Yo`ldashev Rustam Jinoyat va jazo bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Jazo – sodir etilgan jinoyatga nisbatan davlatning tabiiy munosabati. Jazo jinoyat tushunchasining majburiy alomatidir. - Jinoyat va jazo bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Jazo – sodir etilgan jinoyatga nisbatan davlatning tabiiy munosabati. Jazo jinoyat tushunchasining majburiy alomatidir.
- Jinoiy jazo bu jinoyat-huquqiy normada ifodalangan va sud tomonidan, faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan davlat majburlov chorasidir.
Jazo tizimi
asosiy
Qo`shimcha
Jarima
Majburiy jamoat ishlari
Xizmat bo‘yicha cheklash
Intizomiy qismga jo‘natish
Muayyan huquqdan mahrum qilish
Axloq tuzatish ishlari
Ozodlikni cheklash
Ozodlikdan mahrum
qilish
Muayyan huquqdan mahrum qilish
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
Jazoning muhim funksiyalaridan biri – jinoyat sodir etgan shaxsni jazo qo‘llash orqali ogohlantirish. - Jazo tayinlash – jinoyat ishi bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishning hal qiluvchi jihatidir. Sud tanlaydigan jazo sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini ko‘rsatuvchi haqiqiy mezon, shuningdek aybdorning axloqan tuzalishiga yordam beruvchi eng qisqa yo‘l, mahkum va boshqa shaxslarning boshqa jinoyatlar sodir etishining oldini olishga imkon beruvchi amaliy vosita bo‘lishi kerak.
Sudning jazo tayinlash borasidagi faoliyati – qonunga asoslangan faoliyatdir. Jinoyat qonuniga, sudlanuvchining jinoiy harakatlarini aniq baholash va qonunda belgilangan sanktsiyalarga og‘ishmay amal qilish – sudning jazoni to‘g‘ri tayinlashi uchun zarur bo‘lgan majburiy shartidir. - Sudning jazo tayinlash borasidagi faoliyati – qonunga asoslangan faoliyatdir. Jinoyat qonuniga, sudlanuvchining jinoiy harakatlarini aniq baholash va qonunda belgilangan sanktsiyalarga og‘ishmay amal qilish – sudning jazoni to‘g‘ri tayinlashi uchun zarur bo‘lgan majburiy shartidir.
- Jazo tayinlashning umumiy asoslari deganda muayyan qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlashda e’tiborga olinadigan jinoyat va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar hamda ushbu shaxsni aybini og‘irlashtiruvchi, yengillashtiruvchi, jinoyat sodir etish usuli, motivi, yetkazilgan zarar miqdori, hajmi, qilmishning xavflilik darajasi, xususiyati va boshqa holatlarning majmui tushuniladi.
Jinoyatchilikning oldini olishda jazoning og‘irligi emas, balki uning muqarrarligi ko‘proq ahamiyatga ega, ya’ni shaxs sodir etishi ehtimol bo‘lgan jinoyati uchun jazo borligini emas, balki jinoiy qilmishning jazosiz qolmasligini anglashi lozim. - Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
Jazo muddatlarini hisoblash (JKning 63-moddasi) - Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qo‘shish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi.
Jazo muddati oy va yillarda hisoblaganda, jazo muddati hukm kuchga kirgan kundan boshlanib, keyingi yilning o‘sha sanasidan bir kun oldin tugaydi - Majburiy jamoat ishlarining muddati bir kuniga 4 soatdan oshmasligi kerak va mahkum o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa, ish yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda o‘taladi. Jazo 120 soatdan 480 soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining 4 soatini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilishning 1 kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ushbu jazolardan biriga almashtiradi.
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to‘la o‘tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddatini to‘la yoki qisman qo‘shadi. - Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to‘la o‘tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddatini to‘la yoki qisman qo‘shadi.
- Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |