1-Mavzu: Defektologiyaga kirish,defektologiyaning rivojlanishi


Download 45.46 Kb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1206528
  1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu maxsus pedeagogika

1-Mavzu:Defektologiyaga kirish,defektologiyaning rivojlanishi.

Reja:

1-Defektologiya kirish.

2-Defektologiyaning pedagogika bilan aloqasi.

3-Defektologiyaning rivojlanishi.

4-Tibbiyot defektologiya va pedagogika muammosi sifatida.

1-Defektologiya kirish.

  • Defektologiya (lot. defectus -nuqson va ...logiya-fan) — jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini oʻrganish, ularga maxsus taʼlim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yoʻqota borish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Koʻr va koʻzi ojiz, kar va qulogʻi ogʻir, aqli zaif, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bor, nutq kamchiligiga ega boʻlgan bolalar Defektologiya fani obʼyektidir. Shunga koʻra Defektoloya fani 4 alohida sohaga boʻlinadi: surdopedagogika (kar va qulogʻi ogʻir bolalarni oʻqitish, tarbiyalash usullarini oʻrganadi), tiflopedagogika (koʻr va koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish va tarbiyalash masalalarini tadqiq etadi), oligofrenopedagogika (akli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash qonuniyatlarini ishlab chiqadi), logopediya (nutq kamchiliklari boʻlgan bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti bilan shugʻullanadi). Dastlab surdopedagogika va tiflopedagogika paydo boʻlgan 1770-yil karlar uchun Ispaniyada, 1784-yil koʻrlar uchun Parijda maxsus muassasa ochilgan.

Keyinchalik logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamchiligi bor bolalarning ruhiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi maxsus psixologiya, shuningdek, taʼlimtarbiya berish, nuqsonlarni tuzatish, tiklash vositalarini ishlab chiquvchi surdotexnika va tiflotexnika ham defektologiyaga kiradi. Defektologiya,anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya, eshitish, koʻrish va nutq pa-tologiyasi, maktab gigiyenasi, umumiy va pedagogik psixologiya, , tilshunoslik, bolalar psixologiyasi va boshqalar, fanlar bilan uzviy bogʻlangan. Defektologiyaning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniklash, tashhis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan taʼlim tarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yoʻqotish vositalarini izlab topish, amalda qoʻllash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishdan iborat.

  • Keyinchalik logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamchiligi bor bolalarning ruhiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi maxsus psixologiya, shuningdek, taʼlimtarbiya berish, nuqsonlarni tuzatish, tiklash vositalarini ishlab chiquvchi surdotexnika va tiflotexnika ham defektologiyaga kiradi. Defektologiya,anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya, eshitish, koʻrish va nutq pa-tologiyasi, maktab gigiyenasi, umumiy va pedagogik psixologiya, , tilshunoslik, bolalar psixologiyasi va boshqalar, fanlar bilan uzviy bogʻlangan. Defektologiyaning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniklash, tashhis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan taʼlim tarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yoʻqotish vositalarini izlab topish, amalda qoʻllash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishdan iborat.

Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling