1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni — bu huquqqa xilof qilmishdir, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik, uning xususiyatlari, shuningdek, uni so dir etish (yoki sodir etmaganlik) sharoitlari hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomondan ikki ko'rinishga ega: birinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikni harakat natijasida sodir etish. Harakat — insonning faol xulq-atvori hisoblanadi. Aksariyat ma’muriy huquqbuzarliklar, obyektiv tomondan shaxs- larning harakati orqali sodir etiladi. Masalan, tuhmat, haqorat qilish, engil tan jarohati yetkazish, o'matilgan turli umummajburiy qoidalami buzishda ifodalangan huquqbuzarliklar — harakatlar natijasida sodir etiladi; ikkinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikning harakatsizlik natijasida kelib chiqishi. Harakatsizlik — insonning passiv xulq- atvori bo'lib, odatda, belgilangan vazifani, majburiyatni bajar maganlik yoki lozim darajada bajarmaganlikda ifodalanadi. Masa lan, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolaming murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqmaganlik, ota-onalarning bolalami tarbiya lash va ularga ta’lim berish boyicha majburiyatlarni bajarmaganlik, hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ifodalan gan huquqbuzarliklar — harakatsizlik natijasida kelib chiqadi. Huquqbuzarlikni sodir etish sharoitlari, ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomonining elementi sifatida, uni sodir etish vaqti va uslubini nazarda tutadi. Masalan, O'zR MJtKning 90-moddasi 2-qismida ov qilish qoidalarini buzishning shartlari, ya’ni tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki uslublar bilan ov qilish yoki baliq tutish ko'rsatib o'tilgan. , D.N.Baxraxning ko'rsatib o'tishicha, ma’myriy huquqbuzar likning obyektiv tomoni — huquq normalari bilan nazarda tutilgan, mazkur huquqbuzarlikning tashqi ko'rinishini ifodalaydigan xususiyatlar yig‘indisidir. Obyektiv tomon — qilmishni huquqbuzar tashqi xulq-atvorining ko'rinishi sifatida ifodalaydi. Obyektiv tomon xususiyatlariga: huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik va ulaming sodir etilishi bilan vujudga kelgan zararli oqibat kiradi. Masalan, transport vositalari haydovchilari tomonidan yo'l harakati qoidalarini buzish — harakat tezligini oshirish (harakat), yo'l belgi lariga rioya etmaslik (harakatsizlik)da ifodalanuvchi turli xatti- harakatlarda namoyon bo'ladi. Bunday qilmishlar natijasida: yo'l harakati xavfsizligiga xavf solinishi, boshqa yo'l harakati ishtirok chilarining harakatlanishiga halaqit berish, avariya holatini vujudga keltirish yoki yo'l-transport hodisalarini sodir etilishiga olib kelishi mumkin.1 Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomonining tarkibiy qismlariga, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik) va vujudga kelgan zararli oqibatdan tashqari, sodir etilgan qilmish va undan kelib chiqadigan zararli oqibat o'rtasidagi sababiy bog'lanshi ham kiradi. Bunday bog'lanishni aniqlash — zararli oqibatlaming kelib chiqishi sharoitlarini, zararli oqibatlaming aynan mana shu yoki boshqa qilmish oqibatida vujudga kelganligini, qilmishning vujudga kelgan oqibatlarga qay darajada ta’sir etganligini va bosh- qalami aniqlashga xizmat qiladi. Lekin ma’muriy huquqbuzarlikda sababiy bog'lanishni aniqlashga hojat yo'q, chunki qoida boyicha vujudga kelgan- zararli oqibatlar nomoddiy va odatda, ijtimoiy zarar yoki ijtimoiy xavfli ko'rinishida bo'ladi. Shu sababli, huquqqa xilof qilmish bilan uning oqibati o'rtasida sababiy bog'lanishning mav- judligiga shubha tug'ilmaydi. Ma’muriy huquqbuzarliklar ikki ko'rinishga: formal yoki mod diy tarkibli huquqbuzarliklarga bo'linadi. Moddiy zarar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi — formal tarkibli ma’muriy huquqbuzarlik deb ataladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar, jinoyatlardan farqli ravish da, aksariyat hollarda formal tarkibda bo'lib, uni sodir etish nati jasida moddiy zarar kelib chiqishi yoki kelib chiqmasligidan qat’iy nazar, javobgarlik nazarda tutiladi. Masalan, transport vositasi haydovchisi tomonidan harakat tezligini oshirish natijasida hech qanday moddiy zarar kelib chiqmagan bo'lishi mumkin, lekin bu harakatni sodir etish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, unga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo'llaniladi. Щ Formal tarkibli ma’muriy huquqbuzarliklardan tashqari, 0 ‘z bekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida bir necha moddiy tarkibli huquqbuzarliklar ham nazarda tutilgan. Bunday huquqbuzarliklami sodir etish natijasida moddiy zarar kelib chiqqan bo'lishi kerak. Masalan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o'z lashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish — moddiy tarkibli huquqbuzarlik hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlikning sodir etilganligini aniqlashda, qonun chiqaruvchi, huquqbuzarlik obyektiv tomonining boshqa xususiyatlarini ham nazarda tutishi mumkin. Jumladan, sodir etilgan qilmishni ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tasniflashda, ushbu qilmishning qaysi vaqtda sodir etilganligi muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Masalan, O'zR MJtKning 192-moddasida tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolaming osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo'shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turarjoylarning yoiaklari va eshiklarida, ko'chalarda ovozi baland qilib qo'yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, mag- nitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foyda lanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo'l- magani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa hara katlarni sodir etish uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Agar, mazkur xatti-harakatlar boshqa vaqtda (soat 06.00 dan 23.00 gacha) sodir etilgan bo'lsa, ushbu huquqbuzarlikning tarkibini vujudga keltirmaydi. Ayrim hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilashda, huquqbuzarlikni sodir etish joyini aniqlash zarur bo' ladi. Masalan, 0 ‘zR MJtKning 187-moddasida ko'chalarda, sta- dionlarda, hiyobonlarda, bog'larda, barcha turdagi jamoat trans portida hamda spirtli ichimliklarni quyib sotishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan boshqa jamoat joy- larida spirtli ichimlildar ichganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Mazkur moddada ko'rsatib o'tilgan joylardan tashqari, uyda yoki mehmonda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish ushbu modda boyicha javobgarlikni vujudga keltirmaydi. Huquqbuzarlikning qanday uslubda sodir etilganligi ham ma’ muriy huquqbuzarlikning tarkibini vujudga keltiruvchi xususiyat- lardan biridir. Masalan, O'zR MJtKning 183-moddasida mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so'zlar bilan so'kinish,fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolaming osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti- harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasd dan mensimaslik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, qonun chiqaruvchi, qilmishning — jamiyatga nisbatan yaqqol mensimaslik uslubida sodir etilishini ko'rsatib o'tadi. Ma’muriy huquqbuzarlikni takror an sodir etish — huquqbu zarlik obyektiv tomoni xususiyatlaridan biri bo'lib, ma’muriy jauvobgarlik to'g'risidagi qonunchilikning ko'pgina moddalarida nazarda tutilgan. Lekin amaldagi O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida takroran ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish tushunchasi berilmagan. Ma’muriy huquqbuzarlikni takroran sodir etish deganda, ma’muriy javob garlikka tortilgan shaxs tomonidan bir yil davomida turdosh (bir xil yoki o'xshash) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishni tushunish lozim. huquqbuzarlikni takroran sodir etish aybdor shaxsga nisbatan javobgarlik sanksiyalarida nazarda tutilgan og'irroq jazo chorasini qo'llashga sabab bo'ladi. Masalan, O'zR MJtKning 190- moddasiga binoan fohishalik bilan shug'ullanish — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, eng kam ish haqining uch baravaridan besh bar- varigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomoninining yuqorida ko'r satib o'tilgan xususiyatlari (qilmishni sodir etish vaqti, joyi, uslubi, takroran sodir etish va h.k.lar) barcha huquqbuzarliklarga ham xos emas, balki ular ma’muriy huquqbuzarlik tarkibining fakultativ belgilari hisoblanadi. Huquqbuzarlik tarkibining fakultativ belgilaridan farqli ravish da, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik, ularni sodir etishdan kelib chiqadigan zararli oqibat hamda zararli oqibat bilan qilmish o'rtasidagi sababiy bog'lanish — ma’muriy huquqbuzarlik tarkibining majburiy xususiyatlari hisoblanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling