1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi
-mavzu: Shvetsariya davlatiga iqtisodiy-geografik tavsif
Download 117.4 Kb.
|
Mustaqil ta\'lim ishlari
8-mavzu: Shvetsariya davlatiga iqtisodiy-geografik tavsif .
Rasmiy nomi — Shveytsariya Konfederatsiyasi. Poytaxti — Bern. Hududi – 41,3 ming km.kv. Aholisi – 8 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili nemis, fransuz, italyan, retoroman. Dini — katoliklar (50%), protestantlar (48%). Pul birligi shveytsariya franki. Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropadagi davlat. Janub va janubi sharqda — Italiya (chegaraning uzunligi 740 km), g’arb, janubi g’arb va shimoli g‘arbda — Fransiya (573 km), shimolda — Germaniya (334 km), sharqda — Avstriya (164 km) va Lixtenshteyn (41 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 1852 km. Shveytsariya — togii mamlakat. Uning katta qismida Alp tog’lari joylashgan. Mamlakatning eng baland nuqtasi — Dyufur tog‘i (4634 m). Alp muzliklarining maydoni — 2000 km2. Shimoli g‘arbda Yura togMari bor. Markaziy qismda Shveytsariya yassitogligi joylashgan. Asosiy daryolari: Reyn, Rona, Tichino. Yirik ko’llari: Jeneva, Boden. Asosiy tabiiy resurslari: yog‘och, gidroenergetik potensial. Mamlakat hududining 10% i haydaladigan yerlardan, 40%i yaylov va o’tloqlardan iborat. Atlantika okeanining ta’siri va mamlakat orfografik tuzilishining murakkabligi ko’pincha iqlimning nam bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shveytsariyaning o‘simlik dunyosi asosini ignabargli va subalp o‘rmonlar tashkil etadi. Tog’larda saldanella, primula hamda Shveytsariyaning norasmiy ramzi hisoblangan edelveys o’sadi. Yovvoyi echki, suvsar, quyon, sug‘ur, ayiq, tulki, bolri, to‘ng‘iz, burgut, karqur hayvonot olamini tashkil etadi. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — federativ respublika. Mamlakat tarkibida kanton bor (ulardan uchtasi yarim kantonlarga bo’lingan). Shveytsariya Konfederatsiyasi 1291-yilning 1-avgustida tashkil topgan. Ushbu kun milliy bayram — Konfederatsiya tashkil topgan kun hisoblanadi. Federal konstitutsiya 1874-yilda qabul qilingan. Har bir kanton o’zining konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega. Davlat va hukumat boshlig‘i — konfederatsiya prezidenti. Hukumat Federal Kengash deb nomlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Kantonlar senati (yuqori palata) va Milliy Kengash (quyi palata)dan iborat ikki palatali parlament Federal Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Shveytsariya radikal-demokratik partiyasi, Shveytsariya xristian-demokratik partiyasi, Shveytsariya sotsial-demokratik partiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Yuqori darajada rivojlangan sanoat davlati. Shveytsariya aholi boshiga daromad darajasi bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Qazilma boyliklarining yo‘qligiga qaramay Shveytsariya jahon bozorlarida kuchli raqobatchi hisoblanadi, bundan tashqari bu davlat iqtisodiy barqarorlik va aholining bandligini yuqori darajada ushlab turadi. Metallga ishlov berish, mashinasozlik, uskunasozlik, kompyuter texnikasi, transport vositalari, soatsozlik, kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatining eng taraqqiy etgan tarmoqlaridir. Iqtisodining muhim tarmoqlaridan biri — bank ishi. Shveytsariya dunyoning moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi (YIMning 5% i) asosan chorvachilikka ixtisoslashgan. 2012-yil YIM miqdori 325,3 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 43,1 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI davlatlari, AQSH, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 5174 km (99% elektrlashtirilgan), avtomobil yo'llari 61500 km, ichki suv yo`llari — 65 km. Asosiy daryo porti — Bazel. Tarixi. Kelt qabilalari — ret va gelvetlar yashagan hozirgi Shveytsariya I asrda qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. V asrda bu hududga german qabilalaridan burgundlar va allemanlar kirib kelishadi va hozirgi Roman Shveytsariyasi hamda Alleman Shveytsariyasi joylashgan hududlarda o‘mashishadi. VI asrdan hozirgi Shveytsariya hududi Franklar qirolligi, keyinroq Burgundiya, 1032-yildan Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. XII-XIII asrlarda bu hududda bir qator mustaqil knyazliklar shakllanadi. Shular orasida XIII asrning oxirlariga kelib Gabsburg knyazligi obro‘ qozonadi. 1291-yilda uchta shveysar kantoni (Uri, Shvits va Untervalden) ittifoq tuzib, gabsburglarga qarshi kurashadilar. Qator mag‘lubiyatlar (1315-yil — Morgatan, 1351-yil — Syurix, 1386-yil — Zempaxdava va boshqalar)dan so‘ng gabsburglar 1389-yilda Konfederatsiyani tan oladilar. 1498-yilda Konfederatsiyaga yana besh kanton qo‘shiladi. Shveytsariya Konfederatsiyasining harbiy qudrati Yevropa davlatlari tomonidan tan olinadi (Shveytsariyaning rasman tan olinishi 1648- yilgi Vestfaliya shartnomasi bilan mustahkamlangan) va ular XV-XVI asrlarda yollanma shveysar qo’shinlarini harbiy yurishlarga jalb qila boshlashadi. Reformatsiya XVI asrda mamlakatni ikkiga bo’lib, fuqarolar urushini keltirib chiqaradi. Katolik va protestantlar o‘rtasidagi janglardan birida protestant ruhoniysi U.Svingli halok boiadi. Shundan so‘ng ikki o’rtada shartnoma tuzilib, unga ko‘ra to‘rt kantonda kalvinizm, yetti kantonda katolik dini tan olinadi. Shveytsariya XVII asrda neytralitet e’lon qiladi. Neytralitet bir marotaba, 1798-1814 yilgi Napoleon urushi davrida buziladi. Lekin 1815-yilgi Vena kongressi Shveytsariyaning xalqaro maqomini tasdiqlab, uning neytralligi va chegaralarining daxlsizligini kafolatlaydi. Shu davrdan qo‘shilmaslik siyosati mamlakat tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi va Shveytsariya bu siyosatga ikkita jahon urushlarida ham amal qildi. Butun hududning taxminan 58,5 %ni Alp togʻlari, 10 %ni esa Yura togʻlari egallaydi[1]. Mamlakatning eng baland nuqtasi — Dufour choʻqqisi (4634 m), eng pasti — Lago Maggiore koʻli — 193 metr. Yura togʻ tizmasining eng baland nuqtasi Shveysariyada (Tandre togʻi) joylashgan boʻlib uning 1679 metrni tashkil etadi. Mamlakatning eng mashhur togʻi Matterhorn hisoblanadi. Shveysariya platosi mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Uning oʻrtacha balandligi dengiz sathidan 580 metr balandlikda joylashgan. Bu hudud aholining yuqori zichligi, sanoatning kontsentratsiyasi, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Yuqori Reyn tekisligining janubiy qismi hisoblanadi. Shveysariya bamisli relyef jihatdan suv qudugʻi misolida qarash mumkin. Yevropaning chuchuk suv zahiralarining 6 % bu yerda toʻplangan boʻlib, aynan shu yerdan Reyn (mamlakat ichida, daryo uzunligi 375 km), Rona (264 km), Tisino (91 km), Inn daryolari boshlanadi. Uch xil dengiz havzalariga quyiladi: Shimoliy, Oʻrta yer dengizi va Qora dengiz havzallariga quyiladi. Mamlakat daryolari kema qatnovi uchun qulay emas va kemalar qatnamaydi. Shveysariyada juda koʻp koʻllar mavjud. Mamlakatning koʻllari muzliklar erishidan kelib chiqqan, shuning uchun ular choʻzilgan shaklga va katta chuqurlikka ega hisoblanadi. Ular orasida quyidagilar mavjud. Jeneva koʻli maydoni — 581 km²; Konstans koʻli — 538,5 km²; Neuchâtel koʻli — 217,9 km²; Maggiore koʻli — 212,3 km²; Syurix koʻli — 88,4 km²; Lugano koʻli — 47,8 km². Har qanday shveysariyalikning oshxonasidagi krandan oqib chiqadigan suv har doim benuqson va tozaligi jihatidan mineral suvga oʻxshaydi. Hatto jamoat favvoralaridan ham siz ikkilanmasdan suv ichishingiz mumkin. Yil davomida yillik yogʻingarchilikning atigi 2 % ichimlik suvi taʼminotiga sarflanadi. Har bir shveysariyalik kundalik hayotda, sanoatda va kichik ishlab chiqarish korxonalarida kuniga taxminan 400 litr suv isteʼmol qiladi. Ulardan oʻrtacha 160 litri maishiy isteʼmolga moʻljallangan. Shveysariyada ichimlik suvi oʻrtacha ming litr uchun 1,60 CHF atrofida turadi. Shunday qilib, bir kishi uchun toʻlov kuniga 0,26 CHFni tashkil qiladi. frank, uch kishilik oila uchun esa — 0,80 Shveysariya frankidan sal kamroqni tashkil etadi. 80 % isteʼmoli quduq va buloqlardan keladigan yer osti suvlari hisobiga taʼminlanadi, qolgan qismi asosan koʻllardan olinadi. Shveysariyada chuchuk suv yetarli darajada boʻlishiga qaramay, Shveysariyada suv taqchil boʻlgan hududlar ham mavjud. Masalan, zamonaviy Vale kantoni hududida bir necha asrlar oldin dehqonlar sunʼiy kanallar qurishgan, ular yordamida erigan qor va muzlik suvlarini dehqonchilik uchun xizmat qiladigan yer hududlariga olib kelishgan. Qishloq xoʻjaligining rivojlanishi uchun muhim rol oʻynab bergan. Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% i oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoqlarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shug'ullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor.Aholisi olmon-shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar, italyan-shveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar — nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik shaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna. Download 117.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling