1-mavzu. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi


O’ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy

 O’ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI 
Ekologik yo’nalishdagi ishlar keyinchalik O’zFA Botanika instituti olimlari 
V.A.Burigin, O.X.Hasanov va boshqalar tomonidan o’simliklarni qurg’oqchil issiq 
(cho’l) 
sharoitiga 
moslashishi, 
o’simliklar 
hamjamoasining 
tuzilmasi, 
mahsuldorligi, em-xashakbop o’simliklarning orasidan qurg’oqchil issiq sharoitga 
chidamli turlarini tanlash va ularning ekologik-biologik xususiyatlarni o’rganib, 
sun’iy yaylovlar barpo etishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. O’zFA Zoologiya 
va parazitologiya institutida hayvonot olamini muhofaza qilish va undan oqilona 
foydalanish tadbirlari, qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydigan yuqumli 
kasalliklarning oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari 
olib borildi. 
Ushbu ilmiy ishlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muxammadiev, V.V.YAxontov, 
M.A.Sultonov, G.O.Olimjonov va boshqalar rahbarlik qildi. XX asrning ikkinchi 
yarmida hozirgi davr fanlarini “ekologlashtirish” boshlandi. Bu esa ekologik 
bilimlarning katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Demakki, hozirgi davrda 
ekologiya fanining kelajagi porloq, chunki insoniyatning sayyoramizda yashab 
qolishi, ko’p jihatdan ushbu fanning rivojlanish darajasi bilan bog’liq bo’lib qoladi. 



 
 
ATROF-MUHIT VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI 
ASOSIY VAZIFALAR 
O’zbekiston Respublikasining atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish 
sohasidagi birinchi navbatdagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
1. Jamiyatning ta’lim olish va intelektual potentsialini o’sishini ta’minlovchi 
sharoit yaratish; 
2. Atrof-muhit holatini yaxshilash uchun hamda global ekologik 
muammolarni hal etishga etarli mablag’ ajratish kerak; 
3. Genetik fond, turlar va landshaftlar xilma-xilligini saqlash; 
4. 
Tabiiy 
resurslardan 
foydalanishning 
iqtisodiy 
mexanizmlarni 
takomillashtirish; 
5. Maxsus muhofazaga olingan hududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar 
ishlab chiqish; 
6. Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo’yicha nazorat tizimini 
takomillashtirish va rivojlantirish; 
7. Xususiylashtirish jarayonlarida ekologik talablarga rioya qilish va atrof-
muhitga zarar keltirmaslik uchun javobgarlik kabilarni nazorat qilish mexanizmini 
yaratish; 
8. Ekologik xavfsiz mahsulotlar va texnologik jarayonlar sohasida ekologik 
sertifikatlash tizimini takomillashtirish; 
9. Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo’yicha bank tizimini 
yaratish; 
10. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasining tabiatni muhofaza qilish 
ishlari bo’yicha faoliyatini yorituvchi markazlashgan axborot tizimini yaratish; 
11. ekologik va tarbiyaviy tizimini yanada rivojlantirish; 
12. Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo’yicha bosqichma-bosqich 
dasturlar ishlab chiqish; 
13. Xalq xo’jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologiyalar, 
chiqindilarni zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlanmalarni 
hayotga tadbiq etish, hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish; 
14. Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari 
bo’yicha hamjamiyat ekologik tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni kuchaytirish 
va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling