1-mavzu: ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi


Download 1.3 Mb.
bet3/3
Sana04.11.2020
Hajmi1.3 Mb.
#140719
1   2   3
Bog'liq
1 (5)

sxema.



Hozirgi davrda jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining tez sur’atlar bilan o’sishi, tabiatdan pala-partish foydalanish va o’zlashtirish natijasida ekologik muvozanat buzilib, ekologik tanglik yuzaga keldi.

Ekologik tangliklar o’z navbatida avj olib, sayyoramizning ba’zi mintaqalarida ekologik halokatlarni keltirib chiqaradi. ekologik tanglikning tinmay kuchayib borishi ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. ekologik muammolar o’z vaqtida hal qilinmasa muayyan hududga ekologik halokat xavfini olib keladi.

Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ta’siri bilan bog’liq holda tabiatning ham insoniyatga aks ta’siri tushuniladi (1-jadval).



1-jadval

Ekologik muammolar







Global (umumbashariy)

Regional (mintaqaviy)

Lokal (mahalliy)

1

Chuchuk suv muammosi

Orol va Orolbo’yi muammosi

Har qanday hududda yuzaga kelgan muammolar

2

Ozon qatlamining siyraklashishi

Chuchuk suv muammosi

Masalan:

Toshkent


shahrida havo avtotransport bilan ifloslanish

3

Atmosferaning “dimiqish”

Cho’llanish jarayoni




4

Pestitsidlardan foydalanish

O’simlik va hayvon

turlari sonining qisqarishi






5

O’simlik va hayvon turlari

sonining qisqarishi



Pestitsidlardan

foydalanish






6

Aholi sonining ortishi

Radioaktiv ifloslanish




7

Cho’llanish jarayoni

Kosmonavtika




8

Chiqindilarning ko’payishi







Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar. F.T. I.

Inson paydo bo’lgandan boshlab, tabaitga ta’sir etadi. O’z navbatida tabiat insonga ta’sir o’tkazib keladi.

Insonga tabiatning ta’siri quyidagi ko’rinishda bo’ladi:


  • To’gridan-to’g’ri salomatligiga va ko’payishiga;

  • Tabiiy zarur ne’matlarning bor-yo’qligiga;

  • Tabiat tomonidan insonlarni xarakat qilishga majbur qilish va rag’batlantirish; - Mehnat vositalarining bor-yo’qligi.

  • Tabiiy resurslarning bor-yo’qligi (okean, tog’lar, cho’llar, botqoqlar va h).

Insonning tabiatga ta’siri tarixiy rivojlanish davomida turlicha bo’lgan. Dastlabki davrlarda inson yirik xayvonlar singari ta’sir etgan va tabiiy zanjirda ma’lum joy egallagan. Ishlab chiqarish qurollarining paydo bo’lishi, avvaldan foydalanish bu muvozanatning buzulishiga olib keldi. Kichik maydonlarda ekologik (maxalliy) inqirozlar vujudga keldi. Tabait o’zini-o’zi xususiyati bo’lgani uchun inson ta’siri to’xtatilgandan keyin 3-8 yilda tiklanar edi.

Dehqonchlik va chorvachilikning paydo bo’lishi, davlatlarning shaklanishi o’zaro urushlar olib borilishi bir muncha kattaroq xududlarda ekologik (regional) inqirozlarnng yuzaga kelishiga olib keldi. endi tabiat o’zining o’zi tiklash xususiyatini yo’qotdi va insonning ko’magi talab etiladi.

Hozirgi kunda regional ekologik inqirozlarga Orol bo’yi, Baykal, Buyuk ko’llar, Chernobil va boshqalarni misol qilish mumkin.

Hozirgi kunda regional inqirozlar chegaralari kengayib, global ekologik inqirozga aylanishi havfi paydo bo’ldi.

Insonning tabiatga ta’siri 20 asrda juda kuchaydi. Bu davr fan texnika revolyutsiyasi davri deb ataladi.

Bu davrni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ta’riflash mumkin:



  1. Tabiiy modda va materiallarga talabning keskin ortishi.

  2. Tabiatda bo’lmagan modda va materiallarni sintez qilish va undan keng foydalanish.

  3. Urbanizatsiya.

  4. Demografik portlash.

  5. Avvallari foydalanilmagan energiya manbalaridan keng foydalanish (neft, gaz, atom, elektr- energiya).

  6. Ommaviy qirish qurollarini kashf qilinishi, sinalishi va foydalanilishi.



Aholi o’sishi 1.1.diafragma





Nаzоrаt vа muhоkаmа uchun sаvоllаr

  1. Ekologiya fani qachon vujudga kelgan va nimani o’rganadi?

  2. Ekologiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan olim va allomalardan kimlarni bilasiz?

  3. O`rta Osiyodagi ekolog-gеograflar maktabining asoschilari

kimlar va ular qanday ishlarni amalga oshirgan?

  1. O’zbekistonda ekologik bilimlarni rivojlantirgan olimlar kimlar?

  2. Ekologiyaning qanday bo’linlari bor?

  3. Ekologiya fani ilmiy tadqiqot ishlarida qanday uslublardan foydalanadi?

  4. Ekologiya so’zi nimani anglatadi?

  5. Tabiatni muhofaza qilish dastlab nimaga asoslangan?

  6. O’rta Osiyo ekolog olimlarini taniysizmi?

  7. Abu Ali ibn Sinoning ekologiya haqidagi qarashlari haqida ma’lumot bering?

  8. Yevropa olimlarining ekologiya haqidagi qarashlari haqida ma’lumot bering?

  9. O’zbekistonda ekologiya fanining rivojlanishi haqida ma’lumot bering?

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling