1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy javobgarlik tushunchasi
Ma’muriy javobgarlik — yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Bir vaqtning o'zida, ma’muriy javobgarlik ma’muriy- huquqiy majburlovning ko'rinishi bo'lib, uning barcha xususiyat lariga egadir. Ma’muriy javobgarlikka yuridik javobgarlikning barcha xusu siyatlari ham xosdir. U huquqiy normalar asosida o'matiladi, shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo'llaniladi va vako latli davlat oiganlari (mansabdor shaxslar) tomonidan o'matilgan- protsessual tartibda huquqiy normalarda nazarda tutilgan sank siyalami qo'llashda ifodalanadi. Ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘pgina huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo'lib, ularning aksariyati bu masalaga deyarli bir xilda yondoshgan: ma’muriy javobgarlik — bu ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat oiganlari va man sabdor shaxslar tomonidan ma’muriy-protsessual tartibda ma’muriy jazoni qo'llashdir.1 A.PAlyoxin ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlariga ega ekanligi bilan bir qatorda, quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ham ko'rsatib o'tadi: birinchidan, ma’muriy javobgarlik qonunlar bilan ham, qonu nosti hujjatlari bilan ham o'matiladi, ya’ni u o'zining normativ- huquqiy asosiga egadir. Jinoiy javobgarlik — faqat qonunlar bilan, intizomiy javobgarlik — qonun va qonunosti hujjat-lari bilan, moddiy javobgarlik — mehnat va fuqarolik qonunchiligi bilan belgi lanadi; ikkinchidan, ma’muriy javobgarlikning asosi bo'lib — ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi (qonun buzilishi va nojo'ya xatti-harakat qo'rinisliida). Jinoiy javobgarlikda — jinoyat, intizomiy javobgar- likda — intizomiy nojo'ya xatti-harakat, moddiy javobgarlikda — moddiy zarar yetkazish hisoblanadi; uchinchidan, ma’muriy javobgarlik subyekti sifatida fuqarolar, mansabdor shaxslar va yuridik shaxslar2 namoyon bo'ladi. Jinoiy javobgarlikda — fuqarolar va mansabdor shaxslar, intizomiy javob- gariikda — xodim (jamoa subyektlarining intizomiy javobgarligi yuridik adabiyotlarda munozarali bo'lib kelmoqda), moddiy javob garlikda — xodim (mehnat qonunchiligi boyicha), yuridik va jismoniy shaxslar (fuqarolik qonunchiligi boyicha) subyekt bo'lishi mumkin; to ‘ninchidan, ma’muriy. huquqbuzarliklar uchun — ma’muriy jazo choralari qo'llaniladi. Jinoyat uchun — jinoiy jazo, intizomiy nojo'ya xatti-harakat uchun — intizomiy jazo, moddiy zarar yetkazish uchun — mulkiy jazo qo'llaniladi; beshinchidan, ma’muriy javobgarlik qonun hujjatlariga binoan keng doiradagi davlat oiganlari (mansabdor shaxslar) tomonidan qo'llaniladi. Jinoiy javobgarlik — sud organlari tomonidan, inti zomiy javobgarlik — yuqori turuvchi davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan, moddiy javobgarlik — sud organlari tomonidan qo'llaniladi; oltinchidan, ma’muriy javobgarlik sudlanganlik holatini yoki ishdan bo'shatishni vujudga keltirmaydi, jinoiy javobgarlikda — sudlanganlik vujudga keladi, intizomiyda — ishdan bo'shatish mumkin; yettinchidan, ma’muriy javobgarlikni qo'llash uchun, bo'ysu- nuvning boiishi shart emas, intizomiy javobgarlikni qo'llashda esa bo'ysinuv mavjud bo'ladi.1 Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy javobgarlikka jazolash funksiyasi xos boiib, umumiy va individual ogohlantirish aha- miyatiga ega.2 Ma’muriy javobgarlik barcha fuqarolar uchun tatbiq qilina digan umummajburiy qoidalami buzganlik yoki rioya etmaganlik uchun qo'llaniladi. Ular turli-tuman ko'rinishlarga ega boiib, o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, davlat va jamoat tartibi va xavfsizligi; tabiatni muhofaza qilish; mulkchilik; standartlashtirish; statistika va hisob-kitob; harakatlanish xavfsizligi va transport vosi talaridan foydalanish; harbiy ro'yxat; chegara tartibi; kontraban- daga qarshi kurash; valuta muomalasi va boshqa qoidalar. Umum majburiy qoidalar turli vakolatli ijro hokimiyati organlari tomo nidan o'matiladi. Ma’muriy javobgarlik, odatda, ma’muriy-huquqiy normalar ning talablari buzilgan taqdirda vujudga keladi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik, ma’muriy javobgarlikning mehnat, moliya, yer, hatto konstitutsiyaviy huquq normalarining buzilishi uchun ham qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu o'z navbatida, ma’ muriy javobgarlikning sohalararo ahamiyatga ega ekanligidan dalo lat beradi. O'zbekiston Respublikasida ma’muriy javobgarlik masalalari huquqshunos olimlar Alimov X.R., Stasko V.N., Li A.A., Xvan L.B. va boshqalaming ishlarida tadqiq qilingan. Jumladan, Alimov X.R.ning ko'rsatishicha, ma’muriy javobgarlik — ommaviy-huquqiy tabiatga ega boiib, davlat oldidagi javobgarlik hisoblanadi. Bu —xizmat boyicha bo‘ysunmagan, aybdorlaiga nisbatan davlat organ lari tomonidan qo'llaniladigan davlat oldidagi javobgarlikdir.1 Odatda, javobgarlik turlari deganda, uning tarkibiy tuzilishiga kiruvchi jazo choralari nazarda tutiladi. Lekin bu ikkala < Ma’muriy javobgarlikning bunday turlarga bo'linishi shartli hisoblanadi. Ba’zi huquqshunos olimlar, ma’muriy javobgarlik turlari sifatida jazo choralarini, ba’zi birlari, javobgarlik turlarini turli asoslaiga qarab bo'linishini (yuqorida ko'rib chiqqanimizdek), uchinchilari esa ma’muriy javobgarlik turlariga umuman to'xtalib o'tmagan. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga asoslanib, ma’muriy javobgarlikning huquqbuzarlik sub yektlariga ko'ra, quyidagi turlarini ko'rsatib o'tishimiz mumkin: 1) voyaga yetmaganlaming ma’muriy javobgarligi; 2) mansabdor shaxslaming ma’muriy javobgarligi; 3) xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslaming ma’muriy javobgarligi; 4) xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslaming ma’ muriy javobgarligi. Ko‘p yillar davomida, ma’muriy javobgarlikning huquqbuzar- liklarga qarshi kurashishda tutgan o‘mi oshib bordi. Oxirgi vaqt- larda esa u yanada faol namoyon bo'la boshladi. Ma’muriy javob garlik boshqaruv sohasida davlatning jazo sanksiyalarini qo'llash ning asosiy shakliga aylandi. Ma’muriy javobgarlik, o'zining normativ-huquqiy bazasiga ega bo'lib, hozirgi jarayonda u takomillashtirilmoqda. Yangi loyihada ma’muriy javobgarlikni tartibga soluvchi qonun hujjati, ma’muriy jarayonni tartibga soluvchi yangi qonun hujjati ishlab chiqilmoqda. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling