Epigrafika yunoncha


Download 37.53 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi37.53 Kb.
#1587799
Bog'liq
Epigrafika yunoncha


Epigrafika yunoncha <≪qattiq material yuzasidagi yozuv≫ degan ma’noni bildiradi. Epigrafika
fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga bitilgan qadimgi
va o‘rta asr yozuvlarini o'rganuvchi fandir. Ushbu fan uyg‘onish
davrida qadimiylikka, chunonchi Qadimgi Sharq va qisman qadimgi
≪Bibliya≫ga qiziqish kuchaygan paytda paydo bo4gan. Epigrafika fanida
dastlab ltaliya, Yunoniston, Shimoliy Afrika va Falastindan topilgan oltindan
boMgan yunon, etrusk, qadimgi yahudiy, finikiya yodgorliklarigagina
ega edi. XIX asming o‘rtalaridan epigrafika ayniqsa, tez rivojlana boshladi.
Epigrafika fani yordami bilan Kipr orohdan topilgan miloddan awalgi
XI-VIII asrlar tosh va idishlarga bitilgan yunon tilidagi yozuvlar, Livan,
Suriya, Karfagen, 0 ‘rta er dengizi orollari, ltaliya, Frantsiya, Ispaniya va
Shimoliy Afrikadan topilgan Finikiya, Puni qadimgi yozuvlari, shuningdek
miloddan awalgi IV-Ш ming yilliklarda Fila oroli va Nil daryosidan
topilgan qadimgi Misr petroglifik yozuvlari, miloddan awalgi VI asrdagi
janubiy va shimoliy arab yozuvlari, Dajla va Frot daryolari oralig’i va
Old Osiyoning qadimgi hududlaridagi miloddan awalgi III ming yillikka
oid mixxat matnlari, Ahamoniylar sulolasining o‘matilishidan Artakserks
III podsholigi (mil.aw. 358-338) gacha bo‘lgan davrdagi qoyalar, saroy
devorlari va oltin taxtachalarga bitilgan qadimgi Eron mixxatlari, slavyan,
gruzin, arman, qadimgi turkiy, xitoy, shuningdek, Markaziy Osiyo va
boshqa hududlardan topilgan ko4plab yozma yodgorliklar (bitiklar) topib
o‘rganildi. Epigrafikaning taraqqiyoti tufayli qadimgi xalqlaming qadimgi
turmush tarzi, ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va moddiy madaniyati, diniy
mazhabi va umumiy tarixi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni to4plash imkoni
yaratildi va to4plandi. Harf shakllarining o4zgarishini ilmiy jihatdan
o4rganish orqali arxeologik yodgorliklaming qaysi davrga mansubligi, qadimgi
yozuvlaming rivojlanish darajasi aniqlandi. Yenisey (Enasoy) dayorsi
havzasi (Xakasiya A.V. va Tuva A.R.) dan topilgan Orxun-Yenisey
yozuvlari fanga ko4pgina qimmatli ma’lumotlami to4plash imkonini berdi.
Yumshoq buyumga yozilgan yozuv qo4lyozma hisoblanadi. Epigrafika
fani qattiq buyumlarga yozilgan yozuvlami o‘rganadi. Qadimgi davrda
qog’oz taqchil bo4lgan paytda qattiq materiallardan yozuv vositasi sifatida
foydalanish juda keng tarqalgan. Yozuv uchun yumshoq materiallar
teri, papirus, va pergamentlardan ham foydalanganlar. Lekin, bu yumshoq
materiallar vaqt o4ishi bilan chirigan yoki yaxshi saqlanmagan shuning
uchun qadimgi dunyo tarixini o4rganishda asosiy manbaa bo4 lib epigrafik
yodgorliklar maydonga chiqadi. Deshiftovka noma’lum yozuv bitilgan
matnni o4qish demakdir. Buning uchun tadqiq etilgan yozuvdagi belgilami
o4sha belgilar bilan yozilgan tildagi so4zlarga o4xshatish, matnlashtirishdir.
Noma’lum til yoki noma’lum yozuvni o4qish uchun qandaydir bir tayanch,
asos bo4 lishi kerak. Agar tayanch bo'lmasa, asos topilmasa, jiddiy natija
chiqishini ham kutmaslik kerak.
Yordamchi tarix fanlarining muhim tarmog‘laridan hisoblanmish epigrafika
va paleografiya umuman yozuv yodgorliklari bilan shug‘ullanishi
jihatidan bir-biriga yaqin sohalardir. Biroq, bu yaqinlik nisbiydir. Epigrafika
qattiq materiallar yuzasidagi bo‘rtma va botiq matnlar bilan, paleografiya
esa, yumshoq materiallar: qog‘oz, pergament, papirus, potxi,
beresta va boshqalar yuzasidagi matnlar bilan shug‘ullanadi. Bu o‘rinda
paleografiya va epigrafikaning umumlashtimvchi jihati yodgorliklardagi
yozuvning grafik alomatlarini o‘rganishda yaqqol ko‘rinadi. 1974 yili
Turkiyaning janubida frantsuz arxeologlari balandligi bir metrdan sal
oshiqroq tosh devomi topishadi. Devorga ikki tilda emas, balki bir yo‘la
uch tilda; likiyaliklar, qadimgi misrliklar va oramiy tilida bitilgan yozuvtirilingvani
ko‘rib olimlaming sevinchi oshdi. Oramiy yozuvi qadimgi
yunon yozuvi kabi yaxshi o‘rganilgan edi. U qadimgi Eron imperiyasida
davlat tili vazifasini o‘tagan. Shunday qilib, tadqiqotchi yozuvni o‘qishga
kirishar ekan, avvalo yozuv sistemasining umumiy xususiyatini aniqlaydi.
U oxirgi satming to‘ldirilmay qolgan qismidan, yozuvning yoenalishini bi-
42
lib oladi, so‘zlaming bo‘laklarga ajralishi ajralmasligini aniqlaydi, bo‘laklarga
ajratilgan taqdirda bo‘laklar qanday belgilar: chiziqcha, nuqta, ikkita
nuqta va hokazolar bilan muntazam takrorlanayotganligiga e’tibor beradi.
So‘ngra belgilar sonini belgilab chiqadi. Shunga qarab, u qanday yozuv:
harfli, bo‘g‘inli, ideografik yoki, aralash yozuv bilan ish ko‘rayotganligini
bilib oladi. Belgilari soni 30 tadan kam boMgan yozuvning harfli sistema
bo‘lishidan ko‘ra, bir necha yuz belgidan iborat, yozuvning esa murakkab
bo‘g‘inli sistema bo‘lishi aniqroqdir. Tadqiqotchi atoqli otlami bilingva
yordamida (agar boMsa) birinchi navbatda topadi. Ular olimni noma’lum
yozuvga olib kiradigan so‘qmoq yo‘I bo‘lib xizmat qiladi, yozuvchi har
qanday kontekstda o‘qish mumkin bo‘lgandagina deshifrovkani nihoyasiga
yetgan deb hisoblash mumkin.
Misr yozuvi asosi e’tibori bilan ideografik xat bo‘lib, unda har bir
tushuncha muayyan tasvir belgi iyeroglif bilan ifodalanadi. ≪iyeroglif≫
yunoncha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi ≪muqaddas belgb>. Misr yozuvi
tizimida uch xil belgi ajralib turadi:
1. His-tuygcu bilan idrok etiladigan narsalami tasvirlovchi ideogrammalar.
Bunda biror so‘zni ifodalash uchun aynan shu so‘zni ifodalovchi
buyum yoki predmetning o‘zining rasmi chiziladi.
2. His-tuyglu bilan idrok etiladigan harakatlar. Bunda biror harakatni
belgilarda ifodalamoq uchun aynan o‘sha harakat rasmi chiziladi. Masalan,
≪uchmoq≫ so'zini ifodalash uchun, qushning qanot qoqib ketayotgan
rasmi chiziladi, ≪yig‘lamoq≫ so‘zini ifodalash uchun, ko‘z va ko‘zdan
yosh oqayotganligi tasviri tushiriladi va hokazo.
3. Mavhum tushunchalami tasviriy yo‘l bilan ifodalash. Masalan,
≪keksalik≫ so‘zini ifodalash uchun, odamning hassaga suyangan rasmidan
foydalanishgan, ≪topmoq≫ so‘zini ifodalash uchun esa, laylakning
engashgan holda, tumshug‘ida qanday dir narsani ushlab turgan holatidan
foydalanilgan va hokazo. Mavhum tushunchalami ifodalash uchun fonetik
belgilar ham qo‘llanilgan. Eshitilishi bir-biriga o‘xshash, lekin ma’nosi
har xil so‘zlar, ya’ni omonimlar shunday belgilar bilan ifodalangan. Ha,
bir-biriga o‘xshash, lekin aynan bir xil bo‘lmagan ≪xol≫ (yuzdagi xol) va
≪hoi≫ (hol-ahvoli ma’nosida) singari so‘zlar bir xil belgi bilan ifodalangan
boMishi mumkin. Yuqorida aytib o4tilgan ≪determinativlar≫ yoki ≪ochqich
belgilar≫, garchi talafiuz etilmagan bo'lsada juda katta ahamiyatga mo-
43
Hk deb hisoblangan. Ular bitta belgi bilan ifodalangan omonimlami birbiridan
farqlashga xizmat qilgan. Misr belgiiarining aksariyat ko‘pchiligi
determinativga ega. Masalan, jins determinativi: erkak kishining ismidan
keyin erkak bilan bog‘liq bo‘lgan ifodadan so‘ng o‘tirgan erkakni tasvirlovchi
belgi va aksincha, ayol kishi ismidan keyin yoki aloqador ifoda
oxirida ayolni tasvirlovchi belgi qo‘yilgan. Mamlakatlar determinativi -
kattaligi cheklangan bir parcha yer, vaqt determinatvi — quyosh gardishi,
ish harakatlar determinativi - biron yumush bilan bog‘liq qo‘l, mavhum
tushunchalarniki-qo‘lyozma o‘rami bilan ifodalangan. Misrliklaming o‘z
fikr-mulohzalarini yozma ravishda bayon etishlariga yordam bergan bu
belgilar ikki ma^no kelib chiqishini istisno etgan. Xatni yozish yo‘nalishi
qat’iy belgilanmagan. Biz chapdan o‘ngga qarab yozamiz, misrliklar esa,
kamdan-kam hollardagina diapdan-o‘ngga qarab yozganlar. Ularga belgilarni
o‘ngdan chapga yozish ko‘proq ma’qul kelgan. Lekin, belgilar ustun
tarzda, yuqoridan pastga qarab qo‘yib chiqiJgan. Ism va nomlar ≪rebus≫
uslubida yozilgan, biroq bu yozuvlarda un|i tovushlar yo‘q. Misrliklar tilida
bir undosh va unlilardan tarkib. topgan bir bo(gcinli:soczlar bo‘lgan,
lekin unli tovush yozuvda.ko‘rsatilniaganIigi sababli, bir bo4g‘inli so‘zlar
harfga o‘xshash shaklda yozilgan. Lekin, bundan, mirsliklar harfni ixtiro
qilganlar degan ma’no kelib chiqmaydi. U zamonlarda kishilar o‘z nutqlarini
b o ^ in va tovushlarga ajratishini bilmaganlar, shuning uchun bunday
belgilarni harf deb tushunmaganlar. Yuqorida biz Misr yozuvini iyeroglif
deb atadik. Aslini olganda bunday deyish to‘g‘ri emas, yozuv tushunchasining
ma’nosi kengroq. Gap shundaki, misrliklar uch xil; iyeroglif, ieratik
va demotik yozuvlardan foydalanganlar. lyeroglifika yozuvi asosan hashamatli
yodgorliklarda qoManilgan. Ieratika (yoki kitob) yozuvi belgiiarining
oddiyligi bilan ajarlib turadi; bu yozuv o6zining rasmlik xususiyatni biroz
yo‘qotgan. Ieratika belgilari papirus qog‘oziga tushirish jarayonida shakllangan
va dunyoviy kitoblar hamda xat-xabarlar uchun qo‘llanilgan. Diniy
yozuvlar ham ieratikada yozilgan. Ieratika yozuvidan iborat eng qadimgi
yodgorlik miloddan avvalgiJ3000 yillikka mansub. Demotika yuyunoncha
≪demos≫ so‘zidan olingan bo‘lib, xalqchil ma’nosida yoki tezxat. Bu xat
belgilarning shaklini tobora soddalashtirish jarayonida mil. aw. VII asrda
shakllandi. Bizga ma’lumki, Misr dunyoning eng qadimgi madaniyat
o‘choqlaridan biridir. Bu erda mil. aw. IV mingyillikda davlatlar paydo
bo‘lgan. Miloddan awalgi III ming yillikda bu yerda Fir’avnlar maqbaralari
- ehromlar qurila boshlagan. Ana shu ehromlar ichida toshlarga
o‘yiIgan yozuvlar mavjud. Qadimgi Misrliklar narigi dunyoda ham hayot
borligiga ishonishgan. Bu ishonch shunchalik qat’iy ediki, ular bir umr
o‘zlarini narigi dunyoga tayyorlashgan. Albatta, bunday hayotga erishish
tashvishini ko‘proq fir’avnlar chekishgan. Ular oczlari uchun ulkan maqbaralar
qurishgan. Ular bu ehromlarni turli uy-ro‘zgor buyumlari, oltin va
qimmatbaho buyumlar bilan bezashgan. Shu yerda arxeologlami bir narsa
o‘ylantiradi. 0 ‘zida qimmatbaho metallami koni bo‘lmagan Misr shuncha
boylikni qayerdan olib kelgan? Javoblami eng awalo ehrom ichidagi -
devorlardagi iyerogliflardan izlashgan. Ularda Misr hukmdorlari hayotidan
hikoyalar talqin etilgan. Bundan Ш yarim ming yil awal, ya’ni mil.
avv. XVI asrda Nil bo‘yidagi buyuk mamlakatda Xatshepsut ismli fir’avn
ayol hukmrolnik qilgan. Uning go‘zal siymosi Kamakdagi Dayr-al-Bahri
ehromida ham aks etgan. Ehrom uning maqbarasi boclishi kerak edi. Shuning
uchun ham unga katta e’tibor berilgan. Uning ayvoni xushbo£y mirra
daraxtidan ishlangan. Misrda esa, bunday daraxt bo£lmagan. Shu kabi,
boshqa daraxtlarni, qimmatbaho mahsulotlar va oltin olib kelish uchun
Xatshepsut besh kemadan iborat savdo ekspeditsiyasini tashkil etadi. Karvon
dengiz ortidagi Punt mamlakatiga yo‘1 oladi va zafar bilan qaytadi.
Bunday yurishlaming har qadami haqida ehromning devorida yozuvlar va
sur’atlar mavjud. Ulardan biridagi iyeroglif bunday hikoya qiladi: ≪Kemalar
Pont mamlakatining ajoyib narsalari turli o£simliklar, mirra va obnus
daraxtlari, fil tishlari, toza oltin va boshqa narsalar bilan to'ldiriladi≫.
Qadimgi o£ymakorlar Pont mamlakatidagi habashlar, palma, maymun
va qurilishlarni tasvirlaganlar. Afsuski, rasmlaming bir qismigina saqlanib
qolgan xolos.
Download 37.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling