1-Mavzu: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti vazifalari va rivojlanish tarixi


Tabiatni muhofaza qilish aspektlari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana28.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1731323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
ekologiya va tabiatni muhafaza qilish

Tabiatni muhofaza qilish aspektlari 
Tabiatni muhofaza qilish aspektlari uzoq vaqt davomida 
tabiatni muhofaza qilish moddiy farovonlik to’gMsida
g'amxo'rlik qilishdangina iborat bolib qolgan bo'lsa, endilikda


tabiatni muhofaza qilish deganda keng va xilma-xil masalalar 
ko'zda tutilmoqda. Tabiatni muhofaza qilishning bir necha
aspektlari bor: 

. Iqtisodiy,

. Sog'lomlashtirish - gigiena 

. Tarbiyaviy 

. Estetik 

. Ilmiy aspektlar 
IQTISODIY ASPEKT - o'tmishda ham hozirgi vaqtda ham tabiatni 
muhofaza qilishning asosiy masalalaridir.Agar kishilar o'z hayotlarida
tabiiy resurslarsiz yashay olganlarida edi, ularni muhofaza qilish
hamda ratsional foydalanish to"g'risida bosh qotirishi shart emas 
edi. Hozirgi vaqtda turli xil tabiiy boyliklar, o'similk va hayvon 
resurslari, chuchuk suv, unumdor tuproq, mineral foydali 
qazilmalar 
va 
boshqalarga 
bo’lgan 
ehtiyoj 
tobora 
ortib
borayotganligidan tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy aspektlari 
ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
SOGLOMLASHTIRISH-GIGIENA ASPEKTI- tevarak atrofdagi 
muhitning kuchli ifloslanishi va meditsina fanining taraqqiy etishi 
munosabai bilan yaqin vaqtlardagina paydo bo'ldi. Tevarak atrofdagi 
muhitni toza holda saqlamasdan turib, kishilarning sog'ligi to'g'risida 
gamxo'rlik qilib bo'lmaydi. Toza havo, suv va tabiatdan bevosita 
olinadigan oziq- ovqat mahsulotlari kishilarning hayoti uchun zaruriy 
shartlardir. Xilma xil sanoat va qishloq xo'jalik chiqindilari, atom-
vodorod qurollarining sinalishi natijasida muhitning ifloslanishi va 
zaharlanishi plenetamizning barcha kishilarini tashvishga solib qo'ydi. 
Fan texnika taraqqiyoti sharoitida bu aspekt juda muhimdir. 
TARBIYAVIY ASPEKT - tabiatni muhofaza qilishda katta o'rin 
tutishi kerak. Kishilarni tevarak atrofdagi dunyoni ehtiyot qilishga 
o'rgatish zarur. Haqiqatdan ham kishi tabiat bilan bevosita 
munosabatda bo’lganda oliyjanob va xushfel bo'lib boradi Barcha tirik 
organizmlarga o’simlik va hayvonlarga daryo suvlarining beto'xtov 
oqib turishiga, moviy dengiz suviga va tabiatdagi barcha ajoyibotlarga 
mahliyo bo'lish, ularni sevish va extiyot qilish, yosh avlodlarning eng 


yaxshi xislati bo'lmog'i kerak.
ESTETIK ASPEKT - kishilar har doim tabiatning go'zalligiga, 
chiroyli daraxtlar va hayvonlar, ajoyib sharsharalar, go'zal tog'lar, 
kishilarni maftun qiladigan yer osti g'orlarini ko’rib tabiatga 
maxliyo bo'lgan va sevgan. Kishi go'zallikka chanqoq. Tabiat bilan
munosabatda paydo bolgan tuyg'ular, ilxomlanish, kishilarni 
ajoyib muzika asarlari va she'rlar yozishga va suratlar chizishga 
otlantirgan.
ILMIY ASPEKT - ko’pgina fan tarmoqlarining taraqqiy etishida 
katta ahamiyatga ega. Buning uchun ana shu yerda uchraydigan 
organizmlarni saqlab qolish zarur. Bularning hammasi tabiiy 
muhitga inson tomonidan qilinadigan o’zgarishlar qonuniyatlarini 
aniqlab olish va prognoz qilish hamda tabiatni muhofaza qilish 
bo'yicha choralar ishlab chiqish uchun zarurdir. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1 .Tabiiy resurslar nima?
2.Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarni tushuntirib 
bering?
3.Tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslarni farqlang? 
4.Tabiatni muhofaza qilish aspektlarini tushuntiring?

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling