Dolzarb masalalari
Download 249.1 Kb. Pdf ko'rish
|
MiTijh9bvEZCTEJE7gKvHmJoBwuT2CE8FhifOQ0r (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- DOLZARB MASALALARI” moduli bo‘yicha KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH
- “Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Ganiyeva Shoira Muratbayevna Toshkent 2021
- 3-Mavzu: Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari. Reja
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi “FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI” moduli bo‘yicha KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH “KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH” o‘quv kursining “Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Ganiyeva Shoira Muratbayevna Toshkent 2021 3-Mavzu: Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari. Reja: 1.Temir va uning birikmalari haqida ma’lumotlar. 2.Mavzuni tushuntirishda turli usullardan foydalanish. 3.Mavzuga oid laboratoriya ishlarini o‘kazish uchun tavsiyalar. Jahonda kimyo fanidan ta’lim berish jarayonida o‘quvchilarning ilmiy dynyoqarashini rivojlantirish, ijodkorligi,bilim samaradorligini oshirishga qaratilgan 2030 yilgacha belgilangan Xalqaro ta’limkonsepsiyasida “butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyar yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilangan.Ushbu ta’lim tizimida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasini oshirish,kimyo fanining kompetentlik darajasini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo miqyosida ta’lim tizimida axborot textologiyalarini joriy etish,fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmlarini yaratish,amalga oshirish va takomillashtirishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish,temir mavzusiga oid bilimlarni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.Mazkur tadqiqot ishi temir mavzularini pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘tishda o‘quvchilarga metodik bilimlarni takomillashtirish imkoniytlarini kengaytirmoqda. Mamlakatimizda ta’lim olishga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharaoitlar yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea- hodisalarga ijobiy munosabatini munosabatini bildirishga imkon beradi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 3-bobi,8-bo‘limida “ta’limda multimediya mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan.Bu borada kimyo o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish,imkoniyatlarini kengaytirish,tabiiy fanlarga oid o‘quv materiallarini animatsion-vizual tarzda taqdim etish asosida takomillashtirsh muhim ahamiyat kasb etadi. • Temir (lot. Ferrum), Fe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat. Temir qadimdan ishlatib kelingan. Inson dastlab metiorit temirini bilgan. Temirning qad. xalkdar tilida atalishi bunga dalildir: qad. misrliklar tilida "benipet" — "osmon temiri" maʼnosini bildiradi; qad. yunoncha sideros, lotincha sidus — yulduz, osmon jismi bilan bogʻlaydilar. Mil. av. 14-asrlardagi xettlar yozuvida Temir haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida Temirning rumocha atalish negizi saklanib qolgan (mas., frans. fer, ital. ferro). •Temir davri, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqarish. xoʻjaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan soʻng insoniyat hayotida sodir boʻlgan tarixiy bosqich. Bu davr xoʻjalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi, tarkalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. “Temir davri” atamasi, garchi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan boʻlsada, fanga 19-asrning oʻrtalarida daniyalik arxeolog K.Yu.Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. av. 3ming yillikning 1yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. av. 2ming yillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. av. 11-asrdan boshlab Falastin, Suriya, Kichik Osiyo, Zakavkazye, Hindiston va Xitoyda xoʻjalik va harbiy qurolaslahalar yasashda temirdan keng miqyosda foydalanilgan, soʻngra temir asboblar yasash Eron va Oʻrta Osiyoda ham keng tarqala boshlagan. Temir (meteoritdan tashkari) Amerika, Avstraliya, Tinch okeanning aksariyat orollarida va Shim. mintaqalarda 16—17-asrlarda maʼlum boʻlgan. Temir tabiatda yombi sifatida uchramaydi. U ruda zarrachalari toʻplamini yumshoq xamirsimon holatga kiritish usuli bilan olingan. Bu usul temir rudasini •900 – 1350° atrofida qizdirib maxsus koʻralarda boskrndan konussimon nay orqali havoni puflab kuchaytirish yoʻli bilan bajarilgan. Koʻra tubida kritsa (1 – 5 kg lik gʻalvirak temir boʻlagi) hosil boʻlib, uni olovda qizdirib, suvga botirib, sandonda bolga bilan urib toblangan. Natijada temir rudasi zichlanib, toshqollardan tozalangan. Biroq olingan sof temir juda yumshoq, undan yasalgan mehnat qurollarining sifati past boʻlgan. Mil. av. 9 – 7-asrlarga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni poʻlatga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab boʻladi. •Temir davrida ishlab chiqarishda buyuk texnika oʻzgarishlari yuz berdi. Temir rudasining mis va kalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati uning ishlab chiqarish.da va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi.da gemir qurollardan foydalanishga oʻtish katta voqea boʻldi. Chunki degʻqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi mustahkam moslamalar paydo boʻldi. Temir davrida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish. xoʻjaligiga aylandi. •Temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xoʻjaliklarining rivojlanib borishi Shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan oʻzgarishiga olib keddi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va oʻzaro ayirboshlash savdo markazita aylanib, shaharlar qad koʻtardi. Ular xom/isht va paxsadan bino qilingan baland va qalin devorlar bilan oʻrab olindi. Shunday qilib, temir va poʻlat buyumlardan keng koʻlamda foydalanish Oʻrta Osiyo shagʻar va qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali taʼsir etdi. •Oʻzbekistonda Temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I. Terenojkin va Ya. Gʻulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. Oʻzbekiston hududida Temir davri yodgorliklari mil. av. 8—6-asrlarga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Fargʻona vodiysida oʻrganilgan; Koʻzaliqir, Qalʼaliqir va Dingilja singari qad. qalʼa va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak qabristonqoʻrgʻonlari, Boʻkantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir davrida qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sugʻorish inshootlari vujudga kelgan. •1960 – 70 y.larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari oʻrganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6 – 4-asrlarga oid uyjoy qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyroʻzgor va deqqonchilik buyumlarini topgan. 60y.larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda Temir davriga oid Chimqoʻrgʻon yodgorligi (1972) oʻrganildi. 1973-yilda Chordara istehkomi (Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi. •Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyaboʻgʻiztepa va Burchmulla xazinasi, Fargʻona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida oʻrganilgan. 80 – 90 yillardan Koʻktepa (Samarqand viloyati), Yerqoʻrgʻon va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7 – 6-asrlarga oid nodir obidalarda arxeologik qazishlar oʻtkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Saʼdullayev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov, B. Matboboyev va boshqalarning hissasi katta boʻddi. Temir davriga oid yodgorliklarning tadqiqot natijalari, Shubhasiz, Oʻzbekiston tarixining eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini oʻrganishda samarali natijalar bermoqda. Chunki, Temir davrida mamlakatimiz hududida Xorazm, Baqtriya, Sugʻd, Choch va Fargʻona kabi qad. tarixiymadaniy oʻlkalar shakllanib, Katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sugʻd mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qangʻ davlati va Fargʻona afshinlari kabi hokimiyatlar tashkil topgan edi. . •Temir zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof Temir yumshoq boʻlgani uchun oz ishlatiladi. Temir birikmalari sanoat, qishloq xoʻjaligi. va qurilish ishlarida keng qoʻllanadi. •Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% Temir buladi. U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Oʻzida koʻpgina miqdorda Temir toʻplaydigan organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17— 20% gacha Temir toʻplaydi). Hayvon va oʻsimliklar organizmidagi Temir oqsillar bilan bogʻlangan buladi. Oʻsimliklarda Temir yetishmasa, usishi sekinlashadi va xlorofill hosil bulishi kamayadi, koʻpayib ketsa ham zarar qiladi, mas., sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar Temirni ovkatdan oladi (jigar, goʻsht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida Temir ayniqsa koʻp boʻladi). Odam organizmi uchun bir kechakunduzda 60–100 mg Temir kerak. Tarkibida Temir boʻlgan dorilar (qaytarilgan Temir, Temir laktak, Temir glitserofosfat, Temir (II) sulfat, Blo tabletkasi, ferramid, gemostimulin va boshqalar) Temir yetishmaydigan kasalliklarda hamda kuvvat dori sifatida ishlatiladi. •Temir oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi: Temir (P)sulfid FeS, Temir disulfid FeS2 va boshqa Tabiiy Temir sulfidlari (pirit va markazit FeS2, pirrotin Fe7S8) Yer poʻstida keng tarqalgan (qarang Oltingugurt ) Temir ning 2 ta xloridi maʼlum: Temir (II) xlorid GʻeS12 va Temir (Sh)xlordi GʻeS13 Temir (II) xlorid GʻeS12 rangsiz kristallar; oksidlanishi sababli havoda sargʻayadi. Suyuqlanish temperaturasi 677°, qaynash temperaturasi 1026°; zichligi 3,162 g/sm³. Suvda, etanolda, atsetonda eriydi. Temir qirindilariga 500° da gaz holatdagi xlorid kislota taʼsir ettirib yoki GʻeS13ni vodorod bilan kaytarib olinadi. Organik sintezda katalizator, GʻeS13 olishda, antianemik preparatlar komponenti sifatida qoʻllanadi. • Temir(Sh)xlorid GʻeS13 — toʻq kizil tusli kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 309°, qaynash temperaturasi 320°; zichligi 2,898 g/sm³. Suvda, spirtda, atsetonda eriydi. Tabiatda molizit minerali koʻrinishida uchraydi. 400—500° da Temirga quruq holdagi xlor yoki 500° da Gʻe2O3 ga xlorid kislota taʼsir ettirib hosil qilinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni boʻyashda xurish, katalizator sifatida, analitik kimyoda SCN~, Sn2Q ionlarini ochishda, fenol va yenollarni aniklashda qoʻllanadi . • Download 249.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling