Alisher navoiy va boburning musiqaga oid qarashlari
Download 472.08 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher-navoiy-va-boburning-musiqaga-oid-qarashlari
819 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz mutafakkir “G`aroyib us-sig`ar” devonida, “Saddi Iskandariy” dostonida bir qator musiqiy atamalar: ayolg`u, surud, bastakor, pardasoz, navosoz, nag`masoz, nag`mapardoz, ohangsoz, mug`anniy, mutrib, ohangnavoz, nag`maog`oz, nag`makash, ahli soz, ahli nag`ma singari terminlarni qo’llaganki, bu ham ulug` shoirning musiqa nazariyasi va amaliyotidan xabardor bo’lganligini tasdiqlab turadi. Mug`anniy urub changga zabonda jang, Navo chekkay “Hay-hay o’lan, jon o’lan”, – deb yozadi shoir. Bunda mug`anniy, chang, navo atamalari qo’llangan. “Hay-hay o’lan,jon o’lan” esa xalq qo’shig`ining dastlabki misrasi. Ya’ni shoir mug`anniy – ijrochining changda xalq qo’shig`ini kuylab berganligini e’tirof etadi. Sharq mutafakkirlari ijodida musiqa san’ati va uning bemisl qudrati haqidagi qarashlar nafaqat maxsus asarlarda, balki badiiy asarlar qatlarida ham ifoda etilgan. Ularda Sharq musiqa san’ati namoyandalari faoliyati, ularning cholg`u sozlariga munosabati, ijro etish mahorati kabi masalalar chuqur va atroflicha ochib berilgan. Jumladan, ulug` shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” qomusiy asari bu jihatdan ancha material bera oladi. Bobur tarixiy shaxslar haqida to’xtalar ekan, o’rni bilan o’sha davrdagi musiqa ahli nomlarini ham faxr bilan tilga oladi. Jumladan: “Ahli fazl va ahli hunarg`a Alisherbekcha, murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo’lmish bo’lg`ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxiy Noiy va Husayn Udiykim, sozda saromad edilar, bekning tarbiyat va takviyati bila muncha taraqqiy va shuhrat qildilar”[2, 179]. Bunda shoir Alisher Navoiyning murabbiyligi haqida gapirar ekan, Ustoz Qulmuhammad, Shayxiy Noiy, Husayn Udiy hirotlik musiqashunoslarni tilga oladi. Ularni tilga olish orqali, avvalo, musiqaga muhabbatini namoyish etadi, qolaversa, Navoiyning san’at ahlini qadrlaganligini ta’kidlaydi. Hirotlik bu san’atkorlarni Alisher Navoiy tarbiya etganligi, shuning uchun ular soz chalishda shuhrat qozonganliklarini ham alohida ta’kidlaydi. Bobur Alisher Navoiyning shoirlik iste’dodi va yaratgan asarlari haqida fikr yuritar ekan, yozadi: “Alisherbek naziri yo’q kishi edi….Yana musiqada yaxshi nimalar bog`labdi…” [2, 179] Bu ulug` mutafakkirning musiqani yaxshi tushunganini ko’rsatib turadi. Asar tazkira xarakterida bo’lganligi uchun, Bobur o’z davrida ijodkorlari haqida ma’lumot berar ekan, ularning musiqaga muhabbatini ham alohida fazilat sifatida e’tirof etadi. Jumladan, Binoiy xususida yozadi: “Yana Binoiy edi, hiriyliktur…Burunlar musiqiydin bexabar ekandur, bu jihattin Alisherbek ta’n qilur ekandur. Musiqiyda tavr ishlar bog`laptur, ul jumladin bir naqshi bor, «Nuhrang»ga mavsum. Bu to’qquz rangning tuganishi va naqshning yallosi «Rost»tadur”[2, 189]. Demak, Binoiy shoir bo’lishi CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 Download 472.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling