Milliy go’ya xalq ishonchi Mustaqillikni mustahkamlash


Download 17.66 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi17.66 Kb.
#118333
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


Milliy go’ya xalq ishonchi

Mustaqillikni mustahkamlash

MUSTAQILLIK — 1) Tazyiqdan, nazoratdan xoli bo‘lish, erkinlik; 2} iqtisodiy, siyosiy, ma

aviy tobe bo‘lmaslik. Uzbek tilida Mustaqillik atamasi odatda istiqlol so‘zi bilan yaqin ma

oda qo‘llaniladi va uzluksizlikni anglatuvchi chuqur, keng qamrovli jarayonni aks ettiradi. Mustaqillik «ixtiyori o‘zida bo‘lgan, tobe emaslik, qaram bo‘lmaslik, o‘zganing yordamisiz va rahnamoligisiz o‘z masalalarini hal qila oladigan, o‘zicha erkin fikr yuritib, kun kechira oladigan» ma

olarni bildiradi.

Mustaqillik «ixtiyori o‘zida bo‘lgan, tobe emaslik, qaram bo‘lmaslik, o‘zganing yordamisiz va rahnamoligisiz o‘z masalalarini hal qila oladigan, o‘zicha erkin fikr yuritib, kun kechira oladigan» ma

olarni bildiradi. Mamlakatimiz 1990 y. 20 iyunda Uzbekistan Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan. Unda o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi, tajribasi, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash asosida respublikamizning davlat Mustaqilligi elon qilindi. Oliy Kengashning 1990y. 31 avgustda navbatdan tashqari VI sessiyasi¬da «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqil¬ligi to‘g‘risida Bayonot» berildi. O‘zbekiston Res¬publikasining davlat Mustaqilligining asosiy hujjati O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bo‘lib, u 1992 y. 8 dekabrda Oliy Kengashning 12-chaqiriq 11-sessiyasida qabul qilingan. Uning nafaqat iqtisodiy Mustaqilligi, balki siyosiy, ma

aviy taraqqiyotning ilmiynaziy va amaliy jihatlarini taminlovchi tamoyillar O‘zbekiston Prezidenta I.A.Kari¬mov asarlarida o‘z aksini topgan. Mustaqil¬ligi yillarida shakllanish yo‘liga kirgan milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning asriy anana va qadriyatlarini, milliy o‘zligimizni o‘zida mujassamlashtirib, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari hamda ilg‘or, taraqqiyparvar g‘oyalar bilan boyitib, mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks etti¬radi. Uning vositasida har bir davlat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma

aviy asoslari nimalardan iborat, degan savollarga javob topa oladi. Mamlaka¬timiz Mustaqilligining bugungi bosh strategik maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat bar¬po etishdir. Bunda quyidagi bir qator sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda:

Iqtisodiy sohada barcha soha va tarmoqlarda erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlaridir.

Siyosiy sohada jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini oshirish — mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu boradagi islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridir.

Ijtimoiy sohada jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan, bo¬zor munosabatlari ustuvor bo‘lib borayotgan hoz. sharoitda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish asosiy tamoyillardan biri bo‘lib qolaveradi.

Ma

aviy sohada ilm-fan yutuqlarini amaliy ishlar bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimizning qalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizni soxtalashtirishga, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik asosiy vazifalardir.



Mustaqillik nafaqat jamiyat va davlat hayotining aso¬siy mezoni, balki har bir inson, fuqaro umrining mazmunini ham belgilaydi. Ana shu ma-noda u nafaqat imkoniyat, balki yuksak masuliyatdir.

Lug‘atlarda mustaqillik (arab, tobe emaslik, ixtiyori o‘zidalik, qaram emaslik) — insonning erkin va ozod ravishda, o‘z ix¬tiyori bilan boshqalarga bo‘ysunmasdan ish yurita olishi, millat, davlat va jamiyat hayoti, ularning tarqqyotini, ustuvor maqsad va vazifalarini mustaqil tarzda amalga oshirishilini anglatadigan tushuncha Mustaqillik barcha jabhalardagi har qanday kamsitish, tobelikni inkor etadi, o‘zaro hurmat, bir-birini qadrlash, milliy va umum-bashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish, keng dunyoqarash va erkin tafakkur asosida yashash, fikrlash, o‘z hayotini emin-erkin o‘zi tashkil etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi. Biz uchun mustaqillik, eng avvalo, o‘z taqdirimizni qo‘limizga olish, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklash, har bir xonadonda tinchlik,osoyishtalik, barkamollikni saqlashdir. Vatanimizda adolat, insof, dinu diyonat, mehru oqibatni qaror toptirishdir. Biz uchun mustaqillik yaratgan tomonidan el-urtimizga inom etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aqli zakovatiga tayanib, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot kechirish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod Vatan qoldirish. Haqiqatan ham, chunki istiqlol tufayli millatimiz, mamlakatimizning jahonda obro‘-e ibori ortdi. Biz jahon hamjamiyatining teng huquqi azosimiz. Mustaqillik tufayli O‘zbekistonni dunyoning 170 dan ortiq mamlakati tan oldi, 125 dan ortiq mamlakatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlarini o‘rnatdik. Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston to‘la huquqli asosda eng obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirgan bo‘lib, barcha qitalardagi yuzlab mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirib bormoqda. Eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va nohukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 90 tadan ortiq chet el vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan, 24 ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkilot ishlab turibdi. Mustaqillik yillarida hukumatimiz ko‘plab muhim xalqaro konvensiyalarga qo‘shildi.

Mustaqillik yillarida davlatimizning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi tamoyillari ishlab chiqildi. Ular quyidagilar:

- birinchidan, o‘zaro manfaaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

- ikkinchidan, teng huquqlik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

- uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qati nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

- to‘rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalardan ustunligi;

- beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ichki tomonlama ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.

- Respublikamizda istiqlol sharofati bilan talim, fan-texnika sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Chunki jamiyatning aqliy va ma

aviy salohiyatini oshirishda talim, fan va texnologiyalarni rivojlantirish islohotlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Mazkur ustuvor yo‘nalishning ahamiyati jamiyatni yangilashdan iborat butun jarayonni boshqa yo‘nalishlariga singib ketadi.

- Bu jarayon, albatta, kadrlar salohiyatiga, uning kasb jihatdan tayyorlagan, ilmiy-pedagogik faoliyati va ijodiy qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Faqat bugina emas, mustaqillik tufayli uzoq asrlardan beri ruxdari ro‘shnolikka zor bo‘lgan bobolarimiz madaniyati va fanimizning ulkan arboblari Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Xoja Ahmad Yassaviy, Moturudiy, Marg‘iloniy, Ahmad Farg‘oniy, Hakim Termiziy, Xoja Ahror Valiy kabi ko‘plab aziz insonlarimizning nomi tiklandi. Istiqlol sharofati bilan falakning gardishi, sho‘ro zamonining aybi bilan o‘zga yurtlarga bosh olib ketgan qarindosh-urug‘lari topildi, bordi-keldilarga yo‘l ochildi. O‘zbekiston bugungi kunda dunyo davlatlarining xalqaro anjumanlari, forumlari o‘tkaziladigan madaniy o‘choqqa aylanib qoldi.I

Prezident Islom Karimov mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq odamlar ongi va tafakkurida o‘zgarish yasash asosida O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘ziga xos quyidagi tamoyillarini ishlab chiqdi:

• umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

• vatanparvarlik;

• xalqimizning ma

aviy merosini mustahkamlash va rivojla ntirish;

• insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi.

Bu tamoyillar xalq dunyoqarashi, yashash tarzi, voqea-hodisalarga munosabati, ma

aviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqqanligi uchun ham alohida ahamiyatga eta bo‘lmoqda. Chunki, birinchidan, Sharqda azaldan ma

aviyatga tayanib yashash, komillikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Odamlarning millati, irqi, ijgimoiy kelib chiqishi va diniy e iqodidan qati nazar, yagona o‘lchov — insonni insonligi uchun ulug‘lash, inson degan muqaddas nomga munosib bo‘lish bosh mezon qilib olingan.

Ikkinchidan, har qanday jamiyat taraqqiyoti xalq dunyoqarashini hisobga olmasa, uning ehtiyojlariga mos kelmasa tanazzulga uchrashi tabiiy. Shuning uchui ham Prezident Islom Karimov o‘z mamlakati istiqboli haqida fikr yuritar ekan, "Mustaqil O‘zbekistoning kuch-qudrat manbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidadir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar bo‘yi avaylab-asrab kelmoqda. O‘zbskistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu ananalarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir ki¬shini kamol toptirishga erishish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratishdir", degan edi.

Bu fikrdan anglashiladiki, Prezident mamlakat kuch- qudratini xalqning ma

aviy kamolotida ko‘radi. U jamiki insoniy fazilatlarni takomillashtirish uchun za¬rur sharoit yaratish vazifasini qo‘ymoqda. Bu birinchidan, davlat siyosatining nechog‘lik iisonparvarligini ko‘rsatsa, ikkinchidan, davlat rahbarining siyosiy madaniyatini, xalq ma

aviy-ruhiy ehtiyojlarini naqadar chuqur o‘rganganligini ko‘rsatadi. Uchinchidan esa, bu xalq va hokimiyat intilishlarining mushtarakligidan dalolat beradi.

Insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, ularni asrab-avaylash bilan birga yangi zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib borish — taraqqiyot mezoni, milliy ravnaq asosi. Bunday ruhiyatdagi odam hech qachon birovga tazyiq qilmaydi, shafqatsizlik va zo‘ravonlik kabi g‘ayriinsoniy illatlarga hamisha nafrat bilan qaraydi. Uz tabiatiga mos ravishda bag‘ri keng va muruvvatli bo‘ladi.

Biz uchun mustaqillik - Allohning o‘zi el-urtimizga inom etgan gabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz kudrati, salohiyati, aqlu zakovatiga tayanib, o‘zbekistonda yashayotgan har bir nnson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod vatan qoldirishdir.

Biz uchun istiqlol - millatimiz, mamlakatimizning jahonda obro‘-e ibori, shon-shavkatini ko‘taradigan sog‘lom avlodni, har jihatdan barkamol va fidoyi o‘g‘il-qizlarni tarbiyalash, ularni voyaga yetkazish va baxtini ko‘rishdir. Har bir fuqaromiz uchun - millati, irqi va diniy e iqodidan qati nazar - erkinlik, tenglik, birodarlik, munosib sharoit yaratib berishdir.



Biz uchun istiqlol - davlatchiligimizni mustahkamlash, buyuk kelajagimizning poydevorini qurish, milliy ongimiz va faxrimizni yuksaltirish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rnimizni egallashdir.
Download 17.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling