1-mavzu: dinshunoslik faniga kirish
-MA’RUZA. XALQIMIZ MA’NAVIY YUKSALISHDA DINLARNING O’RNI
Download 0.89 Mb.
|
dinshunoslik majmua
7-MA’RUZA. XALQIMIZ MA’NAVIY YUKSALISHDA DINLARNING O’RNI.
1.Avesto- xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarni ifoda etadigan bebaxo manaviy meros. 2.Turkiy xalqlarning islomgacha bo’lgan yakkaxudolik dini Tangri e’tiqod va uning diniy diniy ong rivojidagi axamiyati 3.Musulmon renesans sharq uyg’onish davri ma’naviyatining xususiyatlari. 4.Mustamlaka mustabit nuzumi sharoitida o’zbek xalqining milliy va diniy qadryatlardan mahrum etishga urinishlar. 5.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ma’naviyatning davlar siyosati ustivor sohaga aylanishi. Hadisshunoslik, fikr, tasavvuf maktablarining tashkil etilishi. Diniy ma’naviy merosni o’rganishning hozirgi zamon muommolarining hal etishdagi roli. Zardushtiyliker.av.III mingyilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan din bo’lib,u insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan eng ko’p ta’sir o’tkazgan, vahiy orqali e’lon qilingan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukmining amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat qoyim, unda tanalarning qaytatirilishi, tana va ruhning qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shudin doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bug’oylar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tomonidan o’zlashtirildi. Zardushtiylikning paydo bo’lishi haqida 2 xil, Eron va Xorazm variantlari bo’lib ko’pchilik olimlar zardushtiylik Xorazmda paydo bo’lgan debhisoblashadi. Zardusht Markaziy Osiyo hududida shakllangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni iloh qilib, ya’ni dinga asos soldi. Zardusht yashagan davr o’troqlik turmush tarsi qaror topayotgan, sug’oriladigan dehqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiyetayotgan, yangi shaharlar qishloqlar bunyod bo’layotgan davr edi. Jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichi to’la shakllanilishi uchin kuchli mafkuraga muhtoj edi va bu vazifani Zardushtiylik diniy ta’limotibajardi. Zardusht Spitoma inqirozidan qutulish, xalqlar qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan bir yo’li - bu yakkaxudolikka o’tishdan iborat deb bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi. Zardushtiylik bosqinchilik urushlarini qoralab, odamlarni o’troq osoyishta hayot kechirishiga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishiga da’vat etadi.Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim to’g’risida abadiy kurash davom etib, bunda barcha yaxshiliklarni Axuramazda va barcha yomonlarni Axriman ifodalaydi. Axura Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib, ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uch narsaga - fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligiga asoslanadi. Zardushtiylikka et’iqod qiluvchi har bir kishi kuniga besh marta yuvinib, poklanib quyoshga qarab, uni olqishlab sig’inishi shartbo’lgan. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi 4unsur suv, olov, yer va havo ulug’lanadi. 2. Zardushtiylik miloddan oldingi VII asrdan milodimizning VII asrigacha qariyib ming yil Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o`lkalarda diniy e’tiqod sifatida yashadi. Agarzardushtiylik qadimgi Turon va Baqtriyadagina emas, balki Araxoziya, Sakiston (hozirgi Afg’oniston va Shimoliy Hindiston), Fors, Midiya, Parfiya, Assuriya, Vaviloniya, Lidiya, Likiya va Kappodoniya (KichikOsiyo), Gretsiya, Suriya, Falastin hududlariga ham tarqalgani hisobga olinsa, uni haqli ravishda jahonga tarqalgan birinchi din deyish mumkin. Hozirgi zamonning hamma dinlarida vorislik, ya’ni meros qilib olish tamoyili bor. Shunga binoan O’rta Osiyoda tarqalgan yahudiylik, xristianlik ayniqsa islomda Zardushtiylikning ta’siri, asorati kuchli. Budin keng yoyilganligi va uzoq vaqt yashaganligi uchun u ajdodlarimiz ongi turmushiga katta ta’sir o’tkazgan. Zardusht asos solgan g’oyalar kishilar ongi, turmushiga singib,uzoq vaqtlar yashab kelmoqda. Uning olam, odamning yaratilishi, ikki dunyo haqidagi g’oyalari, Jannat va do’zax, qiyomat-qoyim, oxiratda jonning tirilishi, gunoh va savob ishlar yozib borilishi, suroq savollar, “Chinvot” ko’prigi, jihod, erkin va ozod turmushga asoslangan barqaror tartib otlarni qaror toptirish, yakka xudo bilan odamlar o’rtasidagi vositachi payg’ambar v.h. to’g’risidagi fikrlar budda, xristian, islomdinlarida o’ziga xos ravishda hanuz yashab kelmoqda. U vaqt, sharoit va o’ringa qarab o’zgargan zamonaviylashgan; ijobiy, dunyoviy jihatlari boshqa dinlarga bevosita va bilvositasingan. Masalan, mehnatga dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikni rivojlantirishga da’vatlar bajoni dil qabul qilingan. 4element: suv, tuproq, havo, olovni ezozlash, avaylash, asrash haqidagi nasihatlari hozir ayniqsa dolzarbdir. Dinga, jumladan islomga amalda e’tiqod qiluvchilar esa zardushtiylikdagi halollik, poklik, odillik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik haqidagi da’vatlariga hamisha amal qilishlari lozim. Har bir komil inson bu dindagi yovuzlik timsoli Ahriman keltiradigan xaromxo’rlik, xiyonatkorlik, nopoklik, aldamchilik, razillik, bezorilik, yalqovlik, bevafolik, laqmalik, isrofgarchilik va hokazolarga qarshi bo’lishlari lozim. Zardushtiylikning o’zidan keyingi barcha dinlarga salbiy ta’siridan ko’ra ijobiy ta’siri ustun bo’lgan. Deyarli barcha dinlarga xos xususiyat bo’lgan insonlarni yetuklikka, ma’naviyati boy, axloq-odobli bo’lib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi. Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e’tiborga loyiqdir. 3. “Avesto”-zardushtiylik dinining asosiy manbai va muqaddas kitobi bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi o’rnatilgan qat’iy qilib belgilangan qonun qoidalar degan ma’nolarni beradi. ”Avesto” Markaziy Osiyo, Eron va Ozarbayjon xalqlarining islomgacha bo’lgan davrdagi ijtimoiy- iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishdagi muhim va yagona manbadir. Abu Rayhon Beruniyning fikriga ko’ra, “Avesto” dastlab 30 nask ya’ni qismdan iborat bo’lib, 2000 qoramol terisiga oltin xarflar bilan bo’lgan holda saqlangan. Aleksander Makedonskiyning sharqqa yurishi davrida “Avesto”ning 5 dan 3 qismi yondirib yuborilib, 12 nask miqdoridagi qismi saqlanib qolgan. Sosoniylardan Shopur davrida “Avesto” 4 qismdan iborat qilib qaytadan tiklanadi. Bu tiklangan 4 ta kitoblarning 1-si qonun deb ataladi. U 22 ta bobdan iborat bo’lib asosan Zardusht bilan Axuramazdaning savol javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob “Yosin” deb ataladi va uning mazmunini asosan Zardushtning xatlari yoki gatlari tashkil etadi. U 72 ta “ Xa” ya’ni bashoratdan iboratdir. 93 ”Avesto”ning uchinchi kitobi “Visparad” deb nomlangan bo’lib, olamni bilimga doir pand- nasihatlardan iboratdir. Uni “Yosin”ga qo’shimcha bo’lgan ibodat nomozlari yig’indisi ham deyishadi. 4 chi kitob “Bundaxash” deb atalib, u qadimgi Eron tilida-pahlaviy tilida yozilgan. U xudoni zolim kuchlarga qarshi ulug’lovchi 22 ta qadimiy qo’shiqlardan iborat. “Avesto” haqidagi eng muhim manba IX asrga oid “Dinkard” ya’ni “ din amallari” nomli asar bo’lib, unda “Avesto”ning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar: savobli ishlar yo’riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi, zardushtiylik ta’limoti asoslari, Dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi, oxirat kuni va undagi hisob-kitob, falakiyot ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar, Zardushtning tug’ilishi va bolaligi, Xaq yo’lini tutish, jamiyat azolarining xaq-huquqlari, yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolarda iborat. Zardushtiylik dini haqida ingliz olimi Dj.Buger, Meri Boys, fransuz olimi Anketil Dyuperon juda qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o’zi tarqalgan o’lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma’naviy qarashlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. 7 asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O’rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg’in va ta’qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo’qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o’z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, meditsinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o’rin olgan. Hokim va zolimlar ulug’langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da’vo qilingan. "Avesto"da tabiat va atrof-muhitga munosabat ikki jihati bilan namoyon buladi. Biri - tabiat unsurlarini muqaddaslashtirish, ikkinchisi - insonning tabiat bilan moddiy yaratuvchilik munosabatlarini qonunlashtirishdir. Zero, Ardvisuraga bag’ishlangan beshinchi yashtda suv ulug’lanadi, uning don undirishi, chorva tashnaligini qondirishi va chorvani kupaytirishi, inson boyligiga baraka keltirib, mulkni kupaytirishi, ulkalarni gullab-yashnatishi tilga olinishi bejiz emas. Binobarin, inson uz hayot yulini tanlar ekan, uz zimmasiga olgan majburiyat va oilaviy burchni bajarishga javobgardir. "Avesto"da ta’kidlanishicha, faqat 15 yoshga tulgandan keyingina o’spirinlar 72 xil rangli ipak iplardan tuqilgan belbog’ bilan bellarini urash va o’zlarini yaxshilik yuliga baxshida etish uchun oila qurish huquqiga ega bulganlar: "Har kun ikki marta suv oqib utadigan, sug’oriladigan bir bulak yeri, podasi, ayvonli hovlisi, 15 yoshli xotini bulgan, hovli-joyida olov yonib turadigan uchog’i, xotini, bola-chaqasi bo’lgan oilasini uz mehnati bilan boquvchi, yerni yaxshi parvarish qiladigan, mol-holga qaraydigan odam begunohdir". Erkak kishi avvalo uylanish uchun moddiy va man’naviy tomondan tuq va jismonan baquvvat bulshi lozim. Buning uchun uz vaqtida ovqatlanishi zarur, aks holda er kishi o’zining xizmat va erkaklik burchini bajara olmaydi. Shuningdek, och qolish va tuyib ovqat yemaslik kishilarning axloq-odobiga ham salbiy ta’sir karsatadi deb hisoblashgan: "Oziq-ovqatni meyorida iste’mol qilish bilan raiyatning axloq-odobi ham yaxshilanadi. Ovqat mul-kul bo’lsa, ilohiy so’zlar ham yaxshiroq idrok etiladi" (Yasna", 33, 3-band). Demak "oilaviy tinch-totuvlik, xushchaqchaqlik insonga zarur bulgan narsalar mul- kulchiligidir" (Yasna", 30). "Avesto"da ta’kidlanishicha, agar erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bulsa-yu, ammo uylanmasa, unga temirni qizdirib tamg’a bosishgan yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur qilishgan! Yer yuzida inson naslini kupayishiga qarshi chiqib, turmush qurmay yurgan qiz qopga solinib 25 darra kaltaklangan. Bundan tashqari, sog’lom avlodning tug’ilishi uchun ota-onalar sharob ichmaslikka, giyohvand moddalar va boshqa bang, ya’ni hushdan ketkizuvchi vositalarni iste’mol qilmaslikka da’vat etilgan. Zeroki, giyohvandligu ortiqcha sharobxurlik pushtning zaiflashib, urug’ning buzilishiga, naslning nosog’lomligiga olib kelishini yaxshi bilganlar. 94 "Avesto"da bolalarga zardushtiylik dini asoslari, Ahura-Mazdaga iltijo va murojaatlar- ufarzlar, Zardusht ugitlari puxta uqitilib, "Gohlar" maxsus yodlattirilgan. Ikkinchidan, ehtiyoj va talablardan kelib chiqib, bolalarga riyoziyot, xandasa, falakiyot, tarix, falsafa, huquqshoslik, gigiyena, tabobat va boshqa fanlardan puxta saboq berilgan. Dars jarayonida uquvchilardan utilgan mavzuni shovqinsiz takrorlash, hamisha esda tutish talab qilingan, egallangan bilimni sinash maqsadida uquvchilarning bilim saviyasi muntazam baholanib borilgan. Kurinadiki, zardushtiylik ta’limotida ilm-ma’rifatning kuchiga qattiq e’tiqod qilingan va jamiyat hayotida ham oqibat natijada ilmu hikmat yutib chiqadi, deb hisoblangan. "Avesto"da yuqorida keltirilgan dalillar shuni kursatadiki, qadimgi ajdodlarimiz bolalarning faqat benuqson tugalishiga ta chaqaloqligidan jismoniy tarbiyasiga jidiy e’tibor beribgina qolmasdan shuningdek, ularning aqlan yetuk bo’lishiga, ya’ni ilmli bulishiga, hikmat urganishiga, ma’naviy sof bulishiga, yaxshilik va ezgulik xislatlarini egallashlariga ham bevosita g’amxurlik qilishgan. Qisqasi, bolalarda axloqiy, aqliy, jismoniy, jinsiy xislatlarni, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, vatanparvarlik, rostguylik, saxiylik fazilatlarini tarbiyalashga jiddiy e’tibor berilgan. Jismoniy va mehnatsevarlik tarbiyasidan nazarda tugalgan asosiy maqsad bolalarni jangovar harb ishiga va mehnatsevarlikka tayyorlashdan, jismonan zabardast qilib, mehnatda chiniqgirishdan iborat bulgan. Ugil bolalarga kurash tushish, otga suvliq solish, uni egarlash, mol boqish, urchitish va tug’dirish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, yaylovlarda suruvni utlatish, chorvani yirtqich hayvonlar va qaroqchilardan muhofaza qilish uchun 50 dan ziyod harbiy qurolni ishlata bilish malakasini egallash majburiy bulgan. Ularga yana chavandozlik va uttiz ikki xil harbiy hunar urgatilgan. Shuningdek, "Avesto"da qiz bolalar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi: "Ugil bolalarga nisbatan qiz bolalar ilmu donish urganishga jiddiyroq kirishsinlar. Chunki ular uzlari tug’ilgan xonadonda ota ro’zg’orini tartibga solib, uyga ziynat berib yursalar, jufti haloli uyiga borgach, kelajak nasl, ya’ni farzandlari tarbiyasi, ta’limi bilan mashg’ul bo’lmoqlari lozim bo’ladi". Shu tariqa, qiz bolalar uchun yungdan urchuq bilan va charhda ip yigirish, matolar tuqish, liboslar tikishdan tashqari, ug’il bolalar bilan kurash tunshsh, chavandozlik, qilichbozlik qilish, qalqon tutib, o’zini raqibidan himoya qila bilish, otda har xil g’ovlardan sakrab utish, suvda suzish, uzoqqa yugurish, nayza irg’itish, kamondan o’q otish va boshqa jismoniy-harbiy malakani egallash majburiy bo’lgan. Ana shundan so’ng qizlar -15, o’g’il bolalar - 16 yoshida oqsoqol boshchiligida jamoa oldida maxsus imtihondan o’tkazilgan. Natijada balogat yoshiga yetgan qizlar ruzg’or yuritishni o’rganib, "kadbonu", yani "uy bekasi", yigitlar esa, "kad xudo" ya’ni "oila boshliga" bulish, chupon chulig’ini olib, ot surish, tuya minib yurish huquqini qulga kiritganlar. "Avesto"da qayd etilishicha, usha davrlarda erkaklar bir nechta xotin olish huquqiga ega ekanlar. Erkaklar roppa-rosa 16 yoshidan boshlab uylanishgan. Hamma vaqt birinchi xotin boshqalariga bosh bo’lgan. Muqaddas kitob ugitlariga rioya etmay, shunday gunohni sodir qilganlarga 400 qamchi urish jazosi belgilab quyilgan. Eng baquvvat odam ham bu jazoning oxirigacha dosh bera olmasligini uylasak, tabiatga nopisand munosabatda bulgan kimsa boshiga tushgan qismat ayni kezda ulim jazosi bilan tengligi malum buladi" 1 . Shuningdek, kucha eshigi yoniga alat tuplab quygan xonadon sohibiga jamoa oqsoqolining hukmi bilan 25 qamchi, hovuz yoki chashmadan nopok kuza yo chelaqsa suv olgan shaxsga 5 qamchi urilgan. Anhor va ariq buylarida mol boqishga, otlarni bog’lashga ruxsat etilmagan: quduq va hovuz suvlarini iflos qilganlarga katga jarima solingan. Bundan tashqari, ichimlik suv manbalari sohiliga mevali daraxt utkazmaslik ham odamlarning xususan, yosh avlod sog’ligani saqlash, har xil kasalliklarning oldini olishda muhim omillardan hisoblangan. 8-MA’RUZA. O’ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI 1. Vijdon erkinligi tushinchasi. Xalqaro meyoriy xujjatlarda vijdon erkinligi. 2.O’zbekistonda vijdon erkinligining asosiy qonun bilan kafolatlanishi. 3.O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan diniy konfensiya va tashkilotlar.Missionerlik va prozitilizm havfini bartaraf etilishi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling