Alisher navoiy va boburning musiqaga oid qarashlari
Download 472.08 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher-navoiy-va-boburning-musiqaga-oid-qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- UZBEKISTAN | www.caajsr.uz ALISHER NAVOIY VA BOBURNING MUSIQAGA OID QARASHLARI Munisa Uzakova
- Kalit so‘zlar
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 817 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz ALISHER NAVOIY VA BOBURNING MUSIQAGA OID QARASHLARI Munisa Uzakova BuxDUning Pedagogika instituti 1-bosqich magistranti ANNOTATSIYA Sharq mutafakkirlari ilmiy-adabiy merosida musiqaga oid qarashlar alohida tizimni tashkil etadi. Maqolada shu nuqtayi nazardan Alisher Navoiyning “Majolis un- nafois”, “Saddi Iskandariy”, Boburning “Boburnoma” asarlaridagi musiqa va musiqa namoyandalari haqidagi fikrlar tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Sharq ilmi, musiqa san’ati, “Majolis un-nafois”, majlis, musiqa nazariyasi, sharq notasi, “Isfahon” kuyi, soz, ud, tanbur, “Boburnoma”, cholg`u asbobi. Sharq ilmida musiqa san’atiga munosabat nihoyatda yuqori bo’lgan. Ko’plab Sharq ijodkorlari musiqaga nafis san’at sifatida yondashganlar. Mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh-shoir Zahiriddin Bobur serqirra ijodi va boy adabiy-ilmiy merosi bilan dunyo tamaddunida katta o’rinni egallaydi. Jumladan, Alisher Navoiyning bebaho “Xamsa” asari, “Xazoyin ul-maoniy” devoni, “Lison ut-tayr” falsafiy dostoni va boshqa asarlari qatorida ilmiy xarakterdagi “Majolis un-nafois” tazkirasi alohida o’rin tutadi. Bu asar adabiyotshunoslik fanining ulkan manbalaridan biri. Ayni zamonda ulug` Navoiyning Movorunnahr va Xuroson zaminida faoliyat ko’rsatgan ijod ahli haqidagi bebaho kitobidir. Alloma ijod ahli namoyandalari haqida so’zlar ekan, ular orasida musiqiy iste’dodi bo’lgan ko’plab iqtidor egalariga xolis baho beradi. Aytish mumkinki, ushbu kitobda Navoiyning musiqaga munosabati, ulkan muhabbati aks etib turadi. Asar 8 majlisdan iborat. Uning birinchi majlisida ikki nafar musiqa namoyandasi haqida fikr yuritilgan. Birinchisi: “Xoja Abdulvafoyi Xorazmiy [quddisa sirruhu] kibori avliyodindur. Advor va musiqiy ilmida dag`i mahorati bor erdikim, risolasidan ma’lum bo’lur» [1,7]. Navoiyning e’tiroficha, Xoja Abdulvafoyi Xorazmiy musiqa nazariyasi, sharq notasi, musiqa ilmidan yaxshi xabardor bo’lgan, hatto risola ham bitgan. Ikkinchisi: “Mavlono Sohib Balxiy – bovujudi she’r fanida mahoratlik kishi erdi, advor va musiqiy ilmida komil erdi. O’z g`azallarini o’z amallariga bog`labdurkim, aning fazoyilig`a dalolat qilg`ay” [1,15]. Mavlono Sohib Balxiy mahoratli shoir bo’lishi bilan birga musiqa ilmini chuqur egallagan, hatto o’z g`azallarini kuyga solgan. Kitobning ikkinchi majlisida uch nafar ijodkorning musiqa bilan shug`ullanganligi e’tirof etiladi: “Xoja Yusuf Burhon – Hazrati shayx ul-islomiy Ahmadi Jomiy [quddisa sirruhu]ning yaqinroq avlodidindur. Faqir va fano tariyqida suluk qilur erdi. Va jamei ahli turuqning sohib tariyqi erdi va musiqiy ilmin ham yaxshi CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 Download 472.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling