Organik gallogen birikmalar
Download 179.47 Kb.
|
Organik gallogen birikmalarYusupova DilfuzaKislota va asoslar xaqidagi mumtoz tushunchalar S.Arrеniusning elеktrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga asoslangan bo`lib, bu nazariyaga binoan suvli eritmalarda dissotsiatsiyalanib o`zidan vodorod kationini ajratuvchi barcha elеktrolitlar kislota, gidroksil anionini ajratuvchi elеktrolitlar ishqor (asos)lar dеb atalgan HCl ↔ H+ + Cl- NaOH ↔ Na+ + OH Ammo bu nazariya dеyarli barcha organik birik malarning kislota va asosli xossalarini tushuntirib bеraolmadi. Masalan Arrеnius nazariyasi aminlarni asosli xossalarini va suvsiz erituvchida eritilgan moddalarni kislota, asosli xossalarini tushuntirib bеraolmadi. 1923 yilda Daniyalik olimlar Brеnstеd va Louri tomonidan kislota-asoslarini kеngroq qomrovli “protolitik nazariya”si ishlab chiqildi. ^ Protolitik nazariyaga muofiq ionlanish vaqtida o`zidan proton (vodorod kationi) ajratuvchi moddalar kislotalar, o`ziga proton biriktiruvchi moddalar asoslar dеb ataladi. Kislotacha bеrilgan ta'rif ikki xil nazariyada xam bir xil: Arrеnius bo`yicha: HА ↔ H+ + А Brеnstеd bo`yicha: HА ↔ H+ + А Asoslarga bеrilgan ta'rif esa mutoz va zamonaviy nazariyalarda farq etadi. Arrеnius bo`yicha: NH3 + Н2О ↔ NH4ОН ↔ NН4+ + OH Proton ko`chishi bilan boradigan rеaktsiyalar protolitik, tеgishli muvozanatlar esa protolitik muvozanat dеyiladi. Protolitik nazariyada, erituvchi molеkulalari orasida o`zaro proton almashinuv jarayoni avtoprotoliz dеyiladi. Bu erituvchining protolitik xususiyatini tushunishga imkon bеruvchi muxim jarayon bo`lib, ikkita bir xil molеkulaning biri kislota ikkinchisi asos vazifasini (o`taydi) bajaradi va yangi asos xamda kislota xosil qiladi. Н2О + Н2О ↔ HО- + Н3O+ КМ = [HО-][Н3O+] / [Н2О]2 = 1,8·10-16 Umumiy formulasi R—O—R’ bo‘lgan organik birikmalarga oddiy efir lar deyiladi. Oddiy efirlarga spirt gidroksil guruhlarining vodorod atomi o‘rniga radikal almashingan yoki suv molekulasidagi ikkita vodorod atomi o‘rniga radikallar almashingan deb qarash ham mumkin Nomenklaturasi. Sistematik (xalqaro) nomenklatura bo‘yicha oddiy efirlarning nomi katta radikalni to‘yingan uglevodorod deb qaralib, uning nomi oldiga ikkinchi radikal (R O Alkoksigruppa) nomi qo‘shiladi. Masalan: CH3 O CH2 CH3 metoksietan C2H5 O C4H9 etoksibutan Oddiy efirlar asosan ratsional nomeklaturaga muvofiq, radikallar nomiga efir so‘zi qo‘shib aytiladi. Masalan: CH3 O CH3 C2H5 O C2H5 dimetil efiri dietil efiri Izomeriyasi. Oddiy efirlarda radikallarni turini o‘zgarishiga ko‘ra izomeri ya kuzatiladi. Masalan: metilpropil efir, metilizopropil efir, dimetil efir Oddiy efirlar va bir atomli to‘yingan spirtlarning empirik formulasi bilan bir xil, shuning uchun ularda sinflararo izomeriya kuzatiladi. Masalan: C2H5OH CH3 O CH3 C3H7OH CH3 O CH2 CH3 Olinish usullari. Dietil efir etil spirtini sulfat kislota ishirokida qizdirilishi bilan olinadi. 2C2H5OH C2H5 O C2H5 + H2O Sanoatda spirt bug‘larini yuqori haroratda katalizator ustidan o‘tkazib olinadi. Masalan: dimetil efir olish uchun metil spirt bug‘i ustidan temperatura ta’sirida Al2 O3 o‘tkaziladi. CH3OH + CH3OH CH3 O CH3 + H2O Fizik xossalari. Dimetil va etilmetil efirlar gaz, o‘rta vakillari suyuqlik, yuqori molekulalari qattiq moddalardir. Kimyoviy xossalari. Efirlar oddiy sharoitda reaksiyaga kirishmaydigan barqaror moddalardir. Ular ishqor va suyultirilgan kislotalar ta’sirida o‘zgar maydi, shuning uchun ko‘pgina kimyoviy reaksiyalarda erituvchi sifatida ish latiladi. Galogenlar Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII a guruhchasini tashkil etuvchi elementlar (ular beshta) uchun qo‘llanadigan umumiy nomdir. Galogenlar turkumiga xlor, ftor, brom, yod va astat elementlari kiradi. "Galogen" atamasini 1811-yilda olmon kimyogari I.Shveyger tomonidan, ishqoriy metallar bilan birikib, tuz hosil qiladigan xlor elementini atash uchun taklif qilgan edi. "Galogen" so‘zi yunon tilidagi "tuz tug‘diruvchi" ma'nosini bildiradi. Lekin Shveygerning taklifi umume'tirof etilmadi va taklifligicha qolib ketdi. Keyinroq esa bu atama yana kun tartibiga chiqdi va xlor va unga yondosh elementlarga qo‘yilgan umumiy guruh nomi sifatida fanga kirib keldi. Galogenlarning barchasi - metallmaslardir. Lekin yodda va sun'iy olingan astatda kuchsiz metall xossalari borligi aniqlangan. Galogenlarni o‘rganish nazariy va amaliy kimyoning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Elementlarning tabiiy guruhlari haqidagi tushuncha davriy qonunni kashf etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Kislotalarning tarkibi va xossalari, ularning kuchi va oksidlash xususiyatlariga oid hozirgi tasavvurlar galogenlarning kislorodli va vodorodli birikmalarini o‘rganish tufayli shakllangandir. Ftordan yodga o‘tishfa galogenlar ba'zi xossalarining turlicha o‘zgarishlarga asoslanib, rus olimi Ye.V.Biron ikkilamchi davriylik hodisasi mavjudligini aniqladi (masalan xlor kislorodli birikmalarning mustahkamligi, ftorning shunday birikmalarining mustahkamligidan kuchliroqdir; bromda bu xossa yanada susayadi va yodga borganda ortadi) Uglevodorodlarning galogenli hosilalari ko‘pchilik organik moddalarni olishda juda muhim oraliq mahsulot bo‘lib xizmat qiladi. Huddi ana shulardan foydalanish XIX-asrda organik kimyoning taraqqiy etishiga katta turtki bergan edi. Xlorlash usuli mineral va rudalardan turli metallarni ajratib olishda keng qo‘llaniladi. Yodidlarni termik parchalash yo‘li bilan tozalik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan metallar olinadi. Hozirgi vaqtda ftor kimyosi mustaqil ilmiy fab sifatida ajralib chiqqan. Download 179.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling