1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi


Download 1.49 Mb.
bet58/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 15-moddasining ikkinchi qismiga binoan mansabdor shaxs — bu mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tash- kilotda muayyan mansabni egallab turgan hamda rahbarlik, tash­ kiliy, farmoyish berish, tekshiruv-qazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog'liq boigan vazifalar yuklatilgan shaxs­ dir.
Mansabdor shaxslar: a) boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash; b) tabiiy muhitni; d) aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoida­ larga; e) bajarilishini ta’minlash o'z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog'liq ma’muriy huquq­ buzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Mansabdor shaxslar — ma’muriy javobgarlikning maxsus subyektlaridan biri boiib, ular tomonidan sodir etiladigan huquq­ buzarliklar turli ko'rinishlarda ifodalanishi mumkin: birinchidan — o'z xatti-harakatlari bilan o'matilgan umumaj- buriy qoidalami buzishlari (ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish­ lari); ikkinchidan — mansabdor shaxslaming o'z bo'ysinuvida boigan shaxslarga o'matilgan qoidalarga zid keladigan ko'rsatmalarni berishlari; uchinchidan — umumajburiy qoidalarga rioya qilishni ta’min­ lash mansabdor shaxsning xizmat vazifalariga taalluqli boisa, o'z bo'ysinuvida boigan shaxslar tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlamaganliklari. Mansabdor shaxs sifatida ma’muriy javobgarlikka tortish vaq­ tida, amaldagi qonunchilik talabiga ko'ra, quyidagilarni: a) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning korxona, muassasa yoki tashkilotda ma’lum bir lavozimni egallab tuigan- ligini; b) unga rahbarlik qilish, tashkiliy, farmoyish berish, tckshiiuv- nazorat qilish vazifalari yuklatilgan bo'lishini; d) unga moddiy boyliklar harakati bilan bog'liq vazifalar yuklatilgan bo'lishini aniqlash lozim.
Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy hu­ quqbuzarliklar, odatda ehtiyotsizlikda. ifodalanadi. Mansabdor shaxs, o'z harakatlarining zararli oqibatlarga olib kelishini pldindan ko'ra bilsa ham, lekin kaltabinlik bilan ulaming oldini olish mumkin deb o'ylaydi yoki bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini oldin­ dan ko'ra bilmaydi, holbuki bulami ko'ra bilishlari lozim. Man­ sabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar turli xildagi vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, mangabiga sovuqqonlik bilan qaraganligi natijasida sodir etilgan harakatsizliklarda ifodalangan boiishi mumkin.
Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik qasd­ dan sodir etilishi ham mumkin. Bu ayb shakli masalan, mansabini suiiste’mol qilishda ifodalanishi mumkin. Mansabdor shaxslaming ma’muriy huquqbuzarligi, ayni vaqt­ da, uning xizmat qoidalarini buzish, ya’ni intizomiy nojo'ya xatti- harakatni sodir etish ham hisoblanadi. Intizomiy nojo'ya xatti- harakat uchun mehnat qonunchiligida intizomiy javobgarlik (inti­ zomiy jazo choralari) nazarda tutilgan.
Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, bitta huquq­ buzarlik uchun faqatgina bitta javobgarlik chorasini qo'llash mum­ kin, ya’ni mansabdor shaxsning o'matilgan qoidalami buzishiga (huquqbuzarlikni sodir etishiga) nisbatan ikkita javobgarlikni qo'llash mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga binoan mansabdor shaxslarga nisbatan — jarima tariqa- sidagi ma’muriy jazo qo'llanilishi mumkin. Shu o'rinda ta’kidlab o'tish lozimki, mansabdor shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan jari­ ma miqdori, fuqarolarga qo'llaniladigan jarima miqdoridan oshiq belgilangan. Davlat xizmatchilari, shu jumladan, mansabdor shaxslaming javobgarligi to'g'risida batafsil tushunchalar, mazkur darslikning 10-bob 12-§ida yoritib berilgan.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling