Bolg`alashda ishlatiladigan bolg`alar reja: Bolg’alar Bolg`aning ish sikli
Download 467.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqbolgalashda ishlatiladigan bolgalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolg`aning ish sikli
Aim.Uz Bolg`alashda ishlatiladigan bolg`alar REJA: 1. Bolg’alar 2. Bolg`aning ish sikli 3. Bug`-havo bolg`alari Bolg’alar Bolg`alar zarb bilan ishlaydigan temirchilik mashinalariga kiradi. Ularda zagotovkani siqish bolg`aning harakatlanuvchi qismlari (muhra, baba, shtok, porshen) ning kinetik energiyasi E ta`sirida amalga oshiriladi. Ma`lumki: Bu yerda: t – harakatlanuvchi qismlarning massasi; - zarb paytidagi tezlik. E ni binobarin, bolg`alanish quvvatini oshirish uchun bolg`a xarakatlanuvchi qismlarning massasini va tezligini oshirish zarur. Agar ular dastlab H balandlikka ko`tarilib, keyin g tezlanish bilan pastga tushsa, u holda zarb paytidagi tezlik ga teng bo`ladi. H balandlik konstruktiv jihatdan cheklanganligi sababli harakatlanuvchi qismlarning tezlanishini oshirish maqsadga muofiqdir. Harakatlanuvchi qismlar siqilgan bug` yoki havoning bosimi P ta`sirida siljiydi, deb faraz qilaylik. Agar porshenli silindirning diametri d ga teng deb olsak, u holda va zarb energiyasi E ni ancha oshirish yoki bolg`aning balandligini kamaytirish mumkin. Bug` havo bolg`alrida muhraning tezligi 7…8 m/s ga yetadi. Amalda energiya E ning hammasini zagotovkani deformatsiyalashga sarflab bo`lmaydi, energiyaning bir qismi harakatlanuvchi qismlar urilganda va bolg`a asos (shabot) urilganda sapchib ketishga sarflanadi. Bolg`aning FIK ga tengligini ko`rsatish mumkin; Bu yerda: M – shabotning massasi; K- tiklanish koeffisienti, zagotovka materialning egiluvchanligini tavsiflaydi (po`lat uchun bog`lanish haroratida K-0,05…) M/(M-m) nisbat birga teng bo`lishi kerak. Bolg`alash bolg`alarida M/m=10…15. Bunda Bolg`aning ish sikli Bolg`aning ish sikli turlicha energiyaga ega bo`lgan boshqariladigan zarbalardan, ko`tarilishlardan, babani muallaq tutib turishdan va ravon pastga tushirishdan iborat. Bug`-havo bolg`alari 0,6-0,8 MPa bosimdagi bug` yoki havo bilan harakatga keltiriladi. Stoykalarni konstruksiyasiga qarab, bir stoykali, arkali ko`priqli bolg`alar bo`ladi. Uni tuzilishi 8-rasmda keltirilgan. Bug` yoki siqilgan havo zalotnik 1 orqali silindr 2 porshen 3 ning ostidan yoki ustidan beriladi. Porshen shtok 4 orqali baba 5 ga va yuqoriga muhra 6 bilan bog`langan. Pastki muhra 7 alohida poydevor 9 ga o`rnatilgan shabot 8 ga mahkamlangan. Download 467.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling