1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Dorivor о‘simliklarning sistematik tahlili


Download 1.16 Mb.
bet8/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Dorivor о‘simliklarning sistematik tahlili. “О‘zbekiston florasi” da qayd qilingan 146 oilaga mansub 4230 ta yovvoyi va madaniy о‘simliklarning 577 turi dorivor о‘simliklar hisoblanadi. Bu dorivor о‘simliklar turli oila vakillaridir. Bu haqda qisqacha ma’lumot beramiz.
О‘simliklar dunyosida efir moylari keng tarqalgan. Tо‘plangan ma’lumotlarga kо‘ra yer shari florasidagi о‘simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bor. Shundan 77 oilaga kiradigan 1050 dan ortiq о‘simlik turi Yevropa hududida о‘sadi. Ayniqsa, Lamiaceae - yasnotkadoshlar (labguldoshlar - Labiatae), Apiaceae - selderdoshlar (soyabonguldoshlar - Umbeiliferae), Asteraceae - astradoshlar (murakkabguldoshlar - Compositae), shо‘radoshlar - Chenopodiaceae, Cupressaceae - archadoshlar (sarvindoshlar), Myrtaceae - mirtadoshlar, Rutaceae - rutadoshlar, Rosaceae - ra’noguldoshlar va boshqa oilalarga kiruvchi о‘simliklar efir moyiga boy.
Alkaloidlar о‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. 1974 yil ma’lumoti bо‘yicha yer yuzida tarqalgan yuqori о‘simliklarning 327 oilasidan 140 tasida (40 % ini tashkil qiladi) alkaloidlar borligi aniqlangan. Tarkibida alkaloidlar bо‘lgan turkumlar yer sharida о‘sadigan о‘simliklar turkumlarining 8,7 % ini (10615 turkumdan 926 tasini), turlar ichida esa taxminan 2% ini tashkil qiladi. Quyidagi oilalar vakillari alkaloidlarga boy: bir pallalilardan — lolaguldoshlar (Liliaceae) va chuchmomadoshlar (Amaryllidaceae); ikki pallalilardan kendirdoshlar (Arosunaceae), ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae), menispermadoshlar (Menispermaceae), kо‘knordoshlar (Papaveraceae), dukkakdoshlar (Fabaceae), shamshoddoshlar (Buxaceae), loganiyadoshlar (Loganiaseaye), ituzumdoshlar (Solanaceae), shо‘radoshlar (Chenopodiaceae), astradoshlar (Asteraceae)—murakkabguldoshlar (Compositae), zirkdoshlar (Berberidaceae) va rо‘yandoshlar (Rubiaceae). Shu davr ichida butun yer yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar (Apocynaceae) oilasiga 897 tasi tо‘g‘ri keladi.
Glikozidli о‘simliklar ham о‘simliklar dunyosida keng tarqalgan bо‘lib, ular о‘simliklarning barcha organlari tо‘qimalarida, hujayra shirasida erigan holda uchraydi. О‘simliklar tarkibida bir nechta glikozidlar bо‘lishi (bitta о‘simlik tarkibida 20 dan ortik ayrim-ayrim glikozidlar bо‘lishi) mumkin. Ba’zan bitta yoki bir xil kimyoviy tuzilishdagi bir guruh glikozidlar butun bir oilaga xos bо‘lib, ular shu oilaga kiradigan turlarda (masalan, amigdalin glikozidi - ra’noguldoshlar, tioglikozidlar esa karamguldoshlar (krestguldoshlar) oilalari turlarida) keng tarqaladi.
Biz quyidagi jadvalda О‘rta Osiyo о‘simliklar qoplamida uchraydigan tibbiyot uchun muhim ahamiyat kasb etgan ayrim dorivor turlar haqida ma’lumot berdik.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling