1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar
Download 206.71 Kb.
|
1 маъруза Л Диншунослик фанининг предмети, миллий динлар 2022 2023
Konfusiyning falsafiy qarashlari. Konfusiy komil inson (szyun-szi) haqidagi g‘oyani yaratdi. Szyun-szi, ya’ni yuksak ma’naviyatli inson ikki asosiy xususiyatga ega bо‘lishi kerak: insoniylik va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo, ishonchli va fidoiy bо‘lishi lozim. U buning uchun tinimsiz, о‘zini ayamasdan о‘z ishonchi, hukmdori, о‘z otasi va о‘zidan katta barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari intilishi zarur.
Konfusiychilikning ilk kо‘rinishida axloq masalasi birinchi о‘ringa qо‘yilgan, diniy e’tiqod esa ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, aqidalarga konfusiychilik ancha sovuqqon munosabatda bо‘lgan, ba’zi о‘rinlarda ularni inkor qilgan. Konfusiy ham о‘z vaqtida qadimgi Xitoyda keng tarqalgan ruhlarga e’tiqod masalasiga shubhali munosabatda bо‘lgan. «Lunyuy» (Konfusiyning falsafiy fikrlari va suhbatlari majmuasi, konfusiychilikning asosiy manbasi)da keltirilishicha, Konfusiy g‘ayritabiiy narsalar va ruhlar tо‘g‘risida gapirishni yoqtirmagan. Shuningdek, u taqdir, inson umri, о‘lim haqida sо‘z yuritishdan qochgan. Undan: «О‘lim nima?» – deb sо‘raganlarida, u: «Biz tiriklik nima ekanligini bilmaymiz-u, о‘lim nima ekanligini qayerdan bila olar edik», - deb javob bergan. Biroq, qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-odatlarga Konfusiy hurmat bilan munosabatda bо‘lgan. Konfusiyning yana bir ta’limoti – «Syao» bо‘lib, u inson о‘z ota-onasiga munosib bо‘lishi haqidagi g‘oyani о‘zida mujassam qilgan. Konfusiy fikricha, inson uchun Syaodan muhimroq narsa yо‘q. U: «Syao va Di (ukaning akaga, kichiklarning kattalarga hurmati) insoniylikning asosidir» degan. Syaoning asosiy ma’nosi nima, farzandlik xizmati qanday bо‘lishi kerak, degan savolga Konfusiy shunday javob bergan: «Aqlli va ota-onangni boqishga yaroqli bо‘lishingdir. Chunonchi, odamlar uylarida itlar va otlarini ham boqadilar-ku? Agar ota-onalariga ortiq ehtirom kо‘rsatmasalar, hayvonlarni boqishlaridan nima farqi qoladi?». Syao ta’limotining «Li qonunlari»ga kо‘ra, farzand ota-ona hayotlik chog‘ida mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan о‘tgunicha о‘ziga-о‘zi egalik qilishga haqli emas. Agar ota-ona vafot etsa, farzand qanday ish bilan mashg‘ul bо‘lishidan qat’i nazar, barcha ishni tashlab uch yil aza tutishi shart. Konfusiychilikning Syao ta’limoti asrlar mobaynida Xitoy madaniyati, axloqiy normalariga katta ta’sir о‘tkazib keldi. Download 206.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling