Alisher navoiy va boburning musiqaga oid qarashlari


Download 472.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana31.01.2023
Hajmi472.08 Kb.
#1146142
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
alisher-navoiy-va-boburning-musiqaga-oid-qarashlari

 
820 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
barobarida musiqaga ham qiziqqan. “Nuhrang” ga ohanglar bog`lagan, shundan “Rost” 
maqomidagi xizmatlari tilga olingan. 
Qul Muhammad Udiy o’z davrida musiqada shuhrat qozongan. Bu haqda 
“Boburnoma”da o’qiymiz: “Yana Qulmuhammad Udiy edi, g`ijjakni ham xo’b cholur 
edi. G`ijjakka bu uch qil taqti. Ahdi nag`madin va ahdi sozdin hech kim muncha ko’p va 
xo’b peshrav bog`lag`on emastur. Peshravdin o’zga ishlarda muncha emastur»[2 192].
Ya’ni Udiy g`ijjakni yaxshi chalgan va shu bilan shuhrat qozongan. U shu cholg`u 
asbobida uch xil kuy bastalalagan. 
Shayx Noiy ham o’z davrida, asosan, musiqa bilan shug`ullangan: “Yana Shayxiy 
Noiy edi, udni va g`ijjakni ham xo’b cholur ekandur. O’n ikki-O’n uch yoshidin beri 
nayni xo’b cholur ekandur. Bir navbat Badi’uzzamon mirzoning suhbatida bir ishni 
naydin xo’b chiqarur, Qulmuhammad g`ijjakta ul ishni chiqara olmas. Derkim, g`ijjak 
noqis sozdur. Shayxiy filhol Qulmuhammadning iligidin g`ijjakni olib, ul ishni g`ijjakta 
xo’b va poqiza cholur» [2, 192 ]. Shayx Noiy, Boburning yozishicha, nay chalishga usta 
bo’lgan, hatto Qulmuhammad g`ijjakda chiqara olmagan kuylarni u nayda chiroyli ijro eta 
olgan. 
Bobur yashagan davrda yashagan yana bir musiqachi Shohquli G`ijjakiydir. E’tibor 
berilsa, u davrda keyinroq ham musiqachilar taxalluslariga o’zlari chaladaigan cholg`u 
asbobi nomini ham qo’shganlar. Bundan ularning qaysi sozda mahoratli ekanliklari ifoda 
etilgan: «Yana Shohkuli G`ijjakiy edi, Iroqiydur. Xurosong`a kelib soz mashq qilib, 
taraqqiy kildi. Xeyli naqsh va peshrav va ishlar bog`labtur» [2, 192].
«Boburnoma»da yana o’qiymiz: «Yana Husayn Udiy edi. Udni mazaliq-mazaliq 
nimalar aytur edi. Udning torlarini yakka qilib bu cholibtur» [2, 192]. Keyingi 
musiqachining taxallusi ud cholg`u asbobi bilan bog`langan. Ma’lumki, ud ham qadimiy 
cholg`u sozlaridan bo’lib, undan, asosan, mahzun ohanglar taralgan. Boburning o’zi ham 
musiqani his etgani holda Husayn Udiyning ud chalish uslubini tushuntirib beradi. 
Bobur yana bir musiqachi haqida yozadi: «Yana musanniflardin G`ulom Shodiy 
edi, Shodiy xonandaning o’g`li edi, agarchi soz cholur edi, vale bu sozandalar chargasida 
cholmas edi. Yaxshi savtlari va naqshlari bor. Ul zamonda oncha naqsh va savt bog`lar 
kishi yuk edi» [2, 192]. G`ulom Shodiyning san’atkor oilasidan chiqqanligi, uning sozni 
sozandalar birga chalmasligi, o’z musiqa-kuylari borligi Bobur tomonidan ta’kidlangan. 
Boburning o’zi ham musiqaga juda qiziqqan. Bu haqda «Boburnoma»da o’qiymiz: 
«Necha mahal edi, mundoq nimalarg`a mashg`ulluq qilmaydur edim. Manga ham 
dag`dag`a bo’ldikim, bir nima bog`lagaymen. Bu taqrib bila «Chorgoh» savtini 
bog`ladim. Nechukkim, mahallida mazkur bo’lg`usidir» [2, 266]. Ulug` shoirning 
e’tiroficha, u bir muddat musiqa bilan shug`ullanmagan. Keyin esa u kuylar yaratishga 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 472.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling