1-mavzu: dinshunoslik faniga kirish


-MAVZU. URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR


Download 0.89 Mb.
bet3/26
Sana06.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1334337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
dinshunoslik majmua

3-MAVZU. URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR
Reja
1. Dinning ibtidoiy shakllari
2. Vedizm, Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari
3. Konfutsiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari
4. Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti
5.Zardushtiylikka oid qarashlar. Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba’zi bir elementlari hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.
Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi zamondagi urut-qabila a’zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoshligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba’zi hayvonlarni ovlar va ular haqida etarli ma’lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak, degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba’zi hayvonlar, ksyinchalik esa o‘simlikning ba’zi navlari ham muayyan urug‘ a’zolarining ajdodi-totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. SHu boisdan keyinchalik urug‘ a’zolari totemning "yordamiga" ko‘z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e’zozlangan, uni o‘ldirish, iste’mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya’ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan. Urut a’zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o‘tadi va u kelgusida ham urugaing homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan.
Totemizm e’tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz, qora ho‘kiz kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar.
Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan. O‘zbeklarda qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb e’zozlash ham totemizm ko‘rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqarish totem e’tiqodi bilan bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini, ya’ni tug‘ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan.
Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars (palang), quyon (xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) shular jumlasiga kiritilgan.
Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga e’tiqod qilish hali ham qisman davom etmoqda.
Animizm - (lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.
Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning shakllanishida ma’lum bir rol o‘ynagan. Animizm har bir kishida uning tiriklik hayoti manbai bo‘lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, SHimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grelandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o‘rganish, jon va ruxlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo‘lishi munosabati bilan tarkib topgan. SHu davrda jonning o‘lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo‘lgan. CHunki qadimgi odamlar o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida to‘liq bir tushunchaga ega bo‘lmay, hatgoki uyqu va tush ko‘rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. SHundan so‘ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo‘lib, odam o‘lgandan so‘ng u kuch, ya’ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bo‘lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan keyingi faoliyati qanday kechishi haqida o‘ylay boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatdan ajratib qo‘ymaganlar. SHuning uchun ular o‘zlari bilan bir qatorda hayvon, o‘simlik, hatto mehnat qurollari, keyinchalik, suv, o‘rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizm deb ataydilar.
Jon va ruxdarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bo‘lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Odam o‘lgandan so‘ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam o‘lganda jon chiqib ketib, yashayverar ekan, uning o‘zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo‘lgan. Abadiy ruh to‘g‘risidagi tasavvur ana shu yo‘sinda shakllangan. Ruxlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan.
Jon va ruhlarning o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning elementlari hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmokda. Masalan, dindorlar tasavvurida o‘lgan kishilarning arvohini yo‘qlash, ularni tirik odamlar singari hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud. SHu tufayli jon va ruhlarga atab qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon uchrab turadi. Ba’zan murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari ham animizmning ko‘rinishidir. O‘zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, kabristonlarga borib qur’on suralaridan o‘qish animizmga bo‘lgan e’tiqodning shakllaridir.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling