1-mavzu: dinshunoslik faniga kirish


Download 0.89 Mb.
bet4/26
Sana06.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1334337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
dinshunoslik majmua

Fetishizm - (fetish - fransuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam degan so‘zlardan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog‘, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bo‘lgan. O‘zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalklarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta’siri yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bunday xususiyatni tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan.
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba’zi soddadil, mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolarnn taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo‘jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e’tiqoddagi eng xarakterli ko‘rinishi va qoldig‘idir.
SHomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo bo‘lgan animistik e’tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. SHomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o‘lganlarni oxiratga uzatish, tabiatda xohlag‘ancha o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir. O‘tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘‘jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. SHomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi bir holatlarda uchrab turadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling