1-mavzu: ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi
O’rta osiyo allomalarining ekologiya haqidagi qarashlari
Download 1.3 Mb.
|
1 (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda ekologiya fanining rivojlanishi
O’rta osiyo allomalarining ekologiya haqidagi qarashlariO’rta Osiyolik allomalar al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrlarda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Muhammad Muso alXorazmiy “Bilginki, daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi” deb ta’kidlagan edi. Buyuk alloma suvlarni ortiqcha sarflash hozirgi kundagi Orol fojiasi kabi noxo’sh hodisalarni keltirib chiqarishini nazarda tutgan bo’lsa, ehtimoldan holi emas. Abu Nasr Forobiy odam a’zosining tuzilishi va unda kelib chiqadigan o’zgarishlar, ya’ni kasalliklar, ovqatlanish tartibining buzilishi, kasallikning oldini olish chora-tadbirlari, shuningdek, tabiiy sun’iy tanlanishlar haqida ma’lumotlar qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy asarlarida o’simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi, tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi va xo’jalik ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Abu Ali Ibn Sino inson sog’lig’ini saqlash, parhez, gigiena to’g’risida, kasalliklarni, jumladan, asab kasalliklarini davolashda jismoniy usullar yaxshi natija berishini aytgan. U kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini, ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikrlar bayon etgan. O’zbekistonda ekologiya fanining rivojlanishiEkologik yo’nalishdagi ishlar keyinchalik O’zFA Botanika instituti olimlari V.A.Burigin, O.X.Hasanov va boshqalar tomonidan o’simliklarni qurg’oqchil issiq (cho’l) sharoitiga moslashishi, o’simliklar hamjamoasining tuzilmasi, mahsuldorligi, em-xashakbop o’simliklarning orasidan qurg’oqchil issiq sharoitga chidamli turlarini tanlash va ularning ekologik-biologik xususiyatlarni o’rganib, sun’iy yaylovlar barpo etishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. O’zFA Zoologiya va parazitologiya institutida hayvonot olamini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish tadbirlari, qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklarning oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari olib borildi. Ushbu ilmiy ishlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muxammadiev, V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov, G.O.Olimjonov va boshqalar rahbarlik qildi. XX asrning ikkinchi yarmida hozirgi davr fanlarini “ekologlashtirish” boshlandi. Bu esa ekologik bilimlarning katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Demakki, hozirgi davrda ekologiya fanining kelajagi porloq, chunki insoniyatning sayyoramizda yashab qolishi, ko’p jihatdan ushbu fanning rivojlanish darajasi bilan bog’liq bo’lib qoladi Yuksak ma’naviyatli barkamol shaxs modeli Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling