1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu-maruza-matni.
affillangan shaxsi
davlat xaridlari bo‘yicha savdolarda bitta lotda ishtirok etishiga cheklov belgilandi. Bu bilan nosog‘lom raqobatning oldi olinishi nazarda tutilgan. Yana bir muhim jihat – davlat xaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari va davlat xaridlari ijrochilariga o‘zlarining ta’sischilari va benefitsiar mulkdorlarini ochiqlash majburiyati yuklatildi. Qonunning qabul qilinganligi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz natijalarini yaxshilash, iqtisodiyotni yanada modernizatsiyalash bo‘yicha davlat investitsiya dasturlarini samarali amalga oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkonini yanada oshiradi. Qonunda boshqa tushunchalar bilan birga quyidagi asosiy tushunchalarga ham ta’rif beriladi: benefitsiar mulkdor — pirovardida mulk huquqlariga egalik qiladigan yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs; boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion — davlat xaridlari elektron tizimining maxsus platformasida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli bo‘lib, uni tashkil etish chog‘ida narx g‘olibni aniqlashning yagona mezoni bo‘ladi; davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs; davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta’minlash jarayoni; davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnoma — davlat buyurtmachisi va davlat xaridlarining ijrochisi o‘rtasidagi davlat xaridlari bo‘yicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv; davlat xaridlarining sub’ektlari — davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib- taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot va ekspert, ekspert tashkiloti; Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling