma Harakatlar rejasi qabul qilindi.


– Xalqingizning boy merosini asrash, uni asl holicha kelgusi avlodlarga etkazish YUNESKOning mamlakatingizdagi faoliyatining asosiy yo`nalishidir, – dedi tashkilotning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Mariya del Pilar Alvarez Laso. – Tashkilotimiz yurtingizda bu borada amalga oshirilayotgan barcha intilishlarni qo`llab-quvvatlaydi.
Matbuot anjumanida YUNESKOning mamlakatimizdagi istiqbolli loyihalari yuzasidan ma`lumot berildi.
Download 28.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling