1-mavzu. Davlat xaridlari jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana03.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1155028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-mavzu-maruza-matni.

eng yaxshi takliflarni tanlash — xarid qilish tartib-taomillarining bir nechta 
ishtirokchisidan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat xaridlarini amalga 
oshirishning raqobatli usuli; 
g‘olib — xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga ko‘ra taklifi eng maqbul deb 
topilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi. 
Shuningdek 
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplarining ayrimlari tahrir 
qilindi: 
kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik (davlat buyurtmachisining kasbiy 
mahorati
)

asoslanganlik; 
moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va 
samaradorligi; 
ochiqlik va shaffoflik; 
raqobat va xolislik(tortishuv va xolislik); 
mutanosiblik; 
davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi; 
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik. 
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha 
bosqichlarida qo‘llanilishi kerak. 
Kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik prinsipi-davlat buyurtmachisi, davlat 
xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot mas’ul shaxslarining 
kasbiy mahorati tegishli bo‘linmalar xodimlariga nisbatan soha bo‘yicha ma’lumoti 
bo‘lishi, malakasini muntazam ravishda oshirishi, bosqichma-bosqich amaliy 
tajribaga ega bo‘lib borishi va kasbiy faoliyati to‘g‘risidagi talablarni belgilash yo‘li 
bilan ta’minlanadi. 
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish 
uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni belgilashi shart. 
Kasbiy mahoratga ega bo‘lish maqsadida xarid qilish tartib-taomillarini 
tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning malakasini muntazam 



ravishda oshirib borish davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan 
o‘qitishni tashkil etish orqali ta’minlanadi. 
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomilini 
tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs bajariladigan vazifalardan 
chetlashtirilishi lozim. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling