1. Kosmik suratlar klassifikatsiyasi. Fotografik suratlar


Download 416.04 Kb.
bet1/5
Sana06.05.2023
Hajmi416.04 Kb.
#1435565
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5 maruza


5-Ma`ruza:Kosmik syomka haqida tushuncha. Fotografik bo‘lmagan syomka sistemalari.
Reja.
1. Kosmik suratlar.
2.Kosmik suratlar klassifikatsiyasi.
3.Fotografik suratlar
4.Televizionli va skanerli syomka.
5. Ko‘p zonali suratga olish sistemasi
Tayanch so‘zlar: orbita, masshtab, eksponirlash, geostatsionar, resurs syomka, landshaft, AFA-39 m, MKF-6, MARK-1.
1. Kosmik suratlar.
1.Kosmik suratlar, kosmik uchuvchi apparatlar yordamida 100 km va undan yuqorida bo‘lgan balandlik suratga olinadi.
Kosmosdan suratga olish asosiy ikkita alohida xususiyatga ega.
1. Orbitadan amalga oshirish.
2. Uzoq, masofadan.
Kosmik suratlar samolyotdan olingan aerosuratdan manevr qilish imkoniyati chegaralanganligi bilan farq qiladi.
Kosmik apparatlarni orbitasi va tezligi ma’lum bo‘lganligi sababli suratga olish vaqtida fazoviy o‘rnini aniqlash mumkin.
Orbita quyidagi parametrlar bo‘yicha suratga ta’sir ko‘rsatadi.

  1. O rbita shakli.

2. Qiyalik.
3.Balandlik.
4.Ishlatish vaqti t.
5.Orbitani quyoshga nisbatan joylashishi


Doiraviy orbita Elliptik orbita
1.Orbita shakli osmon mexanikasi qonunlariga bog‘lik. Orbita shakli kosmik kemani tezligiga qarab doiraviy elleptik, parabolik va giperbolik shaklda bo‘lishi mumkin.
Yer yuzasini kuzatish asosan doiraviy va elleptik orbitalardan foydalaniladi. Doiraviy orbita yer yuzasini syomka qilishda bir hil balandlikni ta’minlaydi.
2. Qiyalik orbitani og‘ishi ekvatorli i=0 va kutbli, nishablik bo‘lishi mumkin. Orbita ogishi to‘g‘ri (0°<1<90) va teskari (90 < I < 180°) bo‘lishi mumkin.
3. Balandlik 3 ta guruxga bo‘linadi.
1. Uchuvchi kosmik kema va orbita stansiya balandligi 200 -400 km.
2. Resurslar va metrologik yo‘ldoshlar 600-900 km.
3. Geostatsionar yo‘ldoshlar - bu ma’lum bir rayoni doimiy kuzatishga
mo‘ljallangan.
4.Quyoshga nisbatan orbitani o‘rni. Kosmik syomkada orbitani quyoshganisbatan orientirlashi katta ahamiyatga ega.
Quyosh — sinxron orbitasini qulayligi shundaki orbita tekisligi va quyosh yo’nalishi orasidagi burchak o‘zgarmas bu kosmik apparatni uchish trassasi bo‘yicha yer yuzasini bir hil yoritadi.

Download 416.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling