Turli davrdagi maqom ijrolarining o’zaro qiyosi


Download 6.86 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi6.86 Kb.
#1626274
Bog'liq
ijro qiyosi


TURLI DAVRDAGI MAQOM IJROLARINING O’ZARO QIYOSI
XX asrga kelib O’zbekistonga umumiy tarzda musiqa san’atining turli jabhalari kirib keldi va rivojlandi. Jumladan, opera, balet, simfonik musiqa, cholg’u musiqasi, vokal musiqasi kabi janrlar bilan boyidi. Bizning azaldan mavjud bo’lgan musiqiy merosimiz ham o’z o’rnida nazardan chetda qolgani yo’q. Folklor hamda mumtoz musiqa namunalarimiz musiqashunoslar-u etnograflar tomonidan yirik ishtiyoq bilan o’rganildi, notalashtirildi. Ko’plab bastakorlarimiz ijodi natijasi o’laroq eskida ijroviy-amalda bo’lgan ashula, qo’shiq va kuylarimiz qayta tiklandi.
Mumtoz musiqaga, aynan, maqomlarimizga nisbatan munosabatlar har doim ham yaxshi bo’lgan deyishimiz mubolag’aga aylanishi rost. Ba’zida unga xuddi eskilik sarqitiday kayfiyatda bo’lish, maqomlarimiz bilan bog’liq shaxslarga ham, hattoki, noyaxshi munosabatlarning bo’lganligini ustozlarning gap so’zlaridan anglab olishimiz mumkin.
Ammo, keyinchalik jonkuyarlar jonbozligi natijasida milliy musiqamiz durdonasi bo’lmish maqom san’atiga har tomonlama e’tiborlarning ortganini e’tirof etishimiz zarur. Ushbu e’tiborlarga biroz to’xtalar ekanmiz dastavval uning notalashtirilishi jarayoni haqida zikr yuritishimiz maqsadga muvofiqdir. Shashmaqomning besh chiziqli nota yozuviga ilk bor yozib olinishi 1924-yilda amalga oshirilgan. Bu ish Abdurauf Fitrat tashabbusi bilan Viktor Uspenskiy tomonidan amalga oshirilgani barchamizga ma’lumdur. Keyinchalik esa, nafaqat notalashtirish, balki boshqa ko’rinishdagi yangiliklar ham amalga oshirila boshlandi. Bularning asosiylaridan 1959-yili O’zbekiston radioqo’mitasi tashkil topishi va uning qoshida Yunus Rajabiy boshchiligidagi xalq cholg’ulari ansambli(keyinchalik maqom ansambli) faoliyat yuritishni boshlashi hamda 1972-yili Toshkent davlat konservatoriyasida Sharq musiqasi kafedrasining ochilishi kabi voqealarni keltirishimiz mumkin. Bu ikki asosiy voqealarning natijasida milliy musiqiy hayot sezilarli darajada jonlangani rost.
60-yillar mobaynida Yunus Rajabiy rahbarligidagi ansambl o’z tarkibini asta-sekin iste’dodli xonanda va sozandalar bilan to’ldira boshladi. Jarayon esa, ijrolarni grammplastinkalarga yozib olish ishlari bilan bevosita uyg’unlikda kecha bergan.
Biz tahlil qilmoqchi bo’lganimiz Saraxbori Buzrukning dastlabki audio yozuvi ham 60-yillarning boshida Yunus Rajabiy rahbarligidagi ansambl tomonidan yozib olingan.
Ushbu ijroni ansamblning endigina faoliyat yutirishni boshlaganidan kelib chiqqan holda yuqori baholash lozimdir. Ya’ni ansambl yangi bo’lganligi bois uning tarkibidagi xonanda-yu sozandalar ham unchalik ko’p emas, ta’bir joiz bo’lsa, nisbatan tajribasiz hamdir. Va natijada ijroga nisbatan yengilroq yondashilganligini sezishimiz mumkin. Buni esa, ushbu ijroning tayanch pardasi re emas, balki lya ekanligi bilan izohlashimiz mumkin. Demakki, ushbu o’zgartirish xonandalarning ovoz imkoniyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Hamda bu kabi ijroga vaziyatdan kelib chiqib yondashish rahbardan qanchalar yuksak mahorat talab etishini ham unitmasligimiz darkor. Yunus Rajabiyning maqom bilidoni, mohir bastakor va oqil rahbar ekanligiga tasannolar aylash barobarida uning Shashmaqom turkumini to’liq holda notalashtirganligini ham ta’kidlashimiz kerak. 1966-75 yillar mobaynida 6 jildlik Shashmaqom to’plami notalashtirildi. Bu notalashtirish jarayoniga ham o’z o’rnida maqom ansamblning ta’siri bor bo’lishi shubhadan holi emas.
Mazkur ansambl tomonidan ijo etilgan va yozib olingan Saraxbori Buzrukni tinglash mobaynida o’sha davrni, 60-yillar shukuhini ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin. Deyarli barcha xonandalarning yoshi katta bo’lganligi ham ijroning nisbatan eski maktabga xosligidan darak beradi. Tinglash chog’ida o’z o’rnida ijrochilarning mahorati ham o’zgacha ekanligini kuzatishimiz mumkin.
Lutfiyning “Emish” radifli g’azali bilan ijro etiluvchi ushbu ashula o’zining batamom ulug’vorligini saqlab qola olgan.
Download 6.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling