40 yoshdagi burgutlarning changallari uzun va egiluvchan bo`ladi va ular bilan o`ljani ushlay olmaydi. Burgutning tumshug`i ham uzun va bukilgan bo`lib, u ovqatlanishga halaqit beradi. Qanot va patlari juda qalinlashib ketadi va uchishga halaqit beradi, chunki bu qalin patlar og`irliq qiladi. Bunday vaziyatda burgutning oldida ikki tanlov turadi: o`lim yoki uzoq 150 kunlik o`zgarish jarayonidan o`tishdir.
Burgut tog`da joylashgan o`z uyasiga uchadi va u erda tumshug`ini toshga uradi, tumshug`i sinib tushishi kerak… Keyin yangi tumshuq chiqishini kutadi, yangi tumshug`i bilan changallarini olib tashlaydi… Yangi changallar chiqqanda, burgut ular bilan qalin bo`lib ketgan patlarini olib tashlaydi… Shunday qilib, 5 oy og`riq va azobdan so`ng, yangi tumshuq, changal va patlari bilan qaytadan yangilanadi va yana 30 yil yashashi mumkin.
Ko`pincha, biz ham yashashda davom etishimiz uchun o`zgarishimiz kerak bo`ladi. Ba`zida ushbu jarayonda og`riq, qo`rquv va shubhalar bo`ladi. Biz ham ba`zida o`tmishdagi odatlar va an`analardan voz kechishga to`g`ri keladi. O`tmish yuklaridan qutila olsakgina, undan so`ng o`zgarishga va yangi hayotda yashashga imkoniyat yaratiladi.
Esda tuting, o`zgarish bu kunlik harakat qilishdir, chunki hech kim bir kunda o`zgarib qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |