Yupqa pardasi oʻtaoʻtkazuvchanlik kritik haroratining hosilaviy qiymatlari haqida
Download 237.17 Kb.
|
maqola1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- Key words
YUPQA PARDASI OʻTAOʻTKAZUVCHANLIK KRITIK HARORATINING HOSILAVIY QIYMATLARI HAQIDAB.Ya.Yavidov fizika-matematika fanlari doktori, dotsent A.S.Jalekeshov tayanch doktarantura doktaranti I.Sh.Kabulov Nukus davlat pedagogika instituti magistranti Tayanch so‘zlar: kritik harorat, deformatsiya (bosim), Boze-Eynshteyn kondensatsiyasi. Ключевые слова: критическая температура, напряжение (давление), Бозе-Эйнштейновская конденсация. Key words: critical temperature, strain (pressure), Bose-Einstein condensation. 1.Kirish Organik birikmalardagi Yuqori haroratli oʻtaoʻtkazuvchanlik (YHO‘O‘) fikri 1950-yilda London tomonidan ilgari surilgan. Keyinchalik YHO‘O‘ hodisasi 1986-yilda K.A.Myuller va G.Bednorz tomonidan 30 K haroratda birikmasida kashf qilinadi [1]. Oradan koʻp vaqt oʻtmay P.Chu tomonidan 90 K dan yuqori oʻtaoʻtkazuvchanlik kritik harorati- ( ) ga ega Y-asoli kuprat sintez qilingan [2]. Hozirgi kungacha erishilgan eng yuqori rekord natija bu boʻlib, u kupratida yuqori gidrostatik (odatiy bosimda [3]) bosim ostida olingan. Bunday noodatiy yuqori- li oʻtaoʻtkazuvchanlikning mikroskopik kelib chiqishini aniqlash boʻyicha juda koʻplab nazariy va eksperimental tadqiqotlar olib borildi va hali ham olib borilmoqda. Olib borilayotgan izlanishlar natijasida yaratilgan nazariy modellar kupratlarning oʻtaoʻtkazuvchanligining barcha jihatlarini tushintirib bera olmaydi. (LSCO) eng oddiy kristall tuzilishga ega boʻlgan kupratlardandir. Shunga qaramay hatto uning ham toʻliq tushuntirilmagan. LSCO yupqa pardasining oʻtaoʻtkazuvchanlik xususiyatlari hajmiy namuna LSCO ning oʻtaoʻtkazuvchanlik xususiyatlaridan biroz farq qiladi. Dunyo olimlari tomonidan LSCO yupqa pardalarining oʻta oʻtkazuvchanligi boʻyicha bir qator maqolalar chop etilgan [4]. YHOʻOʻ likni oʻrganishda Kupratlardagi oʻtaoʻtkazuvchalik ni oʻrganish bilan birga ularning deformatsiya ( ) va bosim ( ) boʻyicha hosilalarini oʻrganish katta ahamiyatga ega. LSCO kupratlari uchun bunday oʻrganishlar [5-7] adabiyotlarda keltirilgan. Kupratlardagi anizatropiya sababli ulardagi bir oʻqli deformatsiyaning ga ta’siri biroz murakkab hisoblanadi [5]. Parda va taglik oʻrtasida panjara mos kelmasligi natijasida paydo boʻladigan deformatsiya asosiy roʻlni oʻynaydi [6]. Bundan tashqari Sr konsentratsiya- ham ning oʻzgarishiga oʻz xissasini qoʻshadi. Ishning keyingi qismida biz hisoblashlarni amalga oshirish modeli bilan tanishtiramiz. Download 237.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling