1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni


Download 1.49 Mb.
bet54/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni
Har qanday huquqbuzarlik singari, ma’muriy huquqbuzarlik ham — huquqqa xilof aybli sodir etilgan qilmish hisoblanadi. Huquqbuzaming huquqqa xilof qilmishni sodir etishda aybi mavjud bo'lganida, uni javobgarlikka tortish mumkin bo'ladi. Ayib — bu sodir etilgan qilmishga nisbatan shaxsning ruhiy munosabatidir. Ayb ikki shaklda: qasd va ehtiyotsizlikda ifodalangan bo'lishi mum­ kin. Ayb — ma’muriy huquqbuzarlik subyektiv tomonining maj­ buriy xususiyati hisoblanadi. M a’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni — bu huquq­ buzarlik subyekti (jismoniy shaxs)ning huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik hamda uning oqibatlariga nisbatan ruhiy munosabati hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik aybning ikki shaklida ham. ya’ni qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodek- sining 11-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z harakati yoki harakatsizligi g'ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo'lsa, uning zararli oqibatlariga ko'zi yetgan, yuz berishini istagan bo'lsa yoki bu oqibatlaming kelib chiqishiga ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi. Masalan, O'zR MJtKning 61-moddasida mulkchilik shaklidan qat’i rfezar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o'g'ir- lash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish uchun ma’niuriy javobgarlik belgilangan. Ushbu qilmish qasddan sodir etiladi. huquqbuzar mol-mulkini o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish kabi harakatlaming huquqqa xilof ekanligini biladi, uni sodir etish orqali korxonaga zarar yetkazilishiga ko'zi etadi va uning yuz berishini istaydi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish ikki ko'rinishda bo'lishi mumkin: a) to'g'ri qasd, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z harakati yoki harakatsizligi g'ayrihuquqiy ekanligini biladi, uning zararli oqibatlariga ko ‘zi etadi va uning yuz berishini istaydr, b) egri qasd, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z harakati yoki harakatsizligi g'ayrihuquqiy ekanligini biladi, uning zararli oqibatlariga ko'zi yetadi va bu oqibatlaming kelib chiqishiga ongli ravishda yo 'I qo yadi.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 12-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko'ra bilgan bo'lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ulaming oldini olish mumkin deb o'ylagan bo'lsa, yoxud bunday oqibatlaming kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko'rishi lozim va mumkin bo'lgani holda oldindan ko'ra bilmagan bo'lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi: a) o'ziga ishonish — shaxsning o'z harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko'ra bilgan boisa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o'ylaydi; b) beparvolik — shaxsning qonunda ko'rsatilgan oqibatlaming kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko'ra bilishi lozim va mumkin bo'lgani holda ulami oldindan ko'ra bilmagani. Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik natijasida sodir etish­ dan aybsiz zarar keltirishni farqlash lozim. Aybsiz zarar keltirish javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining aksariyat moddalarida ayb shakllari to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatib o'tilmagan hamda ma’muriy javobgarlik ayb shaklidan qat’i nazar vujudga keladi. Masalan, 88-moddaga binoan qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog'ida yonilg'i moddalar va binokorlik materiallarini to'plash, maxsus texnik qurilmalarsiz ochiq alanga oldirib ulami yoqish, bitum eritishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik — qasddan so­ dir etilganmi yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilganmi, ma’muriy javobgarlikka asos boiadi.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining ayrim moddalarida qasd to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatib o'tilmagan bo'lsa ham, uning qasddan sodir etilganligi qilmishning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, 188-moddaga binoan voyaga yetmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql- idrokiga, irodasiga ta’sir qiladigan moddalar yoki vositalarni iste’­ mol etishga jalb qilish — faqat qasddan sodir etilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining ayrim moddalarida esa ayb shakllari aniq ko'rsatib o'tiladi. Masalan, 52-moddaning birinchi qismida ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish, ikkinchi qismida esa qasddan yengil tan jarohati yetkazish uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida ma’muriy huqubuzarlikning maqsad va motiv singari fakultativ belgilari ham nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Masalan, 141-moddaga binoan haydovchilaming korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi, ma’muriy javobgarlikni vujudga keltiradi. Bunday maqsadning bo'lmaganligi esa, javobgarlikka olib kelmaydi. Va aksincha, masalan, 56-moddaga binoan giyohvandlik vosita­ larini yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko ‘zlamay oz miqdorda g'ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish — ma’muriy javobgarlikka tortishga asos bo'ladi. Demak, shaxsning sodir etgan qilmishini ma’muriy huquq­ buzarlik sifatida tasniflash uchun birinchidan, ma’muriy huquqbu­ zarlikning yuridik xususiyatlari — huquqqa xiloflilik, aybning mav­ judligi, jazoga sazovorligi va ikkinchidan, yuridik tarkibi — ma’­ muriy huquqbuzarlikning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni mavjud bo'lishi kerak.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Ma’muriy javobgarlikni qo'llash asoslari.
2. Ma’muriy javobgarlikning huquqiy asosi.
3. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi.
4. Ma’muriy huquqbuzarlikning umumiy xususiyatlari.
5. Ma’muriy huquqbuzarlikning o'ziga xos xususiyatlari.
6. Ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyat.
7. Ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo'ya xatti-harakat.
8. Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi tushunchasi.
9. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti.
10. Ma’muriy huquqbuzarliknig obyektiv tomoni.
11. Ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti.
12. Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling