1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni 5. Ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti 6. Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni
12-Mavzu:Ma’muriy huquqbuzarlik
Reja: 1. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi va yuridik xususiyatlari 2. Ma’muriy huquqbuzarlikning o'ziga xos xususiyatlari 3. Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi tushunchasi 4. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni 5. Ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti 6. Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi va yuridik xususiyatlari Aksariyat yuridik adabiyotlarda ma’muriy javobgarlikni qo'l- lashning ikki asosi ko‘rsatib o'tilgan: birinchidan, qonun — huquqiy (normativ) asosi sifatida; ikkinchidan, ma’muriy nojo'ya xatti- harakat (huquqbuzarlik) — faktik asosi sifatida. Huquqshunos olim D.N.Baxraxning ko'rsatib o'tishicha, har qanday yuridik javobgarlik asosi uchga bo'linadi: a) normativ asos (uni tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimi); b) faktik asos (huquq subyektlarining huquqqa xilof qilmishi); d) protsessual asos (aniq subyektlarga nisbatan sanksiyalami qo'llash boyicha hoki miyat subyektlarining aktlari).1 Bizningcha, D.N.Baxrax tomonidan ko'rsatib o'tilgan javob- garlikning normativ asosi bilan prosessual asosi aynan bir maz- munga ega. Protsessual aktlami alohida kategoriya sifatida ko'rsatib o'tishga hojat yo'q. Chunki protsessual aktlar normativ aktlaming bir ko'rinishi, tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli, ma’muriy javobgarlikni qo'llashning asosini ikki yo'nalishda ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ma’muriy javobgarlikning bu ikkala asosi ham O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida o'z ifodasini topgan. Jumladan, O'z bekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodek- sining 1-moddasida ma’muriy javobgarlikning huquqiy (normativ) asosi mustahkamlab qo'yilgan (Qarang, mazkur darslikning 21-bob. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 10-moddasiga binoan esa ma’muriy huquqbuzarlik deganda (faktik asosi) — qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolaming hu quqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g'ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Huquq nazariyasiga ko'ra, har qanday yuridik javobgarlikning asosini — qonunga xilof, aybli qilmish (harakat yoki harakatsizlik), ya’ni huquqbuzarlik tashkil etadi. Huquqbuzarliklar o'zining maz muni, yuridik xususiyatlari va tarkibiga ega bo‘lib, turli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Huquqbuzarlik ijtimoiy ma’noda, fuqarolar, jamiyat huquqlari va qonuniy manfaatlariga xavfni vujudga keltiruvchi xulq-atvor bo'lib, u ijtimoiy munosabatlaming rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va ulaming buzilishiga olib keladi. Huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan xulq-atvor bo'lib, uning natijasida jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga moddiy yoki ma’naviy zarar yetkaziladi. Huquqbuzarlik — o'matilgan xulq-atvor qoidalarining buzilishida ifodalanadi. Davlat boshqaruvi sohasida sodir etiladigan va ko'p uchray digan huquqbuzarlik ko'rinishlaridan biri — bu ma’muriy huquqbu- zariikdSx. Ma’muriy huquqbuzarlikning mazmuni — amaldagi qonunchi- ligimizda aniq ko'rsatib o'tilgan bo'lib, quyidagi umumiy xu susiyatlarga egadir: birinchidan — ma’muriy huquqbuzarlik — ijtimoiy zararli hi soblanadi, ya’ni ularning sodir etilishi bilan jamiyat va fuqarolar- ning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ma’lum bir moddiy va ma’naviy zarar yetkaziladi; ikkinchidan — ma’muriy huquqbuzarlik — ma’muriy huquqqa xilof hisoblanadi, ya’ni bunday xatti-harakatlami sodir etish qonun hujjatlari bilan to'g'ridan-to'g'ri taqiqlangan. Ayrim hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik ma’muriy-huquqiy normalami buzish ma’nosida talqin qilinadi. Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, ma’muriy-huquqiy normalar turli ko'rinishga ega, masalan, namunali xulq-atvor qoidalarini o'ma tuvchi — tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy normalar va bu qoidalarning buzilishi uchun javobgarlikni o'matuvchi — muhofaza etuvchi ma’muriy-huquqiy normalar. < Huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda, odatda, uch ko'ri nishdagi: intizomiy, ma’muriy va jinoiy jazo sanksiyalaridan foy-dalaniladi. Mazkur sanksiyalar barcha huquq tarmoqlarida muho faza qilish vazifasini bajaradi. Masalan, ma’muriy javobgarlik kons titutsiyaviy, moliya, mehnat, fuqarolik, yer va boshqa huquq tar- moqlarining tartibga soluvchi normalarini muhofaza qilish maqsa dida qoilaniladi. Shu sababli, ma’muriy huquqbuzarlik umumiy ma’muriy-hu quqiy normalar buzilishi sifatida emas, balki aniq — tartibga soluv chi normalar buzilishi sifatida talqin qilinishi lozim; uchinchidan — ma’muriy huquqbuzarlik — bu qilmishdir. Ma’muriy huquqbuzarlik — bir yoki bir necha insonlaming ongli va irodali harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi; to'rtinchidan — ma’muriy huquqbuzarlik — jismoniy shaxs totnonidan sodir etiladigan qilmishdir. 0 ‘zbekiston Respubli kasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga binoan ma’ muriy huquqbuzarlikning subyekti sifatida faqatgina jismoniy shaxs lar namoyon boiishi mumkin (qurilish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklaming subyekti sifatida yuridik shaxslarmng na moyon boiishi mazkur darslikning 21-bob 7-§da yoritib berilgan); beshinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikda — aybning mavjud ligi, ya ni ma’muriy huquqbuzarlik — qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan ongli, irodali qilmish hisoblanadi. Yuridik adabiyotlarda, ikki termin — «huquqbuzarlik» va «buzish» tushunchalari qoilaniladi. Buzish — huquq normalari talablarini buzilishini yoki unga rioya etilmaganlikni anglatadi. U huquqbuzarlikdan farqli ravishda, tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi ma’muriy-huquqiy normalaming buzilishida namoyon boiadi. Bunday xatti-harakatlar muomalaga layoqatsiz, aqli noraso, o‘z harakatlarining oqibatini tushuna olmaydigan shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkinligini e’tiborga oladigan boisak, aybsiz hisoblanadi. Huquqbuzarlik esa — huquqqa xilof, aybli qil mishdir; oltinchidan — ma’muriy huquqbuzarlik — jazoga sazovor qil mishdir. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 10-moddasining 1-qismiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik deganda — qonun hujjatlariga binoan ma ’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qilmish tushuniladi. Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonun hujjatlarida javob garlik, nazarda tutilgan taqdirdagina, bunday xatti-harakatlar hu quqbuzarlik sifatida e’tirof etilishi mumkin. Javobgarlikka tortish — huquqbuzarlikning asosiy xususiyatlaridan biridir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 10-moddasining 2-qismiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o'z xusu siyatiga ko'ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo'lmagan taq dirda, amalga oshiriladi. Lekin jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo'ladigan holatlar mazkur kodeksda nazarda tutilmagan. Faqat gina, kodeksning 271-moddasi 8-bandida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan jinoyaiy ish qo'z- g'atilgan bo'lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilangan. Sodir etilgan qilmish bir vaqtning o'zida jinoyat va huquq buzarlik bo'lishi mumkin emas. Eski qonun hujjatida ham, yangi qonun hujjatida ham jinoyatning ustunligiga e’tibor berilgan. Sodir etilgan qilmish jinoyatning va ma’muriy huquqbuzarlikning xusu siyatlariga ega bo'lsa, bu qilmish ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tan olinishi mumkin emas. Huquqshunos bu holatni hamma vaqt esda saqlashi lozim. Bundan tashqari. yuridik adabiyotlarda «huquqbuzarlik» va «nojo'ya xatti-harakat» terminlari ko'rsatib o'tilgan. Bu terminlar mazmuni va xususiyatlari jihatidan o'xshab ketadi. Lekin huquq buzarlik keng tushuncha bo'lib, huquq nazariyasiga binoan, barcha huquqbuzarliklar jinoyat yoki nojo'ya xatti-harakat sifatida na moyon bo'lishi mumkin. Ma’muriy, intizomiy huquqbuzarliklar — ma’muriv, intizomiy nojo'ya xatti-harakat sifatida namoyon bo' ladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling